PROMO-AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI «G‘alaba Coca‑Cola bilan yanada mazali» (Korzinka Promo)

Tahrir 1 - 08.06.2026-y.

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu «G‘alaba Coca‑Cola bilan yanada mazali» promo-aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda - «Qoidalar») iste’molchilar e’tiborini qo‘shimcha jalb qilish, Coca‑Cola, Coca‑Cola Shakarsiz, Fanta, Sprite, Fuse Tea va Cappy Pulpy mahsulotlari savdosini rag‘batlantirish, shuningdek Korzinka savdo-chakana tarmog‘i va Soueast S06 avtomobillariga qiziqishni shakllantirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan.

1.2. Promo-aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-bobiga muvofiq ommaviy tanlov hisoblanadi.

1.3. Promo-aksiya o‘yin, pari, lotereya va/yoki qimor o‘yini hisoblanmaydi, tavakkalchilik elementini o‘z ichiga olmaydi, Ishtirokchilardan foyda yoki boshqa daromad olish maqsadini ko‘zlamaydi hamda ishtirok etish uchun to‘lov kiritishni talab qilmaydi.

1.4. Promo-aksiya tashkilotchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan IP MCHJ «COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON, LTD», STIR 200798458, manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 40-uy, pochta indeksi: 100033, ishonch telefoni: +998 71 209 02 15, elektron pochta manzili: coca-cola@cci.com.uz (keyingi o‘rinlarda - «Kompaniya» va/yoki «Tashkilotchi») ishtirok etadi.

1.5. Promo-aksiya IP MCHJ «ANGLESEY FOOD» (Korzinka), manzili: Toshkent shahri, Turob To‘la ko‘chasi, 57A-uy, STIR 202099756, IFUT 47110 (keyingi o‘rinlarda - «Hamkor 1»), shuningdek OOO «JETOUR SOUEAST AUTOMATIVE CENTRAL ASIAN», h/r 2021 4000 6070 2161 9001, bank: KAPITAL BANK, MFO: 00974, STIR: 311 162 204 (keyingi o‘rinlarda - «Hamkor 2») bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

1.6. Hamkor 1 Promo-aksiyada Korzinka savdo-chakana tarmog‘i, Korzinka mobil ilovasi va Korzinka Go orqali mexanikaning texnik va operatsion amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ushbu Qoidalarning 3.2-bandiga muvofiq Sovg‘a kartalarini taqdim etish qismida ishtirok etadi. Hamkor 2 ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan avtomobillarni taqdim etish qismida ishtirok etadi hamda mazkur avtomobillarni G‘oliblarga ushbu Qoidalarga muvofiq topshirishda ko‘maklashadi.

1.7. Kompaniya Promo-aksiyani texnik, tashkiliy, kommunikatsion va boshqa jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega.

1.8. Promo-aksiyani o‘tkazish muddati:

·       Promo-aksiya boshlanish sanasi va vaqti: 2026-yil 8-iyun, Toshkent vaqti bilan 00:00;

·       Promo-aksiya yakunlanish sanasi va vaqti: 2026-yil 7-avgust, Toshkent vaqti bilan 23:59.

1.9. Promo-aksiya shartlariga mos xaridlarni amalga oshirish muddati: 2026-yil 8-iyun, Toshkent vaqti bilan 00:00 dan 2026-yil 7-avgust, Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha.

1.10. G‘oliblarni aniqlash sanalari va har bir o‘yin bo‘yicha Sovrinlar soni ushbu Qoidalarning 5-bo‘limida ko‘rsatilgan.

1.11. Promo-aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi. Promo-aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Korzinka, Korzinka Mahalla, Korzinka DISKONT va Smart supermarketlari tarmog‘ida o‘tkaziladi, bundan franchayzing asosida faoliyat yurituvchi quyidagi Korzinka DISKONT supermarketlari mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ernazar Alako‘z ko‘chasi, 162-uy; Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy. Promo-aksiya Korzinka Go yetkazib berish ilovasida ham amal qiladi.

1.12. Ishtirokchilarni ishtirok etish tartibi, Promo-aksiya shartlari, Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida xabardor qilish Kompaniyaning rasmiy veb-sayti https://www.coca-cola.com/uz/ru, Korzinka mobil ilovasi https://korzinka.uz/app orqali, shuningdek Kompaniya tanlagan boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.

1.13. Qoidalar Promo-aksiya boshlangan sanadan kuchga kiradi. Promo-aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

1.14. Promo-aksiyani o‘tkazish muddati Kompaniya tashabbusi bilan uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Kompaniya istalgan vaqtda Promo-aksiya shartlariga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, shuningdek Promo-aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. O‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Kompaniyaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.

