Coca‑Cola Xizmat shartlari
Kuchga kirish sanasi: June 14, 2023
Oldingi versiyalar bilan tanishish uchun bu yerga bosing.
Coca‑Cola Xizmat shartlariga (“Shartlar”) xush kelibsiz.
YAXSHILAB TANISHIB CHIQING, CHUNKI BU SHARTLAR THE COCA-COLA COMPANY VA UNING SHOʻBA KORXONALARI (BIRGALIKDA COCA-COLA YOKI BIZ) HAMDA SIZNING ORANGIZDAGI YURIDIK KELISHUVNI TASHKIL ETADI.
USHBU SHARTLAR THE COCA-COLA BILAN NIZOLARINGIZ QANDAY HAL ETILISHIGA TAʼSIR ETADI.
2. BU SHARTLAR QACHON AMAL QILADI?
3. BU SHARTLAR QAYERDA AMAL QILADI?
4. COCA-COLA XIZMATLARNI OʻZGARTIRADIMI?
5. COCA-COLA BU SHARTLARNI OʻZGARTIRADIMI?
7. COCA-COLA XIZMATLAR UCHUN HAQ OLADIMI?
9. XIZMATLARDAN QANDAY MAQSADLARDA FOYDALANISHGA RUXSAT BERILADI?
10. SHARTLARDAN BIRORTASI ILOVALARDAN FOYDALANISHGA NISBATAN MAXSUS QOʻLLANADIMI?
11. BU SHARTLAR QACHON KUCHGA KIRADI? ULAR QACHON AMAL QILISHDAN TOʻXTAYDI?
12. BOGʻLANGAN XIZMATLAR UCHUN KIM JAVOBGAR?
13. BU SHARTLAR OSTIDA COCA-COLANING MAJBURIYATI QANDAY CHEKLANADI?
14. COCA-COLA ISTEʼMOLCHILAR BILAN QANDAY ALOQA QURADI?
1. KIRISH
Bu Shartlar Coca‑Cola veb-saytlari, mobil ilovalar (Ilovalar), vidjetlar va Coca‑Cola yuritadigan boshqa onlayn va oflayn xizmatlarga (birgalikda Xizmatlar) kirish va foydalanishga nisbatan qoʻllanadigan shartlar va qoidalarni ifoda qiladi. Xizmatlar taʼminotchisi The Coca‑Cola Company, One Coca‑Cola Plaza, Atlanta, Georgia 30313.
Bu Shartlar siz roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi yoki shunchaki kirgan foydalanuvchi boʻlishingizdan qatʼi nazar qoʻllanadi.
XIZMATLARDAN FOYDALANISHINGIZ YOKI KIRISHINGIZ SIZNING USHBU SHARTLARGA AMAL QILISHINGIZ VA QABUL QILISHINGIZGA BOGʻLIQ. Agar bu Shartlarga rozi boʻlmasangiz, unda Xizmatlardan foydalanmang.
Undan tashqari Coca‑Cola foydalanuvchilardan yoki ular haqida toʻplaydigan maʼlumotlarni qanday qayta ishlashi haqida bilib olish uchun Coca‑Cola Isteʼmolchilari uchun maxfiylik siyosati (yoki har qanday boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi) bilan tanishib chiqing.
2. BU SHARTLAR QACHON AMAL QILADI?
Bu Shartlar yangi foydalanuvchilar uchun yuqorida keltirilgan kuchga kirish sanasidan boshlab amal qiladi. Yuqoridagi Kuchga kirish sanasidan oldin Xizmatlardan foydalangan har qanday odam uchun Kuchga kirish sanasidan boshlab oʻn (10) kungacha Shartlarning avvalgi versiyasi amal qiladi.
SIZ HISOB YARATGANDA, XIZMATLARDAN FOYDALANGANDA YOKI ULARGA ROZILIK BERGANDA SIZ COCA-COLAGA BU XIZMATLARDAN FOYDALANISH HUQUQIGA EGA EKANINGIZ VA BU SHARTLARGA AMAL QILISHGA ROZILIK BERISHINGIZNI BILDIRASIZ.
Bizning Xizmatlardan foydalanish uchun siz yashaydigan joyingizda balogʻat yoshida boʻlishingiz hamda shu va boshqa shaklda Coca‑Cola bilan shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlishingiz lozim.
Agar siz yashash joyingizda balogʻat yoshiga yetmagan boʻlsangiz yoki shu va boshqa shaklda shartnoma tuzish huquqiga ega boʻlmasangiz, siz bu Xizmatlardan foydalanishingizdan oldin ota-onangiz yoki vasiyingiz bu Shartlarga rozilik bildirishi lozim. Siz Xizmatlardan foydalanishni boshlashdan oldin ota-onangiz yoki vasiyingizdan Shartlarni sizga tushuntirib berishini soʻrang.
OTA-ONALAR VA QONUNIY VASIYLAR: Agar bu Shartlarni voyaga yetmagan shaxs nomidan qabul qilsangiz, siz Coca‑Colaga farzandingizning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi ekaningizni bildirasiz; farzandingiz nomidan bu Shartlarni qabul qilishingizni va Coca‑Cola Isteʼmolchilari uchun maxfiylik siyosatiga (yoki boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi)rozilik berishingizni tasdiqlaysiz; farzandingiz uchun uning Xizmatlardan foydalanishi va bu Shartlarga amal qilishiga oid barcha javobgarlikni qabul qilasiz.
Agar Xizmatlardan foydalanish huquqiga ega boʻlmasangiz yoki bu Shartlarga rozilik bermasangiz, sizga Xizmatlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
3. BU SHARTLAR QAYERDA AMAL QILADI?
Bu Shartlar ular bogʻliq boʻlgan yoki joylangan Xizmatlarga nisbatan qoʻllanadi.
Xodimlar, ishga ariza topshirganlar va Coca‑Cola biznes mijozlari va hamkorlari uchun hamda Coca‑Cola korporativ veb-sahifalari qismlariga nisbatan onlayn xizmatlarga oid turli shartlar va qoidalar amal qiladi. Turli shartlar yana Xizmatlarga bogʻlangan yoki tegishli boʻlgan uchinchi tomonlarning xizmatlariga nisbatan ham qoʻllanadi (masalan, Whats App). Quyida 12-boʻlimni koʻring.
Xizmatlarning Ilovalar, savdo shartlari yoki matnli xabarlar yuborish xizmatlari kabi maʼlum xususiyatlarga nisbatan qoʻshimcha shartlar qoʻllanishi mumkin (“Qoʻshimcha shartlar”). Barcha Qoʻshimcha shartlar shu Shartlarning (va bu havola orqali biriktirilgan) bir qismi sanaladi. Sizga taqdim etilganda siz Qoʻshimcha shartlar qoʻllanadigan Xizmatlarning maʼlum xususiyatlaridan foydalanishdan oldin ularga rozilik bildirishingiz lozim. Bu Shartlar va Qoʻshimcha shartlar Qoʻshimcha shartlarning biror qismi Shartlarga oʻnglab boʻlmaydigan darajada zid kelmagan taqdirda ular bir xil qoʻllanadi, bunday holatda Qoʻshimcha shartlar faqat zid kelgan qismida kuchga ega boʻladi.
Matnli xabarlar yuborish xizmatlari
Xizmatlarning ayrimlari matnli xabarlarni yuborish (SMS yoki MMS) xizmatlarini taklif etadi. Siz bizdan xabarlar olishga rozilik berganingizda biz yuboradigan xabarlar takroriyligi sizning biz bilan aloqalarimizga bogʻliqdir. Siz matnli xabar yuborish xizmatlaridan Xizmatlarga aloqador maxsus mobil kodga STOP soʻzini yuborish orqali chiqishingiz mumkin. XABAR VA MOBIL ALOQA TOʻLOVLARI QOʻLLANISHI MUMKIN. Barcha toʻlovlar simsiz aloqa xizmati provayderi tomonidan olinadi va unga toʻlanadi. Tariflar va tafsilotlar boʻyicha simsiz aloqa xizmati provayderi bilan bogʻlaning. Matnli xabar xizmatlari “boricha” taqdim etiladi va barcha joylarda ham hamma vaqt ishlamasligi mumkin.
MATNLI XABARLAR OLISHGA ROZILIK BILDIRISH ORQALI SIZ COCA-COLA MATNLI XABARLARNI SIZGA YUBORISHDA AVTOMATIK CHAQIRUV TIZIMIDAN FOYDALANISHINI VA SIZNING MATNLI XABARLARNI QABUL QILISH ROZILIGINGIZ MAHSULOTLAR VA XIZMATLARNI XARID QILISH UCHUN SHART SIFATIDA TALAB ETILMASLIGINI TUSHUNASIZ VA ROZILIK BILDIRASIZ.
