«COCA-COLAʼDAN BAHORIY AKSIYA»
PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

 

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1 Mazkur «COCA-COLAʼDAN BAHORIY AKSIYA» promo-aksiyasini (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya”) o‘tkazish Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — “Qoidalar”) iste’molchilarning diqqatini qo‘shimcha tarzda jalb qilish, shuningdek, “COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON, LTD” XK MCHJ (ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzili: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 40; ma’lumot uchun telefon raqami: +998 55 517-51-14 elektron pochta manzili: coca-cola@cci.com.uz) (keyingi o‘rinlarda — “Kompaniya”) tomonidan ishlab chiqarilgan muayyan alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklar sotuvini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

1.2 Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-bobiga muvofiq ommaviy tanlov hisoblanadi.

1.3 Kompaniya Aksiyani tashkillashtirish va o‘tkazish uchun shartnoma asosida uchinchi shaxs (yoki shaxslar)ni professional tashkilotchi (keyingi o‘rinlarda — “Tashkilotchi”) sifatida jalb qilish huquqiga ega.

1.4 Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Aksiyada ishtirok etuvchi Kompaniya mahsulotlari iste’molchilarini moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) tartibi va shartlarini belgilaydi.

1.5 Mazkur Qoidalarda moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) deganda mazkur Qoidalarda belgilangan sovrinlarni berish tushunilishi lozim.

1.6 Aksiya o‘yin, garov bog‘lash va (yoki) lotereya hisoblanmaydi, tavakkalchilik elementlaridan xoli, foyda yoki boshqa ko‘rinishdagi daromad olishni maqsad qilmaydi hamda mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.

1.7 Aksiyani o‘tkazish muddati:

(a) Aksiyaning boshlanish sanasi va vaqti: 2024-yil 1-mart, Toshkent vaqti bilan 09:00;

(b) Aksiyaning tugallanish sanasi va vaqti: 2024-yil 15-may, Toshkent vaqti bilan 23:59.

1.8 Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchilar (Qoidalarda quyiroqda ko‘rsatib o‘tilgan) mazkur Qoidalarda bayon qilingan barcha shartlarga rozilik bildiradilar.

1.9 Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va u avtomatik ravishda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish majburiyatini oladi.

1.10 Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

1.11 Aksiyani o‘tkazish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.12 Aksiyani o‘tkazish muddati Kompaniya tashabbusi bilan uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilgan yoki qisqartirilgan taqdirda, ishtirokchilar Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda Kompaniyaning www.promo.coca-cola.uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida, shuningdek, zarurat bo‘lsa, Kompaniya ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekistondagi boshqa ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilinadi.

1.13 Ishtirokchilar qoidalar matni bilan Kompaniya tomonidan Aksiya boshlanish sanasidan kechiktirmasdan joylangan Kompaniyaning www.promo.coca-cola.uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida tanishishi mumkin.

1.14 Qoidalar Aksiya boshlangan sanadan kuchga kiradi.

1.15 Qoidalar Kompaniya tomonidan Aksiyani o‘tkazish muddati davomida, biroq belgilangan Aksiya muddatining birinchi yarmidan kechiktirmasdan o‘zgartirilishi (yoki to‘ldirilishi) mumkin. Qoidalarni o‘zgartirish (yoki to‘ldirish) mazkur Qoidalar qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. O‘zgartirishlar (yoki to‘ldirishlar) Kompaniyaning www.promo.coca-cola.uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida joylangan kundan kuchga kiradi.

1.16 Aksiya Ishtirokchisi Sovrinni olishdan bosh tortgan, Aksiya Ishtirokchisi tomonidan mazkur Qoidalarning talablari bajarilmagan yoki Sovrin Ishtirokchining aybi bilan belgilangan muddat va tartibda olinmagan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya G‘olibiga tegishli Sovrin Kompaniyada qoladi. Sovrinlar Aksiya G‘oliblari tomonidan qayta talab qilinishi mumkin emas, o‘rniga hech qanday pul ham to‘lanmaydi.

1.17 G‘olibda Sovrinni olish munosabati bilan kelib chiqadigan barcha soliq majburiyatlari Kompaniya tomonidan tegishli soliq qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining tegishli soliq organlariga jismoniy shaxslar foydasiga o‘tkazib berish yo‘li bilan hal etiladi. G‘olib soliqlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

 

2. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

2.1 Aksiyada mazkur Qoidalarda belgilangan Aksiya shartlarini bajargan 14 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — “Ishtirokchi” yoki “Ishtirokchilar”) ishtirok etishi mumkin, quyida, 2.2-bandda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.

2.2 Kompaniya xodimlari, shuningdek, Kompaniyaning shu’ba, tobe korxonalari xodimlari va boshqa u bilan bog‘liq shaxslar hamda “The Coca‑Cola Company” kompaniyasi (shu jumladan, uning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi), reklama agentliklari xodimlari, distribyutorlar va Tashkilotchilar Aksiyada ishtirok etishi mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha mazkur cheklov ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan ota-onasi, qoni bir va o‘gay aka-uka, opa-singillar, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan farzandlari, bobo-buvilari, nabiralari, shuningdek, turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, qoni bir va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari) uchun ham amal qiladi. Agar Aksiyada ishtirok etayotgan shaxs ushbu cheklov unga tegishli ekanligini aniqlasa, bunday shaxs bu haqda Kompaniyani va Tashkilotchini darhol xabardor qilishi va (yoki) Aksiyadagi keyingi ishtirokini to‘xtatishi shart. Shaxsning ushbu cheklovga qaramasdan aksiyada ishtirok etish faktini yashirishi va uni davom ettirishi Qoidalarning buzilishi hisoblanadi va bu mazkur shaxsning diskvalifikatsiyasiga olib keladi. Ushbu cheklovni buzgan ishtirokchi avtomatik ravishda Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi. Mazkur cheklovning buzilishi aniqlangan taqdirda, Kompaniya sovrinni bunday shaxsga topshirishdan bosh tortishga haqli va agar sovrin topshirilgan bo‘lsa, Kompaniya bunday shaxsdan sovrinni qaytarib berishni talab qilishga haqli.  

2.3 Aksiya ishtirokchisi mustaqil ravishda ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishishi va Kompaniyaning www.promo.coca-cola.uz veb-sayti hamda https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida joylashtirilgan shartlariga rioya qilishi shart. Aksiya ishtirokchisi shaxsan o‘zining nomidan, ixtiyoriy ravishda va mustaqil harakat qiladi, shartlarni, o‘z harakatlarining oqibatlarini va ushbu Qoidalarda belgilangan tegishli qoidalarni aniq idrok etadi.

2.4 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi mazkur Qoidalar bilan to‘liq tanishligini va ularga roziligini tasdiqlaydi, shuningdek, quyidagilar uchun ham o‘z roziligini tasdiqlaydi (qo‘shimcha ravishda o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish va qayta ishlash uchun tegishli yozma rozilikni Tashkilotchi yoki Kompaniyaning so‘roviga ko‘ra darhol taqdim etishga tayyor):

(a) aksiyada ishtirok etish munosabati bilan reklama intervyularida, shu jumladan radio va televideniye, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish (shu jumladan Internet, ijtimoiy tarmoqlar);

(b) kompaniya ko‘rsatmasi bo‘yicha Kompaniya, Aksiya operatori (yoki Tashkilotchisi) va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan Ishtirokchini foto– va videotasvirga olish;

(c) Ishtirokchining foto– va videotasvirlaridan reklama maqsadlarida (ishtirokchidan bunday foydalanish uchun qo‘shimcha rozilik olish zaruratisiz va bunday foydalanish uchun Ishtirokchiga hech qanday haq to‘lamasdan), shu jumladan ommaviy axborot vositalarida (radio, televideniye, Internet) foydalanish, shuningdek, Ishtirokchining bunday foto– va videotasvirlaridan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga topshirish.

(d) Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar Kompaniya/Tashkilotchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, shuningdek, taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq vakolatli organlarga taqdim etishga rozilik beradi.

 

3. SOVRINLAR TOIFALARI

3.1 Aksiya o‘tkazishni tashkillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Kompaniya mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Mazkur aksiya doirasida quyidagi Sovrinlar o‘ynaladi:

3.2 Sovrinlar soni cheklangan. Birorta ham O‘yin sovrini hech qanday holatda uning qiymatidagi pul ekvivalentiga almashtirilishi mumkin emas.

3.3 Reklama materiallaridagi Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, rangi, o‘lchami va boshqa xususiyatlari faqat illyustratsiya uchun qo‘llanadi.