1.15. Ishtirokchi Sovrinni olishdan bosh tortgan, ushbu Qoidalar talablarini bajarmagan yoki Sovrinni belgilangan muddat va tartibda o‘z aybi bilan olmagan taqdirda, Ishtirokchi Sovrinni olish huquqini yo‘qotadi. Bunday holatda pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.

1.16. Kompaniya, Hamkor 1 va/yoki Hamkor 2 G‘oliblarga o‘z mablag‘lari hisobidan sovrinlarni topshirishda, agar qo‘llanilsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar va yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.

2. PROMO-AKSIYA ISHTIROKCHILARI

2.1. Promo-aksiyada O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan, 16 yoshga to‘lgan, Korzinka sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va amaldagi jismoniy yoki virtual Korzinka sodiqlik kartasi egasi bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. Virtual sodiqlik kartasi Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Ishtirokchilar ushbu Qoidalar shartlarini bajargan bo‘lishi lozim (keyingi o‘rinlarda - «Ishtirokchi» yoki «Ishtirokchilar»), quyidagi 2.2-bandda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.

2.2. Promo-aksiyada quyidagi shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

·       Kompaniya, Hamkor 1, Hamkor 2 va Promo-aksiyani tashkil etishga jalb qilingan uchinchi shaxslarning xodimlari;

·       Kompaniya, Hamkor 1 va/yoki Hamkor 2 bilan affillangan deb e’tirof etilgan shaxslar;

·       Kompaniya, Hamkor 1 va/yoki Hamkor 2 bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan hamda Promo-aksiyani tashkil etish va/yoki o‘tkazish, aksiya mahsulotlarini realizatsiya qilish yoki sovrinlarni berish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari;

·       yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan aka-uka hamda opa-singillari;

·       ushbu Qoidalar shartlarini bajarmagan shaxslar.

2.3. Promo-aksiya Ishtirokchisi ushbu Qoidalar bilan to‘liq hajmda mustaqil tanishishi va ularning shartlariga rioya qilishi shart. Ishtirokchi o‘z nomidan, ixtiyoriy va mustaqil ravishda harakat qiladi, o‘z harakatlarining shartlari va oqibatlarini aniq tushunadi.

2.4. Promo-aksiyada ishtirok etar ekan, Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganini va ularga roziligini, shuningdek Promo-aksiyada ishtirok etish, G‘oliblarni aniqlash, Sovrin olish huquqini tekshirish, Sovrinlarni topshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish uchun zarur hajmda shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi.

2.5. Promo-aksiyada ishtirok etar ekan, Ishtirokchi Kompaniya, Hamkor 1, Hamkor 2 va ular vakolat bergan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan 2019-yil 21-iyundagi «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni № O‘RQ-547da va ushbu Qoidalardagi hollarda hamda hajmda shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy uzatish, foydalanish va saqlashga rozilik beradi.

2.6. G‘olib deb topilgan Ishtirokchi Kompaniya, Hamkor 1, Hamkor 2 va/yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi, uning ishtirokidagi video va audio materiallar, shuningdek u haqidagi boshqa materiallardan reklama, marketing va axborot maqsadlarida, hudud, vaqt va foydalanish usuli bo‘yicha cheklovlarsiz hamda hech qanday haq to‘lamasdan foydalanilishiga rozilik beradi, agar bunday foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmasa.

2.7. Promo-aksiyada ushbu Qoidalar talablariga javob bermaydigan shaxslarning ishtiroki aniqlangan taqdirda, Kompaniya bunday shaxslarga Promo-aksiyada ishtirok etish va/yoki Sovrin olishni rad etish, shuningdek ishtirok natijasini bekor qilish huquqiga ega.

2.8. Agar Ishtirokchining sodiqlik kartasi olingan paytda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa va/yoki Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan F.I.Sh. va telefon raqami haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, bunday Ishtirokchi Sovrinlar o‘yinida ishtirok etishga qo‘yilmaydi.