4. COCA-COLA XIZMATLARNI OʻZGARTIRADIMI?
Coca‑Cola Xizmatlarni yaxshilash ustida davomli ishlaydi. Coca‑Cola Xizmatlarni kengaytiradigan va avval Xizmatlarda boʻlmagan yangi xususiyatlar va funksiyalarni taqdim etishi mumkin (“Yangi xususiyatlar”). Vaqti-vaqti bilan Coca‑Cola yana yangilanishlar, xatolarga tuzatishlar va foydalanuvchi tajribasini kuchaytiruvchi Xizmatlardagi oʻzgartirishlarni taqdim etishi mumkin (“Yangilanishlar”). Coca‑Cola Yangi xususiyatlarni qoʻshish yoki qoʻshmaslik yoki Yangilanishlarni qilish yoki qilmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi. Agar Yangi xususiyatlar ichiga toʻlovlarni olsa, Coca‑Cola sizga Yangi xususiyatlardan foydalanish yoki foydalanmaslikni tanlash huquqini taqdim etadi. Agar Coca‑Cola Yangilanishlar qilsa, Coca‑Cola sizni ogohlantirib yoki ogohlantirmasdan Yangiliklarni kiritishiga rozilik va ruxsat berasiz.
Coca‑Cola Yangi xususiyatni u ommaga tanishtirilishidan oldin sinab koʻrishingiz uchun faqat sizga taqdim etishi mumkin. Yangi xususiyat boshqalardan oldin sinash uchun sizga taqdim etilganda biz Yangi xususiyatlarni “Sinovdagi xizmatlar” deb ataymiz. Sinovdagi xizmatlardan foydalanish huquqingiz evaziga, siz Coca‑Cola soʻroviga koʻra Sinovdagi xizmatlar haqidagi fikr-mulohazangizni taqdim etishga rozilik berasiz. Coca‑Cola Sinovdagi xizmatlar Xizmatlarning bir qismiga aylanmaguncha Sinovdagi xizmatlarni bildirishsiz oʻzgartirish va Sinovdagi xizmatlarni Xizmatlarning bir qismiga aylantirmaslik huquqini oʻzida saqlab qoladi.
USHBU SHARTLARNING BIZNING OLDINGIZDAGI MAJBURIYATIMIZGA OID QISMLARIGA QARAMASDAN, SINOVDAGI XIZMATLAR “BORICHA” SHAKLIDA HECH QANDAY KAFOLATSIZ TAQDIM ETILADI VA THE COCA-COLA TOMONLARI (13-BOʻLIMDA KELTIRILGANIDEK) SIZNING SINOVDAGI XIZMATLARDAN FOYDALANISH TANLOVINGIZ YUZASIDAN HECH QANDAY MAJBURIYATGA EGA BOʻLMAYDI. AMALDAGI QONUNCHILIK DOIRASIDA SINOVDAGI XIZMATLAR BOʻYICHA MAJBURIYATLARNING RAD ETILISHINI QOʻLLASH IMKONSIZ BOʻLSA, THE COCA-COLA TOMONLARINING SINOVDAGI XIZMATLAR YUZASIDAN YAGONA JAVOBGARLIGI SINOVDAGI XIZMATLAR UCHUN SIZ SARFLAGAN MIQDORGACHA BOʻLGAN BEVOSITA ZARARINGIZNI QOPLASH BOʻLADI.
4-boʻlimdagi hech narsa Coca‑Colaning istalgan vaqtda sizni ogohlantirmasdan yoki javobgarliksiz Xizmatlarning maʼlum qismlaridan foydalanishni cheklash yoki Xizmatlarni yoki biz Xizmatlar orqali taqdim etadigan har qanday kontentni toʻxtatish huquqini cheklamaydi. Biz Xizmatlar har doim toʻliq ishlashini taʼminlash uchun qoʻlimizdan kelganini bajaramiz, ammo biror sababga koʻra Xizmatlardan foydalanish imkonsiz boʻlib qolsa, Coca‑Cola sizning oldingizda javobgar boʻlmaydi.
5. COCA-COLA BU SHARTLARNI OʻZGARTIRADIMI?
Bu Shartlarning kuchga kirish sanasi veb-saytning yuqori qismida bildirilgan.
Coca‑Cola bu Shartlarni Yangilanishlar yoki Yangi xususiyatlarni amaldagi qonunlarga moslash uchun yangilashi mumkin. Agar Coca‑Cola bu Shartlarga yuridik huquqlarni kamaytiradigan material oʻzgartirishlarni kiritsa, biz bu haqida Xizmatlarda bildirishnoma joylaymiz va foydalanuvchilarni oʻttiz (30) kun avval ularning hisobidagi e-pochta manziliga yozish orqali xabar beramiz. Agar siz bu Shartlarning oʻzgartirilishiga rozi boʻlmasangiz, hisobingizni bekor qilishingiz va ogohlantirish davri oxirigacha Xizmatlardan foydalanishni toʻxtatishingiz lozim. Bildirishnomada koʻrsatilgan ogohlantirish davri tugagandan keyin Xizmatlardan foydalanishni davom ettirish Shartlarni oʻzgartirishlari bilan qabul qilish deb hisoblanadi.
Agar bizdan qonunan shunday qilish yoki boshqa Xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun talab etilmasa, material va retrofaol shaklda yuridik huquqlaringizni qisqartiruvchi oʻzgarishlarni ogohlantirmasdan qilmaymiz.
Oʻzgartirilgan Shartlar bizning barcha oldingi kelishuvlarimiz, bu Shartlar haqidagi bildirgilar yoki bayonotlarning oʻrnini egallaydi.
6. HISOB TALAB ETILADIMI?
Siz Coca‑Colaning rasmiy veb-saytlariga kirish uchun hisob yaratishingiz shart emas, ammo sizga takliflar va boshqa reklama olish yoki Xizmatlarning “faqat aʼzolar uchun” qismlaridan foydalanish kabi Xizmatlarning toʻliq imkoniyatlaridan foydalanish uchun sizga hisob talab etilishi lozim.
Hisob yaratish uchun siz kamida e-pochta manzilingizni taqdim etishingiz lozim. Coca‑Cola sizdan Coca‑Cola bilan qonuniy kelishuv tuzishga qonuniy huquqingiz borligini tekshirish uchun tugʻilgan kun va yashash joyingiz kabi maʼlumotlarni ham talab etishi yoki ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizdan bu Shartlarga nomingizdan rozilik berishni talab etishi mumkin.
Coca‑Cola sizdan ismingiz, telefon raqamingiz, parametrlaringiz, fikrlaringiz va hisob yaratish jarayonining bir qismi sifatida ulashishni istagan oʻzingiz haqingizdagi boshqa tafsilotlar kabi qoʻshimcha maʼlumotlarni talab etishi mumkin. Siz hisob yaratganda sizdan oladigan shaxsiy maʼlumotlarni qanday qayta ishlashimiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun Coca‑Cola Isteʼmolchilarining maxfiylik siyosati (yoki hisob yaratganda siz rozilik bergan har qanday boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi)bilan tanishing.
Coca‑Colaning Masʼuliyatli marketing siyosatida keltirilganidek, biz 13 yoshdan (yoki mamlakatingizdagi qonunlarga koʻra minimal yoshdan) kichik bolalarga bevosita sotuvlarni amalga oshirmaymiz. Shunday shaklda Xizmatlar 13 yoshdan (yoki mamlakatingizdagi qonunlarga koʻra minimal yoshdan) kichik bolalarga qaratilmagan yoki foydalanishga moʻljallanmagan.
Siz oʻzingizdan boshqa hech kimga hisob ochmaslikka, boshqa odamning shaxsini oʻgʻirlash yoki Coca‑Colaning muvofiqlikni tekshirish jarayonlaridan biror elementni soxtalashtirish uchun hisob yaratmaslikka rozilik berasiz. Agar ushbu Shartlar buzilganini aniqlasak yoki shubhalansak, Coca‑Cola roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish yoki hisobni bekor qilish yoki bloklash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Agar avvalroq Xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum etilgan boʻlsangiz, endi hisob yarata olmaysiz.
Siz Coca‑Colaga yuboradigan har qanday axborot rost, aniq va toʻliq ekaniga soʻz berasiz va bundan keyin ham shunday qilishga rozilik berasiz.
Agar hisob yaratishda sizdan parol yaratish talab etilsa, parolingiz shaxsiy maʼlumotingiz sanaladi. Siz begonalarga parolingiz, boshqa xavfsizlik maʼlumotingiz yoki Xizmatlarga kirish imkoniyatini taqdim etmaslikka rozilik berasiz. Hisobingizga umumiy kompyuterdan kirganda yoki qurilmangizni ulashganda boshqalar parolingiz yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlaringizni koʻrishi yoki yozib olishining oldini olish uchun alohida ehtiyot chorasini koʻring. Sizparolingiz yordamida yuz beradigan barcha harakatlar uchun javobgar sanalasiz.
Agar parolingiz, hisobingizdan noqonuniy foydalanish holatini yoki boshqa xavfsizlik buzilishi holatini sezsangiz zudlik bilan at https://www.coca-colacompany.com/contact-us orqali bizga xabar berishga rozilik berasiz.
7. COCA-COLA XIZMATLAR UCHUN HAQ OLADIMI?
Xizmatlar odatda bepul. Agar Xizmatlarning ayrim xususiyatlari uchun toʻlov talab etilsa, Coca‑Cola sizga pulli xizmatlardan foydalanish yoki foydalanmaslik borasida tanlovni taqdim etadi.