3.4 Ikkinchi toifadagi sovrinlar bo‘yicha hamkor kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulot to‘plamlari va (yoki) xizmatlarning sifati va miqdori bo‘yicha shikoyatlar paydo bo‘lgan taqdirda, quyidagi raqam bo‘yicha ishonch telefoni orqali murojaat qiling: +998 55 517-51-14

3.5 Aksiya tashkilotchisi Birinchi, Ikkinchi, To‘rtinchi toifadagi sovrinlarda hamkor kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulot to‘plamlari va (yoki) xizmatlarning sifati uchun javobgar emas.

 

4. AKSIYANI O‘TKAZISH VA UNDA ISHTIROK ETISH MEXANIKASI

4.1 Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya muddati davomida Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan hajmi 1,5 yoki 2,0 litr bo‘lgan tillarang qopqoqli plastik idishlardagi alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklarning quyidagi turlarini o‘z ichiga oluvchi Aksiya Mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya Mahsulotlari”) quyidagi 4.3-bandga muvofiq xarid qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi:

(a) “Coca‑Cola Classic”;

(b) “Fanta Apelsin”;

Yoki plastik idishdagi tillarang qopqoqli hajmi 1,5 L bo‘lgan:

(a) “Sprite”;

(b) “Coca‑Cola Zero Sugar”.

4.2 Har bir Aksiya Mahsulotining qopqog‘i ostida turli raqamlar va lotin harflarining kombinatsiyasidan iborat unikal kod (keyingi o‘rinlarda — “Kod”) bo‘ladi. Unikal koddagi belgilarning umumiy soni 10 (o‘n) elementni tashkil qiladi.

4.3 Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi lozim:

4.3.1 Aksiya Mahsuloti yorlig‘idagi QR-kodni skanerlang yoki boshqa istalgan usul yordamida Aksiyaning https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botiga (keyingi o‘rinlarda — “Bot”) kiring;

4.3.2 Botdagi “Start” tugmasini bosib, kerakli tilni tanlang, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Qoidalari bilan tanishing va ularga rozi bo‘lsangiz, mobil telefon raqamingizni kiritib, Sovrinni qabul qilish joyini (g‘olib bo‘lgan taqdiringizda) tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishni davom ettiring;

4.3.3 “Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish” tugmasini bosib, veb-ilovaga o‘ting;

4.3.4 Kodni kiriting va “Yuborish” tugmasini bosing;

4.3.5 Bot tomonidan Kodning to‘g‘riligi tasdiqlanganidan so‘ng, kiritilgan Kod bo‘yicha Sovrinli o‘yinining natijasi veb-ilovada ko‘rsatiladi.

4.3.6 Botda noto‘g‘ri kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga urinishlarning kunlik chegarasi 10 urinishni tashkil etadi.

4.3.7 Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida Kodlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyani o‘tkazish jarayoniga aloqador Tashkilotchi va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan bloklanadi.

4.3.8 Agar Aksiya Ishtirokchisi tomonidan shubhali harakatlar aniqlansa, Kompaniya hech qanday tushuntirishsiz uning Aksiyadagi ishtirokini bloklashga haqli.

4.3.9 Tashkilotchi Botda avval ro‘yxatdan o‘tgan Kod(lar)ni qabul qilmaydi, bitta Koddan Aksiya doirasida faqat 1 (bir) marta foydalanish mumkin.   

 

5. AKSIYA G‘OLIBLARIGA SOVRINLAR BERISH TARTIBI VA MUDDATI

5.1 Birinchi toifa sovrinini o‘ynash tartibi:

5.1.1 Sovrinlarning Birinchi Toifasi Aksiya Hamkorlaridan tarkibiga Coca‑Cola Classic 500 ML/ Coca‑Cola Classic 250 ML RGB ichimliklari kiruvchi promo-set uchun 500 000 so‘mlik vaucherlarni o‘z ichiga oladi. Hamkorlarning to‘liq ro‘yxati 1-ilovada (hamkorlar faoliyat yuritmaydigan hududlar bundan        mustasno). Sovrinli o‘yinda 500 000 so‘mlik 10 000 ta vaucher ishtirok etadi.

5.1.2 Vaucher g‘olibga Hamkorlar nuqtalarida taqdim etish uchun QR-kod ko‘rinishida beriladi. Vaucherdan faqat Ishtirokchi Botda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan hududda foydalanish mumkin. Promo-setni faqat tegishli Hamkor tarmog‘ining nuqtalaridan biriga QR-kodni nuqta xodimiga taqdim etish yo‘li bilan shaxsan murojaat qilish orqali olish mumkin. Vaucher promo-setni yetkazib berish uchun amal qilmaydi.