 

3. SOVRINLAR TOIFALARI

3.1. Promo-aksiyani tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari Kompaniya, Hamkor 1 va Hamkor 2 mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

3.2. Ushbu Promo-aksiya doirasida quyidagi Sovrinlar o‘ynaladi:

Sovrin toifasi

Sovrin nomi

Promo-aksiya davomida umumiy soni

Haftalik Sovrinlar

«Coca‑Cola» futbol to‘pi

450 dona

Haftalik Sovrinlar

«Coca‑Cola» futbolkasi

450 dona

Haftalik Sovrinlar

«Coca‑Cola» sharfi

450 dona

Haftalik Sovrinlar

500 000 so‘m nominalidagi Korzinka Sovg‘a kartasi*

*karta elektron, ko‘p martalik bo‘lib, amal qilish muddati 31.08.2026-yilgacha

200 dona

Bosh Sovrin

2026-yil ishlab chiqarilgan, oq rangdagi Soueast S06 avtomobili

2 dona

3.3. Sovrinlar soni cheklangan. Kompaniya Promo-aksiya Sovrin fondini, shu jumladan Sovrinlar soni, turi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish, shuningdek ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa Sovrinlarni Promo-aksiyaga kiritish huquqiga ega, bunda tegishli ma’lumot Kompaniya va Hamkor 1ning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

3.4. Reklama materiallarida ko‘rsatilgan Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, hajmi, rangi, komplektatsiyasi, o‘rami, modeli va boshqa xususiyatlari faqat illyustrativ maqsadlarda ishlatiladi hamda amalda topshiriladigan Sovrinlardan farq qilishi mumkin.

3.5. Hech qanday holatda Sovrinlar ularning qiymatining pul ekvivalentiga almashtirilmaydi. Sovrinni boshqa Sovringa almashtirish faqat Kompaniya qaroriga ko‘ra iste’mol xususiyatlari va/yoki qiymati bo‘yicha o‘xshash Sovringa amalga oshirilishi mumkin.

3.6. Sovrinni olish huquqi Ishtirokchi yoki G‘olib tomonidan uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.

3.7. Reklama materiallari bilan qoplangan va/yoki avtoturargohlar hamda boshqa namoyish maydonchalarida joylashtirilgan avtomobillar namoyish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, agar Kompaniya tomonidan boshqacha aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ushbu Promo-aksiya doirasida o‘ynalmaydi.

3.8. Promo-aksiya davomida ishtirok etish tartibi va/yoki Sovrinlarni olish bo‘yicha savollar yuzaga kelganda Ishtirokchilar +998 71 209 02 15 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

 

4. PROMO-AKSIYANI O‘TKAZISH VA ISHTIROK ETISH MEXANIKASI

4.1. Promo-aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 1.9-bandida ko‘rsatilgan davrda quyidagi harakatlarni bajarishi kerak:

·       ushbu Qoidalarning 4.2-bandida ko‘rsatilgan qadoq va formatdagi Coca‑Cola, Coca‑Cola Shakarsiz, Fanta, Sprite, Fuse Tea va/yoki Cappy Pulpy mahsulotlari bilan 50 000 (ellik ming) so‘m va undan ortiq summada xaridni amalga oshirish;

·       xarid Korzinka, Korzinka Mahalla, Korzinka DISKONT yoki Smart jismoniy supermarketida amalga oshirilganda, amaldagi jismoniy Korzinka sodiqlik kartasini taqdim etish yoki Korzinka mobil ilovasidagi QR-kod ko‘rinishidagi virtual Korzinka sodiqlik kartasidan foydalanish;

·       xarid Korzinka Go orqali amalga oshirilganda, buyurtma rasmiylashtirilishidan oldin foydalanuvchi profiliga Korzinka sodiqlik kartasini qo‘shish.

4.2. Promo-aksiyada quyidagi mahsulotlar ishtirok etadi. Promo-aksiyada ishtirok etishning muhim sharti - xaridni amalga oshirish vaqtida sodiqlik kartasidan foydalanishdir. Jismoniy sodiqlik kartasi Korzinka mobil ilovasiga bog‘langan bo‘lishi kerak. 3.2-bandga muvofiq Haftalik Sovrinlarni berish Korzinka mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

·       Coca‑Cola: 250 ml, 300 ml, 450 ml, 0,5 l, 1 l, 1,5 l, 2 l;

·       Coca‑Cola Shakarsiz: 250 ml, 450 ml, 0,5 l, 1 l;

·       Fanta: 250 ml, 300 ml, 450 ml, 0,5 l, 1 l, 1,5 l, 2 l;

·       Sprite: 250 ml, 450 ml, 0,5 l, 1 l, 1,5 l;

·       Fuse Tea: 250 ml, 450 ml, 0,5 l, 1 l, 1,5 l;

·       Cappy Pulpy: 0,5 l, 1 l.

4.3. Jismoniy supermarketda yoki Korzinka Go mobil ilovasida 50 000 (ellik ming) so‘m va undan ortiq summada xaridni Korzinka sodiqlik kartasidan foydalangan holda amalga oshirgan xaridor ushbu Qoidalarning barcha shartlariga rioya qilgan taqdirda avtomatik ravishda Promo-aksiya Ishtirokchisiga aylanadi.

4.4. Bitta fiskal chekdagi har 50 000 (ellik ming) so‘m uchun Ishtirokchiga tegishli Sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bitta) imkoniyat beriladi (keyingi o‘rinlarda - «Imkoniyat»). Chek summasi 100 000 so‘m, 150 000 so‘m va undan ortiq bo‘lsa, Imkoniyatlar soni mos ravishda 2 (ikki), 3 (uch) va undan ortiqni tashkil etadi.

4.5. Promo-aksiyada ishtirok etish doirasida bitta fiskal chek bo‘yicha beriladigan Imkoniyatlar soni cheklanadi va xaridning umumiy summasi hamda xarid qilingan promo-mahsulotlar sonidan qat’i nazar, 5 (besh) Imkoniyatdan oshmasligi kerak.

4.6. Ushbu Qoidalarning 4.2-bandida ko‘rsatilgan Kompaniya mahsulotlari xarid qilinganda, 4.4-bandda ko‘rsatilgan xarid chegarasi bajarilgan taqdirda va agar bunday qo‘shimcha Imkoniyat Korzinka mobil ilovasidagi Promo-aksiya texnik mexanikasida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘yinda ishtirok etish uchun qo‘shimcha Imkoniyat beriladi.

4.7. Ishtirokchi Promo-aksiya davrida amalga oshiradigan xaridlar soni cheklanmaydi. Turli fiskal cheklar bo‘yicha Ishtirokchiga qancha ko‘p Imkoniyat berilsa, uning Promo-aksiya G‘olibi bo‘lish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.

4.8. Oilaviy sodiqlik kartalaridan biri ishlatilgan taqdirda, Promo-aksiyada faqat 50 000 so‘mdan ortiq xarid uchun foydalanilgan karta ishtirok etadi.

4.9. Tovar qaytarilishi natijasida tegishli fiskal chek summasi Promo-aksiyada ishtirok etish uchun belgilangan minimal chegaradan pastga tushib qolsa, Ishtirokchi ushbu chek bo‘yicha ishtirok etish huquqini yo‘qotadi. Agar ushbu chek bo‘yicha yutuq allaqachon aniqlangan bo‘lsa, bunday yutuq Kompaniya tomonidan bekor qilinishi mumkin.

4.10. Ishtirokchi Promo-aksiyada ishtirokini va Imkoniyatlar berilishi tarixini Korzinka mobil ilovasida mustaqil tekshirishi mumkin, agar tegishli funksiya mobil ilovada mavjud bo‘lsa.

4.11. Kompaniya va/yoki Hamkor 1 cheklar, operatsiyalar, sodiqlik kartalari, Imkoniyatlar yoki Ishtirokchining boshqa harakatlarini hisobga olmaslik huquqiga ega, agar ular ushbu Qoidalarga mos kelmasa, qoidabuzarliklar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, firibgarlik, texnik suiiste’mol, ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki boshqa insofsiz xatti-harakatlar belgilariga ega bo‘lsa.

 

5. G‘OLIBLARNI ANIQLASH VA SOVRINLARNI BERISH TARTIBI

5.1. Promo-aksiya G‘oliblari 5.4-bandda ko‘rsatilgan sanalarda, ushbu Qoidalar shartlarini bajargan Ishtirokchilar orasidan onlayn randomayzer va/yoki G‘oliblarni tasodifiy aniqlashning boshqa texnik algoritmi yordamida aniqlanadi.

5.2. Tegishli ishtirok davrida Promo-aksiya bazasiga Promo-aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarning Korzinka sodiqlik kartalari ma’lumotlari kiritiladi. Bunday baza G‘oliblarni aniqlash va Sovrinlarni berish uchun zarur bo‘lgan Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan F.I.Sh. va telefon raqamini o‘z ichiga olishi mumkin.

5.3. Imkoniyatlar bazasi har hafta yangilanadi va jamg‘ariluvchi xususiyatga ega emas. Bir o‘yinda ishtirok etgan Imkoniyatlar, oldingi o‘yin natijalaridan qat’i nazar, keyingi o‘yinlarda ishtirok etmaydi.

5.4. G‘oliblarni aniqlash jadvali va Sovrinlar taqsimoti:

Imkoniyatlar berilish davri (Toshkent vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash sanasi

Sovrinlar soni va turi

08.06.2026, 00:00 - 14.06.2026, 23:59

2026-yil 17-iyun

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

15.06.2026, 00:00 - 21.06.2026, 23:59

2026-yil 24-iyun

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

22.06.2026, 00:00 - 28.06.2026, 23:59

2026-yil 1-iyul

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

29.06.2026, 00:00 - 05.07.2026, 23:59

2026-yil 8-iyul

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 75 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 75 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 75 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

06.07.2026, 00:00 - 12.07.2026, 23:59

2026-yil 15-iyul

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

13.07.2026, 00:00 - 19.07.2026, 23:59

2026-yil 22-iyul

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

20.07.2026, 00:00 - 26.07.2026, 23:59

2026-yil 29-iyul

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 50 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 50 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 50 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

27.07.2026, 00:00 - 07.08.2026, 23:59

2026-yil 12-avgust

«Coca‑Cola» futbol to‘pi - 75 dona
«Coca‑Cola» futbolkasi - 75 dona
«Coca‑Cola» sharfi - 75 dona
Korzinka 500 000 so‘m Sovg‘a kartasi - 25 dona

5.5. G‘oliblar onlayn randomayzer yordamida aniqlanganda, har bir hafta doirasida Haftalik Sovrinlar G‘oliblar o‘rtasida quyidagi tartibda taqsimlanadi: avval «Coca‑Cola» futbol to‘plari, keyin «Coca‑Cola» futbolkalari, keyin «Coca‑Cola» sharflari, so‘ng Korzinka Sovg‘a kartalari.

5.6. Bosh Sovrinlar G‘oliblarini aniqlash jadvali va Sovrinlar taqsimoti:

Imkoniyatlar berilish davri (Toshkent vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash sanasi

Sovrinlar soni va turi

08.06.2026, 00:00 - 05.07.2026, 23:59

2026-yil 10-iyul, 18:00

2026-yil ishlab chiqarilgan, oq rangdagi Soueast S06 avtomobili - 1 dona

06.07.2026, 00:00 - 07.08.2026, 23:59

2026-yil 14-avgust, 18:00

2026-yil ishlab chiqarilgan, oq rangdagi Soueast S06 avtomobili - 1 dona

5.7. Bosh Sovrinlar o‘yini @cocacola_uzbekistan rasmiy Instagram sahifasida o‘tkaziladi.

5.8. G‘oliblarni aniqlash ushbu Qoidalarning 4-bo‘limi shartlarini bajargan Ishtirokchilar orasida amalga oshiriladi. Yutuq olish imkoniyati soni Ishtirokchiga tegishli davrda berilgan Imkoniyatlar soniga bog‘liq.

5.9. Ishtirokchining G‘olib deb aniqlanishi Sovrinni olishning shartsiz kafolati hisoblanmaydi. Kompaniya Ishtirokchidan zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingandan so‘ng, Ishtirokchining ushbu Qoidalardagi barcha shartlar va talablarga muvofiqligini hamda diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan cheklovlar yo‘qligini tekshiradi.

5.10. G‘oliblar ro‘yxati tegishli o‘yin o‘tkazilgandan so‘ng Korzinka savdo-chakana tarmog‘ining rasmiy sahifalarida, shuningdek @cocacola_uzbekistan rasmiy Instagram sahifasida e’lon qilinishi mumkin.

5.11. Haftalik Sovrinlar bo‘yicha haftalik o‘yinlar natijalari Coca‑Cola Dunyosi rasmiy Telegram-botida ham mavjud bo‘lishi mumkin: https://t.me/uzcocacolabot. Natijalarni ko‘rish uchun Ishtirokchi Coca‑Cola Dunyosi Telegram-botiga kirib, Promo-aksiyaga tegishli bo‘limni tanlashi kerak.

5.12. G‘oliblarni aniqlash kunlarida Kompaniya Asosiy G‘oliblar va Zaxira G‘oliblarni aniqlash huquqiga ega. Har bir Bosh Sovrin o‘yini doirasida Zaxira G‘oliblar soni har bir Bosh Sovrin o‘yini uchun 2 (ikki) Ishtirokchini tashkil etadi.

5.13. Zaxira G‘oliblar Asosiy G‘olib Promo-aksiya shartlarini buzgan, ushbu Qoidalar talablariga mos kelmagan, Sovrinni olishdan bosh tortgan, Asosiy G‘olib bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan yoki ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda Asosiy G‘olibni almashtirish uchun aniqlanadi.

5.14. Kompaniya Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

5.15. Agar Promo-aksiya o‘tkaziladigan butun davr mobaynida Ishtirokchi kamida bir marta Bosh Sovrin G‘olibi deb topilgan bo‘lsa, Bosh Sovrinni olgan-olmaganidan qat’i nazar, bunday Ishtirokchi keyingi Bosh Sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etish huquqini yo‘qotadi va takroran Bosh Sovrin G‘olibi deb topilishi mumkin emas.

5.16. Bosh Sovrin G‘olibiga Kompaniyaning +998 78 888 14 14 raqamidan va/yoki Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilgan boshqa raqamdan, Korzinka jismoniy sodiqlik kartasi yoki Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan virtual Korzinka sodiqlik kartasiga biriktirilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabar beriladi.

5.17. Agar Asosiy Bosh Sovrin G‘olibining telefoni aloqa doirasidan tashqarida bo‘lsa, Asosiy G‘olib G‘olib aniqlangan paytdan boshlab 3 (uch) kun davomida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan texnik yoki boshqa sabablarga ko‘ra Asosiy G‘olib bilan aloqa qilish imkoni bo‘lmasa, Asosiy G‘olib Bosh Sovrinni olish huquqini yo‘qotadi. Bunday holatda Bosh Sovrin Zaxira G‘olibga qayta tayinlanishi mumkin.

5.18. Bosh Sovrinlarni berish Toshkent shahrida amalga oshiriladi. Bosh Sovrinni olish uchun G‘olib Kompaniya va/yoki Hamkor 2ga quyidagilarni taqdim etishi shart:

·       (a) shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va uning nusxasi;

·       (b) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR/PINFL);

·       (c) xarid vaqtida ishlatilgan jismoniy yoki virtual Korzinka sodiqlik kartasi;

·       (d) Kompaniya va/yoki Hamkor 2 tomonidan so‘ralgan boshqa hujjatlar;

·       (e) agar G‘olib 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, Bosh Sovrinni olish uchun yuqoridagi hujjatlarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:

·       ota-onadan biri, farzandlikka oluvchi yoki vasiy/homiyning sovrinni olish va tegishli yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishga yozma roziligi;

·       ota-ona, farzandlikka oluvchi yoki vasiy/homiyning shaxsini tasdiqlovchi hujjat va uning nusxasi.

5.19. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar Korzinka jismoniy sodiqlik kartasi yoki Korzinka mobil ilovasidagi virtual Korzinka sodiqlik kartasi ro‘yxatdan o‘tkazilganda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan to‘liq mos kelishi kerak. G‘olibning hujjatida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR/PINFL), G‘olibning doimiy yashash joyining to‘liq va aniq manzili bo‘lishi kerak. Ushbu ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, G‘olib ularni Kompaniya belgilagan tartibda qo‘shimcha ravishda taqdim etishi shart.

5.20. Bosh Sovrinni rasmiylashtirish va/yoki olish vaqtida G‘olib Bosh Sovrinni rasmiylashtirish va olish jarayoni bilan bog‘liq barcha zarur hujjatlarni imzolash, shuningdek Hamkor 2ga barcha zarur hujjatlarning asl nusxalari va/yoki nusxalarini, shu jumladan G‘olibning shaxsiy ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hujjatlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

5.21. G‘olibning zarur hujjatlarni imzolashdan, talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan va/yoki Sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortishi deb baholanadi.

5.22. Agar G‘olib Sovrinlar o‘yinlari yakunlanganidan keyin 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Bosh Sovrinni olib ketmasa, Kompaniya bunday Bosh Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

5.23. Kichik Sovrinlarni, shu jumladan «Coca‑Cola» futbol to‘plari, «Coca‑Cola» futbolkalari, «Coca‑Cola» sharflari va Korzinka Sovg‘a kartalarini berish ushbu Qoidalarga 1-ilovada ko‘rsatilgan Korzinka savdo-chakana tarmog‘i berish nuqtalarida amalga oshiriladi, agar Kompaniya va/yoki Hamkor 1 tomonidan Korzinka mobil ilovasi, telefon qo‘ng‘irog‘i, SMS-xabar, Korzinka rasmiy sahifalari, Kompaniyaning rasmiy axborot resurslari yoki Kompaniya tanlagan boshqa usul orqali G‘oliblarga boshqa tartib qo‘shimcha ravishda yetkazilmagan bo‘lsa.

5.24. G‘olib Sovrinni olayotganda uni tekshirishi shart. Olingandan keyin bildirilgan ko‘rinadigan nuqsonlar, shikastlanishlar, tashqi ko‘rinish yoki komplektatsiyadagi nomuvofiqliklar bo‘yicha e’tirozlar, agar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qabul qilinmasligi mumkin.

5.25. Kompaniya G‘olib Sovrindan Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra foydalana olmasligi, shuningdek Sovrin olingandan keyin G‘olib tomonidan undan keyingi foydalanish uchun javobgar emas.

