Sprite

Bir shisha Sprite ichimligi

Sprite Limon-Laym

Alkogolsiz gazlangan salqin ichimlik.

Ozuqa
Servings Per Container
Kaloriya 14 kkal
Jami yogʻlar 0.0 g
Toʻyintirilgan yogʻlar 0.0 g
Jami uglevodlar 3.4 g
Jami shakar 3.4 g
Protein 0.0 g
Tuz 0.0 g

Ingridiyentlar

Suv, shakar, uglerod dioksidi, kislota rostlagichlari (limon kislotasi, natriy sitrati), shirinlashtirgichlar (kaliy atsesulfam, aspartam*), konservant (natriy benzoati), 'tabiiy xushbo'ylar.

*Tarkibida fenilalanin manbai mavjud.

Sprite

Sprite” – laym va limon taʼmli alkogolsiz gazlangan ichimlik. Avvaliga “Sprite” chanqoqni ajoyib darajada qondiruvchi limon taʼmli ichimlik sifatida taqdim etilgan. “Sprite” nomi Coca‑Cola kompaniyasining reklama tadbiri orqali auditoriyaga yoqib qolgan, 1940-yillarda mashhur boʻlgan kumushrang sochli elfning nomidan olingan.

Ichimlik birinchi marta 1961-yil oktyabr oyida ishlab chiqarilgan. Hozirda yangi ko’rinishdagi shaffof shisha idishli sevimli mahsulot uzoq yillar davomida chanqoqni qondirishning namunasi, ramzi va timsoli boʻlib kelmoqda.

1994-yilda “Sprite”ning yangi logotipi va “Sprite” bilan chambarchas bogʻlangan eng mashhur shior: “Imij hech narsa – chanqoq hamma narsa” shiori yaratilgan.

Bugungi kunda Sprite bu – ijodda faol boʻlgan, oʻz-oʻzini sogʻlom kinoyali tanqid qila oladigan, rivojlanishni va oʻzini namoyon etishni xohlaydigan kishilarga koʻproq yoqadigan ichimlik. AQShʼda Sprite asosan basketbol, hip-hop va graffitini oʻz ichiga olgan koʻcha madaniyati platformasini yaratgan.