Ayrim Xizmatlar sizga Coca‑Cola mahsulotlarini xarid qilish imkonini beradi. Xaridlar xarid vaqtida sizga taqdim etilgan alohida sotuv shartlari orqali boshqariladi – ularni yaxshilab oʻqib chiqing.
Siz barcha toʻlovlar, komissiyalar va Xizmatlardan foydalanishga oid boshqa xarajatlar, jumladan, Xizmatlarga kirish va foydalanish uchun zarur asbob-uskunalar va Internet ulanishi yoki mobil telefon xizmatlari xarajatlari uchun oʻzingiz javobgar sanalasiz. Agar siz Xizmatlardan mobil telefonda foydalansangiz, mobil xizmat provayderi oladigan har qanday haq uchun javobgar boʻlasiz.
8. XIZMATLARNING EGASI KIM?
Xuddi Coca‑Cola va sizning oʻrtangizda boʻlgani kabi, Coca‑Cola va uning uchinchi tomon litsenziarlari Xizmatlarga boʻlgan barcha huquq, nom va manfaatlarning, jumladan, Xizmatlar orqali taqdim etiladigan butun kontent va uning dizayni, termasi va tashkil etilishi va undagi barcha intellektual mulk huquqlarining (Xizmatlar kontenti) yagona va eksklyuziv egalari sanaladi. Yaʼni, Coca‑Cola Xizmatlarga egalik qiladi va Xizmatlar kontentining egasi yoki litsenziyasiga ega sanaladi hamda siz quyida tasvirlanganidek, oʻzingizning Foydalanuvchi kontentingizga egalik qilasiz.
Xizmatlar kontenti oʻz ichiga Coca‑Cola nomi va barcha taalluqli nomlar, logotiplar, mahsulot va xizmat nomlari, dizaynlar va shiorlarni (Coca‑Cola Belgilari) oladi. Siz Coca‑Colaning oldindan berilgan ruxsatisiz Coca‑Cola Belgilaridan foydalanmasligingiz lozim. Barcha Coca‑Cola yoki Xizmatlarda chiqadigan uchinchi tomonlarning nomlari, logotiplari, mahsulotlari va xizmat nomlari, dizaynlari, shiorlari, teg qatorlari yoki muallif imzolari taalluqli egalarining savdo belgilari sanaladi.
Sizning Xizmatlar kontentiga nisbatan ushbu Shartlarda aniq belgilab berilganidan boshqa hech qanday huquq, litsenziya yoki ruxsatingiz mavjud emas. Xizmatlar xalqaro mualliflik huquqi, savdo belgisi, patent, savdo siri va boshqa intellektual yoki egalik huquqlari qonunlari bilan himoyalangan. Aniqlik kiritish maqsadida siz quyidagilarga rozilik bildirasiz (hamda uchinchi tomonlarning ham bunday qilishiga yoʻl qoʻymaysiz):
- Xizmatlardagi hech qanday mualliflik huquqi, savdo belgisi yoki boshqa egalik huquqlari bildirgisini olib tashlamaysiz.
- Coca‑Colaning oldindan berilgan yozma roziligisiz Xizmat kontenti qismlaridan iborat maʼlumotlar bazasini yaratmaysiz va/yoki chop etmaysiz.
- Ushbu Shartlarda aniq ruxsat etilgan holatlardan tashqari Xizmatlar kontentining hech bir qismini nusxasini yaratmaysiz, tarqatmaysiz, oʻzgartirmaysiz, hosila ishlar yaratmaysiz, ommaga namoyish etmaysiz, omma oldida ijro etmaysiz, qayta chop etmaysiz, yuklab olmaysiz, saqlamaysiz yoki boshqa qurilmalarga oʻtkazmaysiz.
- Xizmatlarning har qanday boʻlagiga kirish, chiqarib olish, tozalash yoki indekslash uchun har qanday robot, oʻrgimchak, qidirish/chiqarib olish ilovasi yoki boshqa avtomatik qurilma, jarayon yoki vositadan foydalanmaysiz.
- Boshqa biror yoʻl bilan Coca‑Cola kompaniyasi yoki uning uchinchi tomon litsenziarlarining Xizmatlar kontentiga boʻlgan egalik huquqlarini hech qanday sharoit va vaqtda buzmaysiz yoki poymol qilmaysiz.
Siz oʻz kontentingizga egalik qilasiz, ammo Coca‑Colaga undan foydalanish huquqini berasiz.
Xizmatlar sizga va boshqalarga kontent va materiallarni joylash, yuborish, chop etish, namoyish etish yoki oʻtkazish imkonini beruvchi forumlar va boshqa interfaol xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin (birgalikda Foydalanuvchi kontenti). Sizning Foydalanuvchi kontentini yuborishingizga oid shartlar va qoidalar teskarisini bildirmasa, siz oʻzingiz yaratgan Foydalanuvchi kontentining egasi sanalasiz.
Siz Foydalanuvchi kontenti, jumladan uning qonuniyligi, ishonchli ekani, aniqligi va mosligi uchun javobgar ekaningizni tushunasiz va tan olasiz.
Siz Foydalanuvchi kontentini Xizmatlar yoki Coca‑Colaning ijtimoiy media sahifalari orqali yuborishingizdan qatʼi nazar, siz Coca‑Colaga (jumladan, bizning Xizmatlarni yuritishga yordam beradigan taʼminotchilar va tegishli vorislarimiz va vakillarimiz) Foydalanuvchi kontentingizdan foydalanish, egalik qilish, saqlash, nusxalash, oʻzgartirish, ommaga oshkor qilish, ijro etish, tarjima qilish, tarqatish va uchinchi tomonlarga oshkor qilish uchun cheklanmagan, tugamaydigan, global, noeksklyuziv, royaltisiz, toʻliq toʻlangan huquq va litsenziyani (va koʻpdarajali sublitsenziya huquqi) toʻliq yoki qisman har qanday maqsadda va hozir maʼlum yoki kelajakda yaratiladigan har qanday media vositada qonun doirasida taqdim etasiz (Foydalanuvchi kontenti litsenziyasi). Bu Shartlardagi siz Coca‑Colaga taqdim etgan Foydalanuvchi kontenti litsenziyasi boʻyicha axloqiy huquqlar oʻtkazilmaydi. AGAR COCA-COLAGA FOYDALANUVCHI KONTENTI LITSENZIYASINI TAQDIM ETISHNI ISTAMASANGIZ, FOYDALANUVCHI KONTENTINI YUBORMANG.
Foydalanuvchi kontentini taqdim etganingizda Coca‑Colaga quyidagilarni bildirasiz va kafolat berasiz:
- Siz Foydalanuvchi kontentiga boʻlgan barcha huquqlarga egalik qilasiz yoki nazorat qilasiz va ushbu Shartlar boʻyicha Coca‑Colaga taqdim etilgan huquqlar va litsenziyani taqdim etish huquqiga egasiz.
- Sizning Foydalanuvchi kontentingiz hech bir shaxs yoki korxonaning maxfiylik va ommaviylik va intellektual mulk huquqlari kabi huquqlarini buzmaydi.
- Sizning Foydalanuvchi kontentingiz toʻgʻri va aniq.
- Sizning butun Foydalanuvchi kontentingiz ushbu Shartlarga va barcha mavjud qonunlar, qoidalar hamda normativlar talablariga amal qiladi.
Sizning Foydalanuvchi kontentingiz quyidagi barcha qoidalarga amal qilishi shart:
- Foydalanuvchi kontenti tuhmat qiluvchi, behayo, uyatsiz, tahqirlovchi, haqoratlovchi, shilqimlik qiluvchi, zoʻravon, nafratli, gij-gijlovchi yoki boshqa shakldagi eʼtirozli boʻlgan hech qanday materialga ega boʻlmasligi lozim.
- Foydalanuvchi kontenti jinsiy aʼzolarni koʻrsatuvchi yoki pornografik materiallar, zoʻravonlik yoki irqi, dini, millati, nogironligi, jinsiy oriyentatsiyasi, gender shaxsiyati yoki yoshi boʻyicha kamsituvchi materiallarni targʻib etmasligi lozim.
- Foydalanuvchi kontenti biror shaxsni aldamasligi yoki aldash niyatida boʻlmasligi lozim.
- Foydalanuvchi kontenti hech qanday noqonuniy harakatni targʻib qilmasligi yoki noqonuniy xatti-harakatlarni himoya qilmasligi, ragʻbatlantirmasligi yoki yordam bermasligi lozim.
- Foydalanuvchi kontenti shaxsingizni yoki bogʻliqligingizni boshqa hech qanday shaxs yoki tashkilot nomidan tanishtirmasligi yoki aslida bunday boʻlmasa, Foydalanuvchi kontentingiz Coca‑Cola yoki boshqa biror shaxs yoki tashkilot tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi kabi taassurotni uygʻotmasligi lozim.
Agar Foydalanuvchi kontenti ushbu Shartlarni buzadi deb hisoblasangiz, biz bilan https://www.coca-colacompany.com/contact-us orqali bogʻlaning mailto:info@myunidays.comhamda Foydalanuvchi kontentining shartlarni buzuvchi qismini hamda uning Xizmatlar va Coca‑Cola ijtimoiy media materiallarida joylashgan joyini tasvirlab bering. Qonun doirasida siz uchinchi tomonlarning sizning Foydalanuvchi kontentingizdan foydalanganlik tufayli Coca‑Colaga qarshi bildirgan har qanday daʼvosida Coca‑Colani javobgarlikdan ozod etasiz.
Foydalanuvchi kontentiga qoʻshimcha ravishda, siz gohi-gohida Coca‑Colaga Xizmatlar borasida gʻoyalar, takliflar yoki boshqa fikr-mulohazalar (Fikr-mulohazalar) bildirishingiz mumkin. Gʻoyalarni yuborish uchun bizning https://www.coca-colacompany.com/contact-us/submit-an-idea veb-sahifamizga kiring va u yerda maʼlumot bilan tanishing. Siz oʻz Fikr-mulohazalaringizga egalik qilasiz, ammo uni Coca‑Colaga taqdim etgandan keyin siz ushbu orqali Coca‑Colaga Fikr-mulohazalaringizdan foydalanish, nusxalash, ijro etish, namoyish etish, tarqatish, moslashtirish, oʻzgartirish, qayta formatlash va hosilaviy ishlar yaratish va boshqa har qanday shaklda qoʻllash uchun toʻliq toʻlangan, royaltisiz, uzluksiz, qaytarilmaydigan, global, noeksklyuziv va toʻliq sub-litsenziyalashga oid huquq va litsenziyani taqdim etishga rozilik bildirasiz. Undan tashqari, siz Coca‑Cola sizning bevosita ishtirokingiz boʻlmasa sizdan oldindan yozma ruxsat olmasdan Fikr-mulohazalaringizdan Xizmatlarida istalgancha foydalanishi mumkinligini tan olasiz va rozilik bildirasiz. Barcha Fikr-mulohazalaringiz nomaxfiy va mualliflik huquqi bilan himoyalanmagan sanaladi.
9. XIZMATLARDAN QANDAY MAQSADLARDA FOYDALANISHGA RUXSAT BERILADI?
Sizning ushbu Shartlarni bajarishingizdan kelib chiqib, Coca‑Cola sizga faqatgina notijoriy maqsadlarda foydalanish uchun Xizmatlarga kirish va foydalanish hamda har bir ilovadan bitta (1) nusxa yuklab olish uchun shaxsiy, cheklangan, noeksklyuziv, oʻtkazilmaydigan, qaytarib olinadigan hamda cheklangan huquqlarni taqdim etadi.
Siz Xizmatlardan faqat qonuniy, shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanishingiz hamda hech qanday firibgarlik yoki noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik kerak. Yuqoridagilar bilan cheklanmagan holda, siz hech qanday uchinchi tomonga quyidagilarni amalga oshirishga rozilik bermasligingiz, urinmasligingiz yoki ragʻbatlantirmasligingiz yoki ruxsat bermasligingiz lozim: Gain (or attempt to gain) unauthorized access to the Services or Coca‑Cola’s computer systems or networks through hacking, password mining or other means or to violate the security of any computer or security network.
- Xizmatlarga yoki Coca‑Colaning kompyuter tizimlari yoki tarmoqlariga hakerlik, parollarni aniqlash yoki boshqa vositalar orqali noqonuniy kirish (yoki kirishga urinish) yoki biror kompyuter yoki xavfsizlik tarmogʻining xavfsizligini buzish.
- Xizmatlardan Coca‑Cola serverlari yoki tarmoqlariga zarar yetkazishi, ishdan chiqarishi, ortiqcha yuklama berishi yoki kuchsizlantirishi mumkinligini biladiganingiz har qanday usulda foydalanish.
- Boshqalarni kamsitish, shilqimlik qilish, tahdid qilish, aldash, uyaltirish, zarar yetkazish yoki bezovta qilish, noqulaylik keltirish yoki xavotir uygʻotish yoki boshqa biror shaklda boshqalarning Xizmatlardan foydalanishiga va bahramand boʻlishiga xalaqit qilish (yoki xalaqit qilishga urinish).
- Xizmatlardan oʻzingizdan boshqa biror shaxs nomidan foydalanish.
- Xizmatlarning biror qismini nusxalash, oʻzgartirish, moslashtirish, tarjima qilish, dekompilyatsiya qilish, shifrdan chiqarish yoki boshqa biror shaklda hosila olish yoki kirishga urinish.
- Xizmatlardagi har qanday mualliflik huquqi, savdo belgisi yoki boshqa egalik huquqi bildirgisini olib tashlash yoki boshqa biror shaklda har qanday uchinchi tomonning intellektual mulk huquqlarini buzish yoki zarar yetkazish.
- Xizmatlarning har qanday boʻlagiga kirish, chiqarib olish, tozalash yoki indekslash uchun har qanday robot, oʻrgimchak, qidirish/chiqarib olish ilovasi yoki boshqa avtomatik qurilma, jarayon yoki vositadan foydalanish.
- Xizmatlarni har qanday sababga koʻra har qanday uchinchi tomonga ijaraga berish, lizingga berish, sotish, sublitsenziya berish, topshirish, tarqatish, chop etish, oʻtkazish yoki boshqa usulda Xizmatlarning biror xususiyati yoki funksiyasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
- Xizmatlarning bir qismi boʻlgan veb-sahifalarning biror qismi formatini oʻzgartirish yoki ramkalash, buni jumladan, mahsulotlarni qayta sotish yoki tarqatish maqsadida amalga oshirish.
- Xizmatlardan har qanday noqonuniy yoki ixtiyoriy shaklda berilmagan tijoriy yoki reklama kontentini yuborish uchun foydalanish.
Coca‑Cola qonun ruxsat bergan maksimal darajada va Coca‑Cola kompaniyasining Maxfiylik siyosatiga (yoki sizga taqdim etilgan har qanday boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi)asosan Xizmatlarga oid xatti-harakatlarni kuzatish va yozib olish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Agar Coca‑Cola sizning Xizmatlardan ushbu Shartlarni buzgan holda foydalanayotganingizga ishonchli asosi boʻlsa, sizni ogohlantirmasdan sizning Xizmatlardan foydalanish imkoniyatingizni cheklashi (mavjud boshqa himoya choralariga qoʻshimcha ravishda) mumkin.
10. SHARTLARDAN BIRORTASI ILOVALARDAN FOYDALANISHGA NISBATAN MAXSUS QOʻLLANADIMI?
10-boʻlimda aniq belgilab qoʻyilganidan tashqari, ushbu Shartlar sizning Ilovalarimizni yuklab olishingiz va foydalanishingizga nisbatan qoʻllanadi.
Veb-saytdan farqli ravishda, mobil ilova mobil qurilmangizga yuklab olinadigan va oʻrnatiladigan dasturiy taʼminot sanaladi. Mobil qurilmangizga yuklab olinganidan qatʼi nazar, Ilovalar litsenziyalangan va ular sizga sotilmaydi. Ilovalardan ushbu Shartlarga asosan va ulardan kelib chiqib foydalanishdan boshqa hech qanday egalik ulushi yoki boshqa biror huquqqa ega boʻlmaysiz.
Siz oʻzingiz egalik qiladigan yoki boshqa shaklda nazoratingizdagi qurilmaga faqatgina shaxsiy, notijorat maqsadda foydalanish uchun Ilovaning bitta nusxasini yuklab olishingiz mumkin. Sizga maʼlum funksiyalarni taqdim etish uchun ayrim Ilovalar mobil qurilmangizdagi turli funksiyalar va maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlishi kerak. Shaxsiy maʼlumotlar Ilovalar tomonidan qanday qayta ishlanishi haqida batafsil maʼlumot olish uchun Coca‑Cola kompaniyasining Maxfiylik siyosati (yoki siz Ilovani yuklab olganingizda sizga taqdim etilgan boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi) bilan tanishib chiqing.
Ilovalar va Xizmatlarning qolgan qismi ayni kontentga ega boʻlmasligi mumkin.
Vaqti-vaqti bilan biz Ilovaga Yangilanishlar (4-boʻlimda koʻrsatilgan) ishlab chiqamiz va taqdim etamiz. Mobil qurilmangiz sozlamalaridan kelib chiqib, siz mobil qurilmangizni Internetga ulaganda Ilova barcha mavjud Yangilanishlarni avtomatik ravishda yuklab oladi va oʻrnatadi yoki sizga mavjud Yangilanishlarni yuklab olish va oʻrnatishni soʻragan bildirgi yuborilishi mumkin. Siz barcha Yangilanishlarni yuklab olish va oʻrnatishga rozilik berasiz va agar bunday qilmasangiz, Ilova kutilganidek ishlamasligini tan olasiz va rozilik berasiz. Ilovadagi barcha Yangilanishlar Ilova va Xizmatlarning bir qismi sanaladi va ushbu Shartlardan kelib chiqadi.
Ushbu Shartlarga muvofiq sizga aniq berilgan huquqlardan tashqari Coca‑Cola Ilovalar, jumladan, barcha Coca‑Cola Belgilariga (8-boʻlimda koʻrsatilgan) boʻlgan butun huquq va egalik haqlarini hamda Coca‑Cola va sizning orangizdagi munosabatlarda undagi va unga aloqador barcha mualliflik huquqlari, savdo belgilari hamda boshqa intellektual mulk huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.