5.26. Kompaniya Hamkor 1 va Hamkor 2 tomonidan taqdim etiladigan sovrinlarning shakli, sifati, miqdori, taqdim etish muddatlari va boshqa xususiyatlari uchun javobgar emas.

 

6. «THE COCA-COLA COMPANY» (TCCC) TOVAR BELGILARI

6.1. Ushbu Qoidalardagi hech narsa Ishtirokchiga The Coca‑Cola Company (keyingi o‘rinlarda - «TCCC») tovar belgilaridan foydalanish bilan bog‘liq egalik huquqi yoki foyda olish huquqini beradi deb talqin qilinmasligi kerak. Ushbu Qoidalar shartlari ham, Promo-aksiyada ishtirok etish ham Ishtirokchiga TCCCning nomi, emblemasi, tovar belgilari yoki mualliflik huquqi obyektlaridan TCCCning oldindan yozma ruxsatisiz marketing, reklama yoki Promo-aksiyaga aloqador bo‘lmagan boshqa har qanday maqsadlarda foydalanish yoki ularni tilga olish huquqini bermaydi.

6.2. Ishtirokchi TCCC tovar belgilarining haqiqiyligini va ularga TCCCning mulk huquqini tan oladi hamda bunday huquqlarni bahslashmaslik majburiyatini oladi.

6.3. Ishtirokchi TCCC tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarga rioya qilish shartlarini buzgan taqdirda, Kompaniya talab qilish huquqiga ega, Ishtirokchi esa Kompaniyaning birinchi talabiga binoan bunday buzilish munosabati bilan Kompaniya va/yoki TCCC ko‘rgan barcha zararlarni qoplash majburiyatini oladi.

6.4. Ushbu bo‘lim Promo-aksiya o‘tkazish muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.

 

7. YAKUNIY QOIDALAR

7.1. Iste’molchilarni Promo-aksiya shartlari haqida xabardor qilish tegishli ma’lumotni Kompaniya veb-saytida, Korzinka mobil ilovasida va/yoki Kompaniya tanlagan boshqa usullar bilan joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

7.2. Promo-aksiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar +998 71 209 02 15 ishonch telefoni orqali mavjud, agar Kompaniya tomonidan boshqa aloqa kanali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilmasa.

7.3. Kompaniya Ishtirokchilar Promo-aksiyada ishtirok etish uchun qilishi mumkin bo‘lgan har qanday xarajat va sarf-xarajatlar, jumladan mobil aloqa, Internet tarmog‘iga kirish, transport xarajatlari, yashash xarajatlari va Promo-aksiyada ishtirok etish va/yoki Sovrinlarni olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun javobgar emas.

7.4. Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:

·       Ishtirokchilar tomonidan Promo-aksiyada ishtirok etish va/yoki Sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi;

·       Ishtirokchilarning Promo-aksiya Qoidalari va/yoki Promo-aksiya natijalari bilan tanishmaganligi;

·       Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar, xabarlar, hujjatlar va/yoki boshqa ma’lumotlarning olinmasligi;

·       Kompaniya aybisiz yuzaga kelgan aloqa operatorlari, internet-provayderlar, bank tizimlari, mobil ilovalar, kassa uskunalari, sodiqlik tizimlari yoki boshqa servislarning texnik nosozliklari, uzilishlari, profilaktika ishlari;

·       uchinchi shaxslar aybi va/yoki fors-major holatlari natijasida Sovrinlarni topshirish majburiyatlarini bajarishning imkonsizligi.

7.5. Kompaniya mobil telefon raqami, Korzinka sodiqlik kartasi, chek, mobil ilovadagi hisob, Imkoniyat yoki Sovringa bo‘lgan huquqning qaysi shaxsga tegishli ekani yuzasidan nizolarga aralashmaydi. Bunday nizolar nizolashayotgan tomonlar tomonidan mustaqil ravishda va o‘z hisobidan hal qilinadi.

7.6. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Qoidalar talablarini hisobga olgan holda, o‘z xohishiga ko‘ra, Qoidalar buzilishi, ma’lumotlarni soxtalashtirish, firibgarlik, texnik suiiste’mol yoki boshqa insofsiz xatti-harakatlar yuzasidan asosli gumon mavjud bo‘lgan shaxsning har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topish, ishtirokini bekor qilish, Sovrin berishni rad etish yoki Promo-aksiyada keyingi ishtirokini taqiqlash huquqiga ega.

7.7. Kompaniya Promo-aksiyada firibgarlik va insofsiz ishtirokni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha texnik cheklovlarni istalgan vaqtda joriy etish huquqiga ega.

7.8. Kompaniya tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, har qanday turdagi harbiy harakatlar, blokadalar, karantin choralar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi muhim o‘zgarishlar, davlat organlarining harakatlari, texnik cheklovlar, shuningdek Kompaniya irodasi va nazoratiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar kabi fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar emas.

7.9. Promo-aksiya Qoidalari Promo-aksiya o‘tkazish muddati davomida Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Kompaniya Promo-aksiyani muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga ega. Qoidalarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish Kompaniya tomonidan tasdiqlangan va Kompaniyaning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilingan taqdirda mumkin.

7.10. Ushbu Qoidalarni turlicha talqin qilishga imkon beruvchi vaziyat, nizoli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy qaror O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Kompaniya tomonidan qabul qilinadi.

7.11. Promo-aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoni bo‘lmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

7.12. Ushbu Qoidalardan tashqari barcha masalalarda Kompaniya, Hamkorlar, Ishtirokchilar va G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

7.13. Ushbu Qoidalar amal qilish muddati Promo-aksiya doirasida Kompaniya majburiyatlari to‘liq bajarilgunga qadar, ammo Promo-aksiyani o‘tkazish muddati yakunlanishi va Sovrinlarni berish tugashidan oldin bo‘lmagan muddatgacha davom etadi.

PROMO-AKSIYADA ISHTIROK ETAR EKAN, BARCHA ISHTIROKCHILAR USHBU QOIDALAR MATNI BILAN DIQQAT BILAN TANISHIB CHIQQANINI VA USHBU QOIDALAR SHARTLARI HAMDA QOIDALARIGA HECH QANDAY CHEKLOV YOKI ISTISNOSIZ SO‘ZSIZ ROZI EKANINI AVTOMATIK RAVISHDA TASDIQLAYDI.

 

1-ilova

«G‘alaba Coca‑Cola bilan yanada mazali»

promo-aksiyasini o‘tkazish Qoidalariga

1-ILOVA

HAFTALIK SOVRINLARNI BERISH NUQTALARI RO‘YXATI

Ushbu 1-ilova «G‘alaba Coca‑Cola bilan yanada mazali» promo-aksiyasini o‘tkazish Qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi va G‘oliblar Haftalik sovrinlarni, shu jumladan «Coca‑Cola» futbol to‘plari, «Coca‑Cola» futbolkalari, «Coca‑Cola» sharflari va Korzinka Sovg‘a kartalarini olishi mumkin bo‘lgan Korzinka savdo-chakana tarmog‘i filiallari/berish nuqtalari ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, agar Kompaniya va/yoki Hamkor 1 tomonidan G‘oliblarga boshqa tartib qo‘shimcha ravishda yetkazilmagan bo‘lsa.

Haftalik sovrinlarni berish markazlari 2026-yil 27-iyundan boshlab ish boshlaydi va har shanba hamda yakshanba kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Berish nuqtalari ro‘yxati Promo-aksiya o‘tkazish muddati davomida Kompaniya va/yoki Hamkor 1 tomonidan Qoidalarda nazarda tutilgan usulda Ishtirokchilarni xabardor qilgan holda o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin.

Shahar / hudud

Korzinka filiali / berish nuqtasi

Manzil / mo‘ljal

1

Toshkent

K149 Korzinka — Park in Mall

Toshkent shahri, Uchchi-Olmazor mahallasi, A. Navoiy shoh ko‘chasi va B. Zokirov ko‘chasi kesishmasi, 19 va 20-xonalar. Mo‘ljal: Tashkent City Mall

2

Toshkent

K097 Korzinka — Dombrabad

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 88-uy. Mo‘ljal: ko‘krak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti

3

Samarqand viloyati

K192 Korzinka — Samarqand Festival Mall

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Farhod ko‘chasi, 57a. Mo‘ljal: Festival savdo-ko‘ngilochar markazi

4

Buxoro viloyati

K163 Buxoro Kogon

Buxoro viloyati, Kogon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 171, Mirzo Ulug‘bek MFY. Mo‘ljal: Kogon musiqa maktabi

5

Namangan

K148 Korzinka — Namangan Grand

Namangan shahri, Hamroh ko‘chasi, 96A. Mo‘ljal: Grand biznes markazi

6

Termiz

K200 Termiz 50A

Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 50a. Mo‘ljal: Xan Sultan restorani

7

Andijon

K164 Andijon O‘zbegim

Andijon shahri, Cho‘lpon ko‘chasi, 10. Mo‘ljal: O‘zbegim savdo-ko‘ngilochar markazi

8

Toshkent viloyati

K111 Zangiota

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Gulbog‘ mahallasi, A. Temur ko‘chasi, 48. Mo‘ljal: «Zangiota» YPX posti