“CHEKSIZ YOZ COCA-COLA BILAN”
PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1 Mazkur “CHEKSIZ YOZ COCA-COLA BILAN” promo-aksiyasini (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya”) o‘tkazish Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — “Qoidalar”) iste’molchilarning diqqatini qo‘shimcha tarzda jalb qilish, shuningdek, “COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON, LTD” XK MCHJ (Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 40-uy manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan; ma’lumot uchun telefon raqami: +998 55 517-51-14; elektron pochta manzili: coca-cola@cci.com.uz) (keyingi o‘rinlarda — “Kompaniya”) tomonidan ishlab chiqarilgan muayyan alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklar sotuvini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Aksiya Kompaniya va “BBK TASHKENT LIMITED” MCHJ (O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Ko‘hinur ko‘chasi, 1/1-uy manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan) (keyingi o‘rinlarda — “Hamkor”) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
1.2 Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54-bobiga muvofiq ommaviy tanlov hisoblanadi.
1.3 Kompaniya Aksiyani tashkillashtirish va o‘tkazish uchun shartnoma asosida uchinchi shaxs (yoki shaxslar)ni professional tashkilotchi (keyingi o‘rinlarda — “Tashkilotchi”) sifatida jalb qilish huquqiga ega.
1.4 Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Aksiyada ishtirok etuvchi Kompaniya mahsulotlari iste’molchilarini moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) tartibi va shartlarini belgilaydi.
1.5 Mazkur Qoidalarda moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) deganda mazkur Qoidalarda belgilangan sovrinlarni topshirish tushunilishi lozim.
1.6 Aksiya o‘yin, garov bog‘lash va (yoki) lotereya hisoblanmaydi, tavakkalchilik elementlaridan xoli, foyda yoki boshqa ko‘rinishdagi daromad olishni maqsad qilmaydi hamda mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.
1.7 Aksiyani o‘tkazish muddati:
(a) Aksiyaning boshlanish sanasi va vaqti: 2024-yil 15-iyun, Toshkent vaqti bilan 00:00;
(b) Aksiyaning tugallanish sanasi va vaqti: 2024-yil 31-oktyabr, Toshkent vaqti bilan 23:59.
1.8 Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchilar (Qoidalarda quyiroqda ko‘rsatib o‘tilgan) mazkur Qoidalarda bayon qilingan barcha shartlarga rozilik bildiradilar.
1.9 Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi va u avtomatik ravishda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish majburiyatini oladi.
1.10 Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
1.11 Aksiyani o‘tkazish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.
1.12 Aksiyani o‘tkazish muddati Kompaniya tashabbusi bilan uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilgan yoki qisqartirilgan taqdirda, ishtirokchilar Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda Kompaniyaning https://www.coca-cola.com/uz/uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilinadi.
1.13 Ishtirokchilar qoidalar matni bilan Kompaniyaning https://www.coca-cola.com/uz/uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida tanishishlari mumkin. U Kompaniya tomonidan Aksiya boshlanish sanasidan kechiktirmasdan joylanadi.
1.14 Qoidalar Aksiya boshlangan sanadan kuchga kiradi.
1.15 Qoidalar Kompaniya tomonidan Aksiyani o‘tkazish muddati davomida, biroq belgilangan Aksiya muddatining birinchi yarmidan kechiktirmasdan o‘zgartirilishi (yoki to‘ldirilishi) mumkin. Qoidalarni o‘zgartirish (yoki to‘ldirish) mazkur Qoidalar qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. O‘zgartirishlar (yoki to‘ldirishlar) Kompaniyaning https://www.coca-cola.com/uz/uz veb-sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida joylangan kundan kuchga kiradi.
1.16 Aksiya Ishtirokchisi Sovrinni olishdan bosh tortgan, Aksiya Ishtirokchisi tomonidan mazkur Qoidalarning talablari bajarilmagan yoki Sovrin Ishtirokchining aybi bilan belgilangan muddat va tartibda olinmagan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya G‘olibiga tegishli Sovrin Kompaniyada qoladi. Sovrinlar Aksiya G‘oliblari tomonidan qayta talab qilinishi mumkin emas, o‘rniga hech qanday pul ham to‘lanmaydi.
1.17 G‘oliblarga sovrinlarni topshirishda Hamkor O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda soliqlar (shu jumladan sovrin qiymatidan kelib chiqqan holda shaxsiy daromad solig‘i) va yig‘imlarni mustaqil ravishda o‘z hisobidan to‘laydi.
2. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
2.1 Aksiyada mazkur Qoidalarda belgilangan Aksiya shartlarini bajargan 14 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar (keyingi o‘rinlarda — “Ishtirokchi” yoki “Ishtirokchilar”) ishtirok etishi mumkin, quyida, 2.2-bandda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno.