Siz Ilovalarning istalganini Applening App Store doʻkoni yoki Google Play doʻkonidan (har biri Ilovalar platformasi) yuklab olganda, siz quyidagilarni tan olasiz va rozilik berasiz:
- Coca‑Cola va Ilovalar platformasi orasidagi munosabatlarda, Coca‑Cola Ilovalar uchun yagona javobgar sanaladi.
- Ilovalar platformasi Ilova yuzasidan texnik xizmat koʻrsatish va yordam xizmatlarini taqdim etish boʻyicha hech qanday majburiyatga ega emas.
- Agar Ilovangiz biror qoʻllanadigan kafolatga muvofiq kelmasa: (i) siz Ilovalar platformasiga xabar berishingiz va Ilovalar platformasi sizga Ilova xarid qilingan summani qaytarib berishi mumkin (agar qoʻllash mumkin boʻlsa), (ii) qonun ruxsat beradigan maksimal darajada Ilovalar platformasi Ilovalarga nisbatan boshqa hech qanday kafolat majburiyatiga ega boʻlmaydi hamda (iii) har qanday kafolatga muvofiq kelmaslikka aloqador boshqa daʼvolar, yoʻqotishlar, majburiyatlar, zararlar, sarf va xarajatlar Coca‑Cola va Ilovalar platformasi orasidagi munosabatlarda Coca‑Colaning majburiyati sanaladi.
- Ilovalar platformasi sizning Ilovalarga oid yoki sizning Ilovalarga egalik qilish yoki foydalanishingizga oid har qanday daʼvongiz uchun javobgar boʻlmaydi.
- Agar uchinchi tomon Ilovalari boshqa tomonning intellektual mulk huquqini buzgan deb daʼvo qilsa, Ilovalar platformasi va Coca‑Cola orasidagi munosabatlarda Coca‑Cola har qanday intellektual mulk huquqi buzilishiga oid shu kabi daʼvoning surishtiruvi, himoyasi, hal etilishi va qondirilishi uchun javobgar boʻladi.
- Ilovalar platformasi va uning shoʻbalari qoʻllanadigan foydalanish shartlarining uchinchi tomon benefitsiarlari sanaladi, chunki ular sizning Ilovadan foydalanish litsenziyangizga aloqador. Bizning foydalanish shartlarimizga oid shart va qoidalarni qabul qilganingizda, Ilovalar platformasi sizning Ilovaga oid litsenziyangizga nisbatan qoʻllanadigan foydalanish shartlarini sizga qarshi uchinchi tomon benefitsiari sifatida qoʻllash huquqiga ega boʻladi (va siz bu huquqni qabul qilgan hisoblanasiz).
- Undan tashqari, siz Ilovadan foydalanayotganda Ilovalar platformasi orqali qoʻllanadigan barcha uchinchi tomon shartlariga ham amal qilishingiz lozim.
Ilovalarning birortasi tomonidan toʻplanadigan alohida maʼlumotlar haqida batafsil maʼlumot olish uchun mobil qurilma sozlamalaringizni tekshiring yoki siz Ilovani yuklab olgan Ilovalar platformasi chop etadigan maʼlumotlarni koʻrib chiqing. Ilova orqali har qanday maʼlumotlar toʻplanishini toʻxtatish uchun uni oʻchirib tashlang.
Ushbu orqali siz quyidagilarni bildirasiz va kafolat berasiz: (i) siz AQSH hukumati embargo qo‘llagan yoki AQSH hukumati tomonidan “terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi” mamlakat sifatida belgilangan davlatda yashamaysiz; va (ii) siz AQSH hukumatining taqiqlangan yoki cheklangan shaxslar roʻyxatidan joy olmagansiz.
11. BU SHARTLAR QACHON KUCHGA KIRADI? ULAR QACHON AMAL QILISHDAN TOʻXTAYDI?
Bu Shartlar siz ularni hisob yaratishning bir qismi sifatida tan olganingizda, Ilovani yuklab olganingizda yoki Shartlar oʻrin olgan Xizmatlarning birortasidan foydalanganda kuchga kiradi (2-boʻlimda belgilangandan tashqari). Bu Shartlar siz yoki Coca‑Cola tomonidan bekor qilinmaguncha amal qiladi.
Siz istalgan vaqt yoki istalgan sababga koʻra Xizmatlardan foydalanishni toʻxtatishingiz mumkin. Agar hisobingizni o‘chirmoqchi boʻlsangiz, Coca‑Cola bilan 15-boʻlimda taqdim etilgan kontakt maʼlumotlaridan foydalanib bogʻlaning va/yoki har qanday yoki barcha Ilovalarni oʻchirib tashlang.
Agar hisobingizga oid shaxsiy maʼlumotlarni tuzatmoqchi yoki oʻchirib tashlamoqchi boʻlsangiz, Coca‑Cola kompaniyasi Iste’molchilarining maxfiylik siyosatidagi (yoki sizga taqdim etilgan boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi) “Sizning tanlovlar” boʻlimini koʻrishingiz mumkin.
Agar siz Xizmatlardan foydalanishga oid har qanday qonunni buzsangiz, Coca‑Cola hisobingizni darhol va sizga xabar bermasdan avtomatik ravishda bekor qilishi mumkin. Agar Coca‑Colada foydalanuvchi Xizmatlardan ushbu Shartlarni buzgan holda foydalanayotganiga doir ishonchli asosga ega boʻlsa, xabar berib yoki bermasdan hisobni va Xizmatlarga kirishni toʻxtatishi mumkin.
Agar biz xavfsizlik buzilganini aniqlasak yoki shubhalansak yoki Coca‑Cola oʻz ixtiyoriga koʻra Xizmatlarning birortasini taklif etishni yoki qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatsa, Coca‑Cola istalgan vaqtda va ogohlantirmasdan sizning Xizmatlarga kirishingizni cheklashi, hisobingizni bekor qilishi yoki bu Shartlarni toʻxtatishi mumkin.
Biz Xizmatlarga kirishingizni cheklashdan oldin sizga har qanday muhim shaxsiy foydalanuvchi maʼlumotingizni chiqarib olish imkoniga ega boʻlishingiz uchun oldindan bildirgi yuborishga urinamiz (qonun va ushbu Shartlar imkon bergan darajada), ammo bu amaliy boʻlmasa, noqonuniy, biror shaxsning xavfsizligiga zid boʻlsa yoki boshqa biror shaklda Coca‑Colaning huquqlari yoki mol-mulkiga zarar yetkazsa, bunday qilmasligimiz mumkin.
Bu Shartlar toʻxtatilganda, Coca‑Cola tomonidan berilgan huquqlar toʻxtatiladi va siz Xizmatlardan foydalanishni butunlay toʻxtatishingiz lozim va mobil qurilmangizdan Ilovalarning barcha nusxalarini oʻchirishingiz lozim.
Bu Shartlarning oʻz tabiatiga koʻra ushbu Shartlar tugatilgandan keyin ham amalda qoladigan har qanday bandi kuchda qoladi. Misol tariqasida, quyidagi bandlarning barchasi shartlar tugatilgandan keyin kuchda qoladi: egalik yoki intellektual mulk huquqlariga oid majburiyatlarimiz, shartlarning har qanday cheklanishi, siz bizga toʻlashingiz lozim boʻlgan har qanday majburiyat hamda oramizdagi nizolarga oid har qanday shartlar. Shartlarning toʻxtatilishi Coca‑Cola yoki sizning qonundagi yoki adolat qonunidagi hech qanday huquqlaringiz va himoya choralaringizni cheklamaydi.
12. BOGʻLANGAN XIZMATLAR UCHUN KIM JAVOBGAR?
Xizmatlar uchinchi tomonlar (jumladan, marketing agentligidagi hamkorlarimiz va ijtimoiy media platformalari) taqdim etgan veb-saytlar va resurslar, uchinchi tomonlarning matnli xabar yuborish xizmatlari (masalan, WhatsApp) va reklamalarga berilgan havolalarga ega (birgalikda Bogʻlangan xizmatlar deb yuritiladi). Ayrim Bogʻlangan xizmatlar sizga maʼlumotlaringizni, masalan, ijtimoiy tarmoqlarda “layk” yoki “ulashish” funksiyalari kabilarni ularga eksport qilish imkonini bersa ham, Coca‑Cola Bogʻlangan xizmatlarni nazorat qila olmaydi. Barcha Bogʻlangan xizmatlarning maxfiylik siyosati va boshqa foydalanish shartlari bilan yaxshilab tanishib chiqing. Agar siz Bogʻlangan xizmatlarning birortasiga kirishni istasangiz, siz buni toʻliq xatarni boʻyningizga olgan va ushbu Shartlardagi emas, balki u Bogʻlangan xizmatlarning shartlari va qoidalariga asoslangan holda amalga oshirasiz.
Xizmatlar odatda ochiq manba yoki shu kabi litsenziyalar (Uchinchi tomonlarning dasturiy taʼminoti) ostida bepul taqdim etiladigan uchinchi tomonlarning dasturiy taʼminotiga ega boʻlishi mumkin. Sizga taqdim etiladigan Xizmatlar ushbu Shartlarga boʻysunsa ham Xizmatlarga kiritilgan Uchinchi tomonlarning dasturiy taʼminoti sizga boricha yoki qoʻllangan vaqtda taqdim etiladigan boshqa litsenziya va shartlarga boʻysunishi mumkin.
13. BU SHARTLAR OSTIDA COCA-COLANING MAJBURIYATI QANDAY CHEKLANADI?
Coca‑Colaning kafolat berishdan bosh tortishi
QONUNIY RUXSAT BERILGAN HOLATLARDA, XIZMATLAR “BORICHA”, BARCHA NUQSONLARI VA KAMCHILIKLARI BILAN HAMDA HECH QANDAY KAFOLATLARSIZ TAQDIM ETILADI.
MAVJUD QONUNCHILIKDA RUXSAT ETILGAN MAKSIMAL DARAJADA, COCA-COLA KOMPANIYASI OʻZ NOMIDAN VA OʻZINING SHOʻBA KORXONALARI NOMIDAN, OʻZINING VA ULARNING TEGISHLI LITSENZIARLARI, KONTENT VA TAʼMINOTCHILARI (BIRGALIKDA COCA-COLA TOMONLARI) NOMIDAN XIZMATLARGA OID BARCHA OSHKOR, NAZARDA TUTILGAN, QONUNDA BELGILANGAN YOKI BOSHQA KAFOLATLARDAN, JUMLADAN, TOVAR HOLATIGA OID BARCHA NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLAR, MAʼLUM MAQSADDA FOYDALANISHGA YAROQLILIGI, EGALIK HUQUQI VA HUQUQLARNING BUZILMASLIGIGA OID KAFOLATLAR HAMDA ISH JARAYONIDA, AMALGA OSHIRISHDA, FOYDALANGANDA YOKI SAVDO AMALIYOTIDA KELIB CHIQADIGAN KAFOLATLARDAN OCHIQ SHAKLDA BOSH TORTADI. YUQORIDAGILARNI CHEKLAMAGAN HOLDA, COCA-COLA KOMPANIYASINING HECH BIR TOMONI XIZMATLAR TALABLARINGIZGA MOS BOʻLISHI, KOʻZLANGAN MAQSADLARGA ERISHISHI, BOSHQA DASTURIY TAʼMINOT, TIZIMLAR YOKI XIZMATLAR BILAN MUVOFIQ BOʻLISHI YOKI ISHLAY OLISHI, UZLUKSIZ ISHLAY OLISHI, HAR QANDAY SAMARADORLIK YOKI ISHONCHLILIK STANDARTLARIGA MUVOFIQ KELISHI YOKI XATOSIZ BOʻLISHI YOKI HAR QANDAY XATO YOKI KAMCHILIK TUZATILISHIGA OID HECH QANDAY KAFOLAT BERMAYDI YOKI MAJBURIYATNI QABUL QILMAYDI VA BUNDAY BAYONOT BERMAYDI.
AYRIM YURISDIKSIYALARDA NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNI ISTISNO QILISH YOKI CHEKLASHGA YOKI ISTEʼMOLCHINING QONUNIY HUQUQLARINI CHEKLASHGA RUXSAT BERILMAYDI, SHUNING UCHUN YUQORIDA KELTIRILGAN ISTISNOLAR VA CHEKLOVLARNING AYRIMLARI YOKI BARCHASI SIZGA NISBATAN QOʻLLANMASLIGI MUMKIN.
Coca‑Colaning majburiyatiga oid cheklovlar
Coca‑Cola ushbu Shartlarning kompaniya tomonidan sezilarli darajada buzilishi natijasida kelib chiqqan bevosita va oldindan kutsa boʻladigan oqilona miqdordagi zarar uchun ushbu Shartlar bandlaridan kelib chiqib javobgar boʻladi.
Qonunda ruxsat etilgan maksimal darajada, Coca‑Cola quyidagilar uchun javobgar boʻlmaydi:
- Oldindan kutilmaydigan zararlar, jumladan, bilvosita zararlar.
- Jarima tufayli yoʻqotishlar yoki jazo tufayli yetkazilgan zararlar.
- Sizning Xizmatlardan foydalanganingiz tufayli har qanday foydaning yoʻqotilishi, biznesning yoʻqotilishi, shartnomaning boy berilishi, biznesning toʻxtab qolishi, kutilgan tejash, obroʻ yoki biznes imkoniyatlarning yoʻqotilishi.
- Xizmatlarga kirish tufayli yuqtirilgan viruslar yoki boshqa zararli dasturlar yoki Xizmatlardagi xatolar, nuqsonlar yoki uzilishlar
- Uchinchi tomonning harakatlari tufayli, jumladan, Bogʻlangan xizmatlardan foydalanish yoki foydalanmaslik tufayli yetkazilgan zarar.
MAVJUD QONUNCHILIKDA ANIQ BELGILAB QOʻYILGAN HOLATLARDAN TASHQARI HECH QANDAY HOLATDA COCA-COLA TOMONLARINING XIZMATLARDAN FOYDALANISH YOKI FOYDALANA OLMASLIKDAN YOKI SHARTNOMA, DELIKT YOKI BOSHQA BOʻLSIN USHBU SHARTLARDAN KELIB CHIQADIGAN BARCHA DAʼVOLAR BOʻYICHA SIZNING OLDINGIZDAGI UMUMIY JAVOBGARLIGI JAMI YUZ DOLLARDAN (100$) OSHMAYDI.
Ushbu Shartlardagi hech narsa har qanday noqonuniy yoʻl bilan javobgarlikni, jumladan, bizning eʼtiborsizligimiz tufayli kelib chiqqan oʻlim yoki tan jarohati uchun javobgarlikni yoki aldov yoʻli bilan chalgʻitish yoki boshqa qasddan qilingan harakat uchun javobgarlikdan istisno qilish yoki cheklashga qaratilmagan. YUQORIDA KELTIRILGAN CHEKLOVLARDAN HAR QAYSISI YAROQSIZ DEB TOPILSA, COCA-COLA TOMONLARINING BARCHA ZARARLAR, YOʻQOTISHLAR YOKI BIROR SHAKL YOKI TURDAGI DAʼVO UCHUN ASOSLAR UCHUN UMUMIY JAVOBGARLIGI MAVJUD QONUNCHILIKDA RUXSAT ETILGAN MAKSIMAL DARAJADA CHEKLANADI.
ISTEʼMOLCHI SIFATIDA SIZ OʻZINGIZ YASHAYDIGAN MAMLAKAT YURISDIKSIYASINING MAJBURIY SHARTLARIDAN FOYDALANASIZ. USHBU SHARTLARDAGI HECH BIR NARSA SIZNING ISTEʼMOLCHI SIFATIDA MAHALLIY QONUNCHILIK SHARTLARIGA SUYANISHGA OID HUQUQLARINGIZGA TAʼSIR ETMAYDI.
14. COCA-COLA ISTEʼMOLCHILAR BILAN QANDAY ALOQA QURADI?
Siz Xizmatlardan foydalanganda yoki bizga xabar yuborganda siz bilan elektron shaklda aloqa qurasiz. Tanlovingiz va hisob sozlamalaridan kelib chiqib, biz siz bilan e-pochta, matnli xabarlar yoki Ilovalar push-bildirishnomalari kabi turli usullarda yoki Ilovada xabar joylash yoki Xizmatlar orqali boshqa shakllarda elektron aloqa qilamiz. Bu aloqa usullaridan ayrimlari avtomatik hamda boshqalari Xizmatlarning bir qismi sifatida standart shaklda yuboriladi. Biz gohida ayrim turdagi aloqa vositalarini qoʻshishimiz yoki olib tashlashimiz mumkin. Hisobingiz sozlamalari orqali siz elektron xabarlar olish yoki olmaslikni sozlashingiz mumkin. Siz maʼlum aloqa vositalarini oʻchirib qoʻysangiz ham, biz zarur boʻlganda, masalan, xavfsizlikka tahdid holati yuz berganda Xizmatlarning maʼlum qismlarini taqdim etish imkoniga ega boʻlishimiz uchun sizga bildirgi yuborishimiz mumkin.
Sizga biz elektron shaklda taqdim etadigan barcha kelishuvlar, bildirishnomalar, maʼlumotlarning oshkor etilishi va boshqa maʼlumotlar har qanday qonuniy talabga javob berishiga, qonunchilikning majburiy talablari boshqacha aloqa shaklidan foydalanishni talab etmasa, bunday xabarlar yozma shaklda boʻlishiga rozilik bildirasiz. Ayrim elektron aloqa vositalari uchun xizmatlar provayderingizning tomonidan toʻlovlar olinishi mumkin.
E-pochta manzilingiz yoki boshqa kontakt maʼlumotingiz oʻzgarsa, siz Coca‑Colaga xabar berish uchun javobgarsiz. E-pochta manzilingizdagi oʻzgarishlar biz bilan boʻladigan barcha aloqaga qoʻllanadi.
Ayrim aloqa turlari parolni qayta oʻrnatish talabi kabi hisobingizga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Sizning e-pochta hisobingiz yoki mobil qurilmangizga kirishi mumkin boʻlgan istalgan odam bu muloqotlarni koʻrishi mumkin.
Marketing yoki reklama materiallarini yuborganimizda, buni sizning roziligingiz va talab etilishiga qarab amalga oshiramiz. Undan tashqari, siz e-pochta orqali marketing materiallarini qabul qilishni har bir reklama xabarining quyidagi obunadan voz kechish tugmasini bosish orqali nazorat qilishingiz mumkin.
15. MEN COCA-COLA BILAN QANDAY BOGʻLANAMAN?
Ushbu Shartlar, Coca‑Cola Isteʼmolchilarining maxfiylik siyosati yoki Coca‑Colaning shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashi borasida Coca‑Cola bilan bogʻlanish uchun https://www.coca-colacompany.com/contact-us/contact-us-form manziliga yozing.
Siz biz bilan yana The Coca‑Cola Company, pochta qutisi 1734, Atlanta, GA 30301 manziliga yozish yoki 1.800.GET.COKE (1.800.438.2653) raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki Xizmatlar orqali sizga taqdim etilgan yurisdiksiyaga oid boshqa maʼlumotdan foydalanib bogʻlanishingiz mumkin.
Maxfiylik siyosatimiz va biz foydalanuvchilar haqidagi toʻplaydigan maʼlumotlarimizni qanday qayta ishlashimiz borasida Coca‑Cola bilan bogʻlanish uchun Coca‑Cola Isteʼmolchilarining maxfiylik siyosatida keltirilgan maʼlumotdan foydalaning.
16. BOSHQA TURLI SHARTLAR
- Bu Shartlar (jumladan, Coca‑Cola Isteʼmolchilarining maxfiylik siyosati yoki sizga taqdim etilgan boshqa maxfiylik siyosati yoki bildirgisi) Coca‑Cola va sizning orangizda Xizmatlar va undagi masalalarga oid yagona va butun tushunchani ichiga oladi va Xizmatlarga oid barcha oldingi va bir vaqtdagi yozma yoki ogʻzaki tushunchalar va kelishuvlarning oʻrnini bosadi.
- Sizning klaviatura, sichqoncha yoki boshqa qurilmadan tugma yoki ikonkani tanlash yoki shu kabi harakatni amalga oshirish uchun yoki boshqacha shaklda Coca‑Colaga har qanday tan olish yoki rozilik berish uchun foydalanishingiz sizning yozma imzongizga teng kuchga ega elektron imzoni tashkil etadi. Siz yana elektron imzongizni tasdiqlash uchun uchinchi tomonning tekshirishi talab etilmasligiga rozilik berasiz. Undan tashqari, Xizmatlar borasida elektron imzodan har safar foydalanish sizning ushbu Xizmat shartlariga ularga elektron imzo chekilgan sanadagi holida amal qilishingizga roziligingizni tashkil etadi.
- Bu Shartlar mos ravishda Coca‑Colaning va sizning vorislaringiz va vakillaringiz foydasiga xizmat qiladi va majburiy hisoblanadi.
- Coca‑Cola bu Shartlarni manfaatdor vorisiga topshirishi (toʻliq yoki qisman) mumkin, ammo siz Coca‑Colaning oldindan bergan yozma roziligisiz Shartlarni topshira olmaysiz.
- Agar bu Shartlarning biror bandi sud yoki boshqa vakolatli yurisdiksiya tribunali tomonidan biror sababga koʻra yaroqsiz, noqonuniy yoki bajarib boʻlmaydigan deb topilsa, oʻsha band shunday olib tashlanishi yoki maksimal darajada cheklanishi lozimki, qolgan bandlar xuddi bajarib boʻlmaydigan yoki yaroqsiz band qoʻllanmagandek ayni kuchga ega boʻlishda davom etishi lozim.
- Coca‑Cola tomonidan ushbu Shartlardagi har qanday shart yoki qoidadan voz kechish shu kabi shart yoki qoidadan voz kechishda davom etish yoki boshqa shartdan voz kechish deb sanalmasligi lozim. Coca‑Cola tomonidan bu Shartlar boʻyicha huquq yoki bandni amalga oshira olmaslik bu kabi huquq yoki banddan voz kechish deb sanalmasligi lozim.
- Bu Shartlardagi hech narsa Coca‑Cola va sizning orangizda hamkorlik, qoʻshma korxona, agentlik yoki boshqa turdagi sheriklik holatini yaratmaydi.
- Agar Coca‑Cola bu bandni talab qiluvchi tomonning nazoratida boʻlmagan biror sababga koʻra ushbu Shartlar boʻyicha har qanday majburiyatni bajarishdan toʻsilsa yoki bajara olmasa, zarar koʻrgan tomonning faoliyati choʻzilgan davrga yoki shu sababli bajara olmaslik davriga teng vaqtga uzaytiriladi.
- Sarlavha va taglavhalar faqat qulaylik uchun foydalaniladi. Basharti boshqasi nazarda tutilmasa yoki kontekstdan aniq bilinmasa, “jumladan”, “ichiga oladi”, “shu jumladan”, “masalan”, “kabi” soʻz yoki iboralar yoki shunga oʻxshash istalgan iboradan foydalanish namoyish maqsadida deb talqin qilinishi lozim hamda ular bu soʻzlardan oldin yoki keyin keladigan soʻzlar, tavsiflar, aniqlashlar, iboralar yoki terminlarni cheklamaydi.
17.NIZOLARNING HAL ETILISHI
Coca‑Cola Xizmatlar borasidagi har qanday muammoni bevosita siz bilan hal etish imkoniyatini qadrlaydi. Agar muammoni bizga bildirmo qchi boʻlsangiz, biz bilan https://www.coca-colacompany.com/contact-us/contact-us-form manzili orqali bogʻlaning.
Siz Xizmatlardan foydalanishingizga oid nizolar, daʼvolar hamda daʼvo uchun asoslarni (har biri Nizo sanaladi) 17-boʻlimda belgilanganidek hal etishga rozilik berasiz. Quyidagi yurisdiksiyaga bogʻliq bandlardan kelib chiqib, ushbu Shartlar va sizning Xizmatlardan foydalanishingiz qonunchilikni tanlash bandlarini inobatga olmagan holda AQSHning Jorjiya shtati qonunlariga koʻra boshqariladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro mahsulotlar xaridiga oid kelishuvlar haqidagi konvensiyasini qoʻllash qatʼiy ravishda istisno etiladi.
QONUNCHILIK RUXSAT BERADIGAN MAKSIMAL DARAJADA. SIZ XIZMATLARDAN KELIB CHIQADIGAN YOKI ULARGA BOGʻLIQ HAR QANDAY DAʼVO U HOSIL BOʻLGANDAN KEYIN BIR (1) YIL ICHIDA KIRITILISHI KERAKLIGIGA ROZILIK BERASIZ; AKS HOLDA DAʼVO UCHUN ASOS BUTUNLAY OʻZ KUCHINI YOʻQOTADI.
Kanadadagi isteʼmolchilar uchun: Siz va Coca‑Cola ushbu Shartlar Ontario viloyati qonunlari va qoʻllash mumkin boʻlgan holatlarda Kanada qonunlariga asosan boshqarilishi va talqin qilinishiga rozilik berasiz. Siz ushbu Shartlardan kelib chiquvchi yoki ularga bogʻliq qonun yoki adolat qonuni boʻyicha har qanday daʼvo faqat Ontario, Torontoda joylashgan hududiy yoki federal sudlarga kiritilishi lozim ekaniga rozilik berasiz va ushbu bilan shu kabi istalgan daʼvoni koʻrib chiqish maqsadida shu kabi sudlarning eksklyuziv shaxsiy yurisdiksiyasiga rozilik bildirasiz va boʻysunasiz.
Yevropa Ittifoqidagi isteʼmolchilar uchun: Agar Yevropa Ittifoqi rezidenti boʻlsangiz, siz ushbu Shartlarga doir isteʼmolchilarni himoya qilish huquqlaringizni amalga oshirish uchun oʻzingiz istiqomat qiladigan Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlgan mamlakatda daʼvo kiritishingiz mumkin. Undan tashqari, Yevropa Komissiyasi quyidagi veb-sayt orqali nizolarni onlayn hal etish platformasini taqdim etadi: https://ec.europa.eu/consumers/odr. Sizning isteʼmolchi sifatidagi huquqlaringiz haqida batafsil maʼlumot bu yerda.
Italiyadagi isteʼmolchilar uchun: Siz va bizning oramizdagi ushbu Shartlarga doir har qanday nizo siz istiqomat qiladigan yoki rezidenti boʻlgan joy sudlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Siz yana ushbu Shartlarga oid har qanday nizoni hal etish uchun suddan tashqari mexanizmga murojaat etishingiz mumkin (2005-yil, 6-sentabrda qabul qilingan Italiya isteʼmolchilar kodeksining 141 – 141 boʻlimlariga muvofiq, #206). Misol uchun, siz yuqorida nomi keltirilgan Yevropa nizolarni onlayn hal etish platformasidan foydalanishingiz yoki maslahat olishingiz mumkin.
Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv, Nepal va Shri Lankadagi isteʼmolchilar uchun: Bu Shartlar va sizning Xizmatlardan foydalanishingiz qonunchilikni tanlash bandlarini inobatga olmagan holda oʻzingiz yashaydigan joy qonunlari bilan boshqariladi. Oʻsha joyda joylashgan tegishli yurisdiksiyaga ega sudlar bu Shartlardan kelib chiqadigan, unga bogʻliq yoki aloqador barcha nizolar ustidan eksklyuziv yurisdiksiyaga ega boʻladi.
Buyuk Britaniyadagi isteʼmolchilar uchun: Ushbu Shartlar va undagi masalalar Angliya va Uels qonunlariga asosan boshqariladi va talqin qilinadi. Siz va biz Angliya va Uels sudlari eksklyuziv yurisdiksiyaga ega boʻlishiga rozilik beramiz (agar siz Shimoliy Irlandiyada yashasangiz, bu holat istisno, siz nizoni Shimoliy Irlandiya sudida va agar Shotlandiyada yashasangiz, nizoni Shotlandiya sudida koʻrib chiqishga haqqingiz bor.)
AQSHdagi isteʼmolchilar uchun:
Arbitr va qoidalarning tanlanishi. Nizo faqatgina Amerika arbitrlar uyushmasiga (AAU) ularning Isteʼmolchilarga oid arbitraj qoidalari boʻyicha koʻrib chiqishga yuboriladi. Agar biror sababga koʻra AAU ushbu shartlar boʻyicha arbitraj oʻtkazish imkoniga ega boʻlmasa yoki istamasa, siz va biz AQSHning 9 U.S. Code § 5 qonuniga asosan boshqa arbitrni tanlaymiz.
Majburiy (Individual) arbitraj. Siz oramizdagi har qanday nizo faqatgina individual (toifasiz) arbitrajida hal etilishiga rozilik berasiz. Tomonlar Federal arbitraj qonuni, 9 U.S.C. § 1 et seq moddalariga amal qilish niyatini bildiradi. Arbitraj hakamlar haʼyati va sudya boʻlmasligini anglatadi.
Arbitrajning qoʻllanish sohasi. Arbitr nizodagi barcha masalalarni ushbu Shartlarni qoʻllagan holda hal etishi lozim. Arbitr, shuningdek, biror nizo yoki muammo arbitrajda koʻrilishi lozim yoki lozim emas degan masalani ham hal etishi lozim. Arbitr har qanday nizoni jamoaviy daʼvo, umumiy daʼvo yoki vakolatli daʼvo sifatida koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlmasligi lozim. Arbitr siz yoki bizdan boshqa tomonlarning talabini qanoatlantirish huquqiga ega boʻlmasligi lozim.
Arbitrajdagi istisnolar (Mayda daʼvolar sudi). Mayda daʼvolar sudida toʻliq hal etilishi mumkin boʻlgan nizolar arbitrajga chiqarilmasligi lozim.
Joy tanlovi (Fulton okrugi, Jorjiya). Basharti tomonlar buning teskarisi borasida kelishmagan boʻlsa yoki arbitr tomonidan hal etilmagan boʻlsa, siz nizolar faqatgina Jorjiya shtatining Fulton okrugida koʻrib chiqilishiga rozilik berasiz. Siz barcha maqsadlar uchun Jorjiya shtati yurisdiksiyasiga rozilik berasiz.
Qonun tanlovi (Jorjiya). Ushbu Shartlar va sizning Xizmatlardan foydalanishingiz qonunchilikni tanlash bandlarini inobatga olmagan holda AQSHning Jorjiya shtati qonunlariga koʻra boshqariladi. Ammo, nizo arbitrajda koʻrib chiqilishi lozimligi yoki yoʻqligini yoki arbitraj oʻtkazish kerakligi yoki yoʻqligini aniqlash faqatgina Federal arbitraj qonuni, 9 U.S.C. § 1 et seq tomonidan boshqarilishi lozim.
Arbitrajdagi huquqiy himoya vositalari. Arbitr sud taqiqidan boshqa ushbu ishga nisbatan qoʻllanadigan qonunlarga asosan tomonlar sudda olishi mumkin boʻlgan istalgan huquqiy himoya vositasi, talabning qondirilishi yoki natija, jumladan, advokat gonorari va xarajatlari borasida hukm qilishi mumkin.
Majburlovchi hukm. Arbitr hech qanday majburlovchi hukm chiqara olmaydi. Agar nizodagi tomonlardan biri majburlovchi hukmni talab etsa, arbitr nizoning arbitraj qismini yakunlaydi, moliyaviy kompensatsiya (agar mavjud boʻlsa) borasida qaror chiqaradi va keyin majburlovchi hukmni talab etgan tomon faqatgina majburlovchi hukm chiqarilishi uchun Jorjiya shtati Fulton okrugidagi shtat yoki federal sudga yangi daʼvo kiritishi mumkin. Faktlar borasidagi natijalar va arbitr xulosalari keyingi daʼvoda dalil sifatida keltirilishi yoki asos sifatida olinishi mumkin emas.
JAMOAVIY DAʼVONI RAD ETISH
Amaldagi qonunchilikka koʻra ruxsat etilgan joyda va AQSHda Coca‑Cola kompaniyasi va siz har qanday nizolarni hal etish tartib-qoidalari jamoaviy, umumiy yoki vakolatli daʼvo doirasida emas, faqat individual asosda amalga oshiriladi. Har ikkimiz hakamlar haʼyatiga oid huquqimizdan voz kechamiz.
18. YURISDIKSIYAGA OID SHARTLAR
QUYIDAGILAR ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARI VA MAXSUS YURISDIKSIYA TANLOVIGA OID MAʼLUMOTLARDIR. BIZ SIZDAN TEGISHLI BOʻLIMLAR BILAN TANISHIB CHIQISHINGIZNI SOʻRAYMIZ.
Kaliforniyadagi isteʼmolchilar uchun: Agar siz 18 yoshdan kichik va Kaliforniya shtati rezidenti boʻlsangiz, siz Xizmatlarda ommaga oshkor qilgan Foydalanuvchi kontentingizni oʻchirish talabini kiritish huquqiga egasiz. Foydalanuvchi kontentingizni oʻchirishga oid talabni kiritish uchun Coca‑Cola bilan <email> pochtasi orqali mavzu qatoriga “California Minor User Content Removal” deb yozib murojaat qiling. Esda tuting, oʻchirish huquqi mutlaq emas – huquq Foydalanuvchi kontentingizning asl joylanuviga nisbatan qoʻllanadi, ammo boshqalar tomonidan keyingi ulashish yoki chop etishga hamda boshqalar tomonidan siz haqingizda ulashilgan kontentga nisbatan qo‘llanmaydi. Oʻchirish huquqi, shuningdek, Foydalanuvchi kontentini joylash uchun kompensatsiya yoki boshqacha mukofot olgan boʻlsangiz ham qo‘llanmaydi. Coca‑Cola Foydalanuvchi kontentining Internetdan butunlay oʻchirilishini taʼminlay olmaydi.
Agar siz Kaliforniyada yashasangiz va Coca‑Coladan biz saqlayotgan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirishni talab qilmoqchi boʻlsangiz, Coca‑Cola kompaniyasining maxfiylik siyosatining Kaliforniya shtati boʻlimi bilan tanishing.
Agar Xizmatlar istalgan vaqtda elektron tijoriy xizmat deb hisoblansa (Kaliforniya shtati Fuqarolik kodeksining 1789.3 boʻlimida belgilangani kabi), Kaliforniyada yashovchilar isteʼmolchilar huquqlariga oid quyidagi konkret maʼlumotlar bilan tanishish huquqiga ega:
Xizmatlar taʼminotchisi: The Coca‑Cola Company, One Coca‑Cola Plaza, Atlanta, Georgia 30313.
Agar Xizmatlar elektron tijoriy xizmat deb sanalsa, siz Xizmatlarga oid shikoyat kiritishingiz yoki https://www.coca-colacompany.com/contact-us/contact-us-form manziliga yozish orqali Xizmatlardan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olishingiz mumkin. Siz biz bilan yana The Coca‑Cola Company, pochta qutisi 1734, Atlanta, GA 30301 orqali yoki 1.800.GET.COKE (1.800.438.2653) raqamiga qoʻngʻiroq qilib bogʻlanishingiz mumkin
Barcha AQSH isteʼmolchilari uchun: 1998-yildagi raqamli ming yillikning mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunga (“DMCA”) asosan mualliflik huquqi buzilgani haqida qanday xabar berish haqida maʼlumot olish uchun bizning DMCA siyosatimiz bilan tanishing.
Germaniya isteʼmolchilari uchun: Ushbu Shartlardagi hech narsa Coca‑Colaning Germaniyadagi foydalanuvchilarga nisbatan qoʻpol eʼtiborsizligi uchun javobgarligini cheklamaydi va istisno etmaydi. Germaniya reklama federatsiyasi (Deutscher Werberat, ZAW) qoidalariga asosan, Coca‑Cola 14 yoshdan kichik boʻlgan isteʼmolchilarga qaratilgan reklama yoki marketing tadbirlarini oʻtkazmaydi. Shu sababli, Xizmatlar yoshi 14 dan kichik boʻlgan har qanday shaxslarga qaratilmagan va ular tomonidan foydalanishga moʻljallanmagan.