5.1.3 Promo-set uchun taomlarni tanlash g‘olib tomonidan Hamkor nuqtasi menyusidan amalga oshiriladi, lekin u kamida 4 ta shisha Coca‑Cola Classic 500 ML yoki Coca‑Cola Classic 250 ML RGB bo‘lishi shart. Vaucher faqat bir marta ishlatilishi mumkin va uni qayta ishlatib bo‘lmaydi, agar umumiy chek vaucher miqdoriga yetmasa, qolgan miqdor bekor bo‘ladi. Promo-setni olish uchun vaucherni taqdim etish muddati — 2024-yil 31-maygacha.

5.1.4 Ushbu Sovrin toifasida bir Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, biroq mazkur Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshishi mumkin emas.

5.2 Ikkinchi toifa sovrinini o‘ynash tartibi:

5.2.1 Sovrinlarning Ikkinchi Toifasi Aksiya Hamkorlari: Korzinka, Makro, Magnum, faqat Xorazm viloyatida Otaxon Supermarket’dan, faqat Nukus shahrida MIR PRODUKTOV supermarketidan (Hamkorlar faoliyat yuritmaydigan hududlar bundan mustasno) oziq-ovqat to‘plami uchun vaucherlarni o‘z ichiga oladi. Sovrinli o‘yinda nominal qiymati 150 000 so‘m bo‘lgan 20 000 ta vaucher ishtirok etadi.

5.2.2 Oziq-ovqat to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

“Coca‑Cola” – 1 L, “Fanta” – 1 L, “Sprite” – 1 L

“Bonaqua” – 1,5 L

Pista yog‘i —  1 L

Arab xurmosi — 250–500 g

Lazer guruch — 2 kg

5.2.3 Vaucher g‘olibga Hamkorlar nuqtalarida taqdim etish uchun QR-kod ko‘rinishida beriladi. Vaucherdan faqat Ishtirokchi Botda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan hududda foydalanish mumkin. Oziq-ovqat to‘plamini faqat tegishli Hamkor tarmog‘ining punktlaridan biriga QR-kodni nuqta xodimiga taqdim etish yo‘li bilan shaxsan murojaat qilish orqali olish mumkin. Vaucher oziq-ovqat to‘plamini yetkazib berish uchun amal qilmaydi.

5.2.4 Oziq-ovqat to‘plamini olish uchun vaucherni taqdim etish muddati — 2024-yil 31-maygacha.

5.2.5 Ushbu Sovrin toifasida bir Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, biroq mazkur Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshishi mumkin emas.

5.3 Uchinchi toifa sovrinini o‘ynash tartibi:

5.3.1 Sovrinlarning Uchinchi Toifasi sovrinli o‘yinida Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 50 000 (ellik ming) ta sovrinlar to‘plami ishtirok etadi. Bitta yutuqli kod uchun G‘olib kompaniya mahsulotlarining 4 ta o‘ramdan iborat 1 ta to‘plamini oladi. Mukofot o‘ramlari assortimenti Kompaniya yoki Hamkorning omborida qaysi Mahsulot mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, Kompaniyaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagi turdagi Mahsulotlardan iborat bo‘lishi mumkin: Fanta, Sprite, Coca‑Cola Shakarsiz, BonAqua. Har bir to‘plamda quyida ko‘rsatilgan hajmda 4 ta o‘ram mavjud:

5.3.2 Uchinchi toifadagi sovrinni olish uchun vaucher g‘olibga Hamkorlar nuqtalarida taqdim etish uchun QR-kod ko‘rinishida beriladi. Vaucherdan faqat Ishtirokchi Botda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan hududda foydalanish mumkin. Sovrinlar to‘plamini faqat Aksiya Hamkorlari: Korzinka, Makro, Magnum; faqat Xorazm viloyatida Otaxon Supermarket; faqat Nukus shahrida MIR PRODUKTOV supermarketi (Hamkorlar faoliyat yuritmaydigan hududlar bundan mustasno) nuqtalaridan biriga QR-kodni nuqta xodimiga taqdim etish yo‘li bilan shaxsan murojaat qilish orqali olish mumkin. Vaucher sovrinlar to‘plamini yetkazib berish uchun amal qilmaydi.

5.3.3 Sovrinlar to‘plamini olish uchun vaucherni taqdim etish muddati — 2024-yil 31-maygacha.

5.3.4 Ushbu Sovrin toifasida bir Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, biroq mazkur Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshishi mumkin emas.