2.2 Kompaniya/Hamkor xodimlari, shuningdek, Kompaniyaning/Hamkorning shu’ba, tobe korxonalari xodimlari va boshqa u bilan bog‘liq shaxslar hamda “The Coca‑Cola Company” kompaniyasi (shu jumladan uning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi), reklama agentliklari xodimlari, distribyutorlar va Tashkilotchilar Aksiyada ishtirok etishi mumkin emas. Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha mazkur cheklov ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan ota-onasi, qoni bir va o‘gay aka-uka, opa-singillar, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, shu jumladan asrab olingan farzandlari, bobo-buvilari, nabiralari, shuningdek, turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, qoni bir va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari) uchun ham amal qiladi. Agar Aksiyada ishtirok etayotgan shaxs ushbu cheklov unga tegishli ekanligini aniqlasa, bunday shaxs bu haqda Kompaniyani/Hamkorni yoki tashkilotchini darhol xabardor qilishi va (yoki) Aksiyadagi keyingi ishtirokini to‘xtatishi shart. Shaxsning ushbu cheklovga qaramasdan aksiyada ishtirok etish faktini yashirishi va uni davom ettirishi Qoidalarning buzilishi hisoblanadi va bu mazkur shaxsning diskvalifikatsiyasiga olib keladi. Ushbu cheklovni buzgan ishtirokchi avtomatik ravishda Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi. Mazkur cheklovning buzilishi aniqlangan taqdirda, Kompaniya/Hamkor sovrinni bunday shaxsga topshirishdan bosh tortishga haqli va agar sovrin topshirilgan bo‘lsa, Kompaniya/Hamkor bunday shaxsdan sovrinni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
2.3 Aksiya ishtirokchisi mustaqil ravishda mazkur Qoidalar bilan to‘liq tanishishi va Kompaniyaning https://www.coca-cola.com/uz/uz veb-sayti hamda https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botida joylashtirilgan shartlariga rioya qilishi shart. Aksiya ishtirokchisi shaxsan o‘zining nomidan, ixtiyoriy ravishda va mustaqil harakat qiladi, shartlarni, o‘z harakatlarining oqibatlarini va mazkur Qoidalarda belgilangan tegishli qoidalarni aniq idrok etadi.
2.4 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi mazkur Qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi, shuningdek, quyidagilar uchun ham rozilik beradi (va qo‘shimcha ravishda shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish hamda qayta ishlash uchun tegishli yozma rozilikni Tashkilotchi yoki Kompaniyaning/Hamkorning so‘roviga ko‘ra darhol taqdim etishga tayyor):
a) aksiyada ishtirok etish munosabati bilan reklama intervyularida, shu jumladan radio va televideniye, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish (shu jumladan Internet, ijtimoiy tarmoqlar);
b) Kompaniya/Hamkor ko‘rsatmasi bo‘yicha Kompaniya/Hamkor, Aksiya operatori (yoki Tashkilotchisi) va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan Ishtirokchini foto- va videotasvirga olish;
c) Ishtirokchining foto- va videotasvirlaridan reklama maqsadlarida (ishtirokchidan bunday foydalanish uchun qo‘shimcha rozilik olish zaruratisiz va bunday foydalanish uchun Ishtirokchiga hech qanday haq to‘lamasdan), shu jumladan ommaviy axborot vositalarida (radio, televideniye, Internet) foydalanish, shuningdek, Ishtirokchining bunday foto- va videotasvirlaridan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga topshirish.
2.5 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar Kompaniya/Hamkor/Tashkilotchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni vakolatli organlarga topshirishga o‘z roziligini bildiradilar.
3. SOVRINLAR TOIFALARI
3.1 Aksiya o‘tkazishni tashkillashtirish bilan bog‘liq xarajatlar Kompaniya va Hamkorning shaxsiy pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mazkur aksiya doirasida Hamkorning shaxsiy pul mablag‘lari hisobidan quyidagi Sovrinlar o‘ynaladi:
Sovrinlar toifasi | Sovrinlar toifasidagi o‘ynaladigan sovrinlarning maksimal miqdori (keyingi o‘rinlarda — Sovrin/Sovrinlar) |
---|---|
VIVO smartfonlari (V30, Y17S modellari) (keyingi o‘rinlarda — “Birinchi Toifa”) | Jami quyidagi modeldagi 450 (to‘rt yuz ellik) dona smartfon: • V30 — 30 dona |
Mazkur aksiya doirasida Kompaniyaning shaxsiy pul mablag‘lari hisobidan quyidagi Sovrinlar o‘ynaladi:
Sovrinlar toifasi | Sovrinlar toifasidagi o‘ynaladigan sovrinlarning maksimal miqdori (keyingi o‘rinlarda — Sovrin/Sovrinlar) |
---|---|
Kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan quyidagi mahsulotlar to‘plami: Bir blok (12 dona) “Coca‑Cola Zero Sugar” yoki “Fanta” yoki “Sprite PET formatda (plastik idishda) 0,5 l (keyingi o‘rinlarda — “Ikkinchi Toifa”) | 16 500 (O'n olti ming besh yuz) dona to‘plam |
Brend futbolkasi (keyingi o‘rinlarda — “Uchinchi Toifa”) | 73 000 (Yetmish uch ming) dona |
3.2 Sovrinlar miqdori cheklangan. Sovrinli o‘yinning birorta Sovrini hech qanday holatda uning qiymatidagi pul ekvivalentiga almashtirilishi mumkin emas.
