Coca‑Cola
Coca‑Cola
Alkogolsiz gazlangan salqin ichimlik.
Ingridiyentlar
Suv, shakar, uglerod dioksidi, rang beruvchi modda (shakar koleri iv), kislota rostlagichi (ortofosfor kislotasi), tabiiy xushbo‘ylar, kofein.
Coca‑Cola Shakarsiz
Alkogolsiz gazlangan salqin ichimlik.
Ingridiyentlar
Suv, uglerod dioksidi, rang beruvchi modda (shakar koleri iv), kislota rostlagichlari (ortofosfor kislotasi, natriy sitrati), shirinlashtirgichlar (natriy siklamat, kaliy atsesulfam, aspartam*), tabiiy xushbo‘ylar, konservant (natriy benzoati), kofein.
Shakarsiz.
*Tarkibida fenilalanin manbai mavjud.
Coca‑Cola
“Coca‑Cola” kompaniyasi tarixidagi eng mashhur ichimlik 1886-yilning 8-may kuni Jorjiya shtatining Atlanta shahrida dorixonachi-shifokor Jon Pamberton tomonidan kashf etilgan.
Garchi doktor Pamberton oʻylab topgan siropning gazlangan suv bilan qay tarzda aralashtirilganini hech kim eslamasa-da, biroq odamlar yangi salqin ichimlikni oʻsha damdayoq mazali taʼm va tetiklashtiruvchi xususiyatga egaligi eʼtirof etishgan. Agar barcha zamonlar va xalqlarning eng qatʼiy qoʻriqlanadigan tijorat siri, yaʼni “Coca‑Cola” formulasini Jon Pamberton yaratgan boʻlsa, ichimlikka oʻsha dorixonaning hamkori va hisobchisi Frenk Robinson nom bergan. Aynan u ikkita “C” harfi jozibali koʻrinadi degan fikrga kelib, oʻsha zahotiyoq oʻz qoʻli bilan “Coca‑Cola” yozuvini qogʻozga muhrlagan.