5.4 To‘rtinchi toifadagi sovrinni o‘ynash tartibi

5.4.1 Yandex Eats ilovasi uchun 25 000 so‘mga 11 500 dona promo-kod. Promo-kod faqat Yandex Eats’ning 13 nafar hamkori: Max Way Food, Shef burger, Feedup, Les Ailes, Chopar, Taksim kebap, Pasta Pasta, Street WOK, Fish and Bread, Embassy burger, Dodo pizza, Giotto, KFC uchun amal qiladi. Promo-kod Yandex Eats ilovasida narxi 25 000 so‘mdan oshgan buyurtmalar uchun 25 000 so‘m chegirmani taqdim etadi. Promo-kodni faollashtirish uchun ilovaga bank kartasi ulangan bo‘lishi kerak. Promo-kodlarni 2024-yil 30-iyungacha va o‘sha kuni ham https://eats.yandex.com/uz/ saytida faollashtirish mumkin. Promo-kodni faollashtirish orqali Ishtirokchi Yandex Eats shartlariga rozilik bildiradi: https://yandex.uz/legal/termsofuse_eda/.

5.4.2 Promokod qopqoq ostidagi kodni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin Botda yaratiladi.

5.4.3 Ushbu Sovrin toifasida bir Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, biroq mazkur Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshishi mumkin emas.

5.4.4 Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish Yandex Eats hamkorlari tomonidan amalga oshiriladi. Takliflar cheklangan, batafsil ma’lumot eda.yandex.uz saytida yoki Yandex Eats mobil ilovasida.

 

6. QOPQOQLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

6.1 Barcha murojaatlar va taqdim etilgan Qopqoqlar Kompaniya tomonidan tekshiriladi. Kompaniya o‘zi asossiz deb hisoblagan har qanday murojaatni yoki Qopqoq haqiqiy emas yoki taqdim etilgan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblash uchun mantiqiy asoslar mavjud bo‘lsa, rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Qopqoqning haqiqiyligiga oid har qanday nizo yuzaga kelgan taqdirda, Kompaniyaning qarori yakuniy hisoblanadi.

6.2 Ishtirokchi tomonidan Kompaniyaga taqdim etilgan Qopqoq haqiqiyligini aniqlash maqsadida Kompaniya Qopqoq usti yoki ichiga bir yoki bir nechta yashirin belgi, va/yoki raqam, va/yoki harf (keyingi o‘rinlarda — Belgi(lar)) bosish, shtamplash, o‘yish yoki boshqa istalgan tarzda belgi qo‘yish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.3 Nizo yuzaga kelgan taqdirda, Kompaniya mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan Qopqoq almashish bo‘yicha talablarni taqdim etish muddati tugaguniga qadar Belgi(lar) haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Kompaniyaning bunday huquqiga e’tirozi yo‘qligini va e’tiroz bildirmasligini tasdiqlaydi.

6.4 Kompaniya, agar uning fikricha, Qopqoq biron-bir tarzda buzilgan yoki o‘zgartirilgan, qalbaki, shikastlangan, tirnalgan, eskirgan va/yoki iflos yoki bulg‘angan bo‘lsa yoki bosma, tipografik yoki boshqa xatolar bo‘lsa yoki noqonuniy ravishda sotib olingan va/yoki boshqa yo‘l bilan ushbu Aksiya shartlariga mos emas (“Yaroqsiz qopqoq(lar)”) deb hisoblasa, Qopqoqni haqiqiy emas deb hisoblash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Kompaniya yaroqsiz qopqoq(lar) bilan bog‘liq har qanday da’volarni rad etishga haqli.

6.5 Qopqoq(lar)ning haqiqiyligi va/yoki Belgi(lar) mavjud bo‘lganda Qopqoqlarni almashtirish talabining asosliligi bo‘yicha nizo yuzaga kelgan taqdirda, Kompaniyaning mazkur Qoidalarning 6.2-bandida nazarda tutilgan Belgilar tizimiga asoslangan qarori yakuniy hisoblanadi.

6.6 Kompaniya Qopqoq egasini aniqlash majburiyatini olmaydi. Tashkilotchiga Qopqoqlarni taqdim etgan Ishtirokchi ularning haqiqiy egasi hisoblanadi.

6.7 Kompaniya amal qilmaydigan va/yoki qabul qilinmagan Qopqoqlar bo‘yicha izoh yoki tushuntirishlar berishga majbur emas.

6.8 Kompaniya, “The Coca‑Cola Company” (keyingi o‘rinlarda — TCCC) kompaniyasi, uning shu’ba tashkilotlari va boshqa affillangan shaxslari, ularning hududiy vakillari, Tashkilotchi, distribyutorlar, mijozlar, Aksiyada ishtirok etuvchi chakana savdo nuqtalari, reklama agentliklari va Aksiyaga aloqador boshqa shaxslar birgalikda ham, alohida ham nashriyot xatosi va/yoki boshqa xatolik, va/yoki Qopqoq va/yoki uning muhrining ishlab chiqarish nuqsoni va/yoki Qopqoqning boshqa shikastlanishi yoki Belgi(lar)ning o‘qilmasligi holatlari, har qanday sabab yoki sabablar, shu jumladan qopqoqdagi ishlab chiqarish nuqsonlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

 

7. “THE COCA-COLA COMPANY” (TCCC) SAVDO BELGILARI

7.1 Mazkur Qoidalarning hech bir bandi ishtirokchiga TCCC savdo belgilariga egalik qilish yoki undan foyda olish huquqining berilishi sifatida tushunilmasligi kerak. Ushbu Qoidalarning shartlari ham, Aksiyada ishtirok etish ham Ishtirokchiga (TCCCning yozma ruxsatisiz) TCCC nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan marketing yoki reklama maqsadlarida yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki nomini ko‘rsatib o‘tish huquqini bermaydi. Ishtirokchi TCCC savdo belgilarining haqiqiyligini yoki TCCC egalik huquqini tan oladi va hech qachon shubha ostiga qo‘ymaydi.

7.2 Ishtirokchi tomonidan TCCC savdo belgilariga bo‘lgan huquqlarga rioya qilish shartlari buzilgan taqdirda, Kompaniya bunday qoidabuzarlik natijasida Kompaniya va/yoki TCCC ko‘rgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega, Ishtirokchi esa Kompaniyaning birinchi talabi bo‘yicha barcha zararlarni qoplashni o‘z zimmasiga oladi.

7.3 Mazkur 7-bo‘lim aksiya muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.

 

8. YAKUNIY QOIDALAR

8.1 Iste’molchilarni Aksiya shartlari to‘g‘risida xabardor qilish tegishli ma’lumotlarni Kompaniya veb-saytida, Botda va Aksiya mahsulotlarning yorliqlarida (ko‘chirmalarda) joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

8.2 Aksiya boʻyicha barcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: (+998) 78-888-55-80.

8.3 Kompaniya g‘oliblarga berilgan sovrinlardan keyingi foydalanish, shuningdek, g‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlardan foydalana olmaganliklari uchun javobgar emas. Aksiya sovrinlarining sifati uchun ularning ishlab chiqaruvchisi javobgar.

8.4 Kompaniya Sovrinli o‘yin Ishtirokchilarining Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan chiqishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: qo‘llab-quvvatlash bo‘limi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlar, saytga kirish, Kompaniyaga yoki Tashkilotchi manziliga tashrif buyurish uchun sarflangan transport xarajatlari va sovrinlar va/yoki xarajatlarni olish maqsadida turar joy uchun sarflagan har qanday xarajatlari uchun javobgar emas. Kompaniyaga yoki Tashkilotchiga tashrif buyurish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar uchun javobgar emas.

8.5 Kompaniya fors-major holatlari, jumladan va istisnosiz tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, blokadalar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishi, shuningdek, yuzaga kelishi Kompaniyaning irodasiga va nazoratiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa yengib bo‘lmas kuch holatlari sodir bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilar va boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar emas.

8.6 Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish natijasida yoki u bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan har qanday nizolar, agar ular bo‘yicha oqilona muddatlarda o‘zaro kelishuvga erishilmasa, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

AKSIYADA ISHTIROK ETISH ORQALI BARCHA ISHTIROKCHILAR USHBU RASMIY QOIDALAR MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANLIKLARINI VA HECH QANDAY CHEKLOV VA ISTISNOLARSIZ RASMIY QOIDALARNING SHARTLARIGA SO‘ZSIZ ROZILIKLARINI AVTOMATIK RAVISHDA TASDIQLAYDILAR.

«COCA-COLAʼDAN BAHORIY AKSIYA» QOIDALARIGA 1-ILOVA