3.3 Reklama materiallaridagi Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, rangi, o‘lchami va boshqa xususiyatlari faqat illyustratsiya uchun qo‘llanadi.
3.4 Aksiyaning o‘tkazilish davrida Sovrinlarning sifati va miqdori bo‘yicha shikoyatlar kelib chiqqan taqdirda, ishonch telefoni orqali murojaat qilish kerak: +998 55 517-51-14 (9:00-22:00).
3.5 Kompaniya Birinchi toifadagi Sovrinlarning sifati uchun javobgar emas. Aksiya muddati yakunida Birinchi toifadagi sovrinlarda nuqsonlar aniqlangan taqdirda, G‘olib sovrinni qabul qilgan va qabul qilish dalolatnomasini imzolagan vaqtdan 10 (o‘n) ish kuni davomida Hamkorning servis markazlariga (manzillar Hamkorning rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan: https://www.vivo.com/uz) murojaat qilishi yoki +998 55 517-51-14 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishi lozim. Hamkor sovrinning G‘olibga topshirilgandan keyin G‘olibning smartfonlar uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzganligi yoki uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari yoki fors-major holatlari tufayli kelib chiqqan nuqsonlari uchun javobgar emas.
4. AKSIYANI O‘TKAZISH VA UNDA ISHTIROK ETISH MEXANIKASI
4.1 Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya muddati davomida Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan hajmi 0,5 litr bo‘lgan sariq qopqoqli plastik idishlardagi (PET) alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklarning quyidagi turlarini o‘z ichiga oluvchi Aksiya Mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda — “Aksiya Mahsulotlari”) quyidagi 4.3-bandga muvofiq xarid qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi:
(a) “Coca‑Cola Classic”;
(b) “Coca‑Cola Zero Sugar”;
(c) “Fanta Apelsin”;
(d) “Sprite”,
yoki sariq qopqoqli shisha idishdagi (RGB) hajmi 0,25 litr bo‘lgan:
(a) “Coca‑Cola Classic”;
(b) “Fanta Apelsin”
(c) “Sprite”.
4.2 Har bir Aksiya Mahsulotining qopqog‘i ostida turli raqamlar va lotin harflarining kombinatsiyasidan iborat unikal kod (keyingi o‘rinlarda — “Kod”) bo‘ladi. Unikal koddagi belgilarning umumiy soni plastik idishlar qopqoqlari ostida 10 (o‘n) element va shisha idishlar qopqoqlari ostida 9 (to‘qqiz) elementdan iborat.
4.3 Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi lozim:
4.3.1 Aksiya Mahsuloti yorlig‘idagi joylangan QR-kodni skanerlash yoki boshqa istalgan usul yordamida Aksiyaning https://t.me/chegirmarketbot Telegram-botiga (keyingi o‘rinlarda — “Bot”) kirish;
4.3.2 Botdagi “Start” tugmasini bosib, kerakli tilni tanlash, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Qoidalari va Kelishuv bilan tanishish va ularga rozi bo‘lsa, mobil telefon raqamini kiritib, Sovrinni qabul qilish joyini (g‘olib bo‘lgan taqdirida) tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishni davom ettirish;
4.3.3 “Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish” tugmasini bosib, veb-ilovaga o‘tish;
4.3.4 Kodni kiritish va “Yuborish” tugmasini bosish;
4.3.5 Bot tomonidan kodning toʻgʻriligi tasdiqlanganidan soʻng Ishtirokchiga V30 smartfonlari sovrinli oʻyinida ishtirok etish uchun Kodning roʻyxatdan oʻtganligi tasdiqlanadi, shuningdek, agar Kod yutuqli boʻlsa, u holda V17S smartfonlarini yoki Ikkinchi yoki Uchinchi toifadagi Sovrinni yutib olganligi (Botda tasodifiy raqamlar generatori (randomayzer) orqali aniqlanadi) haqida ma’lumot oladi. Yutuqlar haqidagi ma’lumotlar Botda vaucher shaklida QR-kod bilan keladi.
4.3.6 Botda notoʻgʻri kodlarni roʻyxatdan oʻtkazishga urinishlarning kunlik cheklovi 10 urinishni tashkil etadi.
4.3.7 Aksiya ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslar o‘rtasida Kodlarni topshirish taqiqlanadi. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyani o‘tkazish jarayoniga aloqador Tashkilotchi/Kompaniya va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan bloklanadi.
4.3.8 Aksiya Ishtirokchisi tomonidan shubhali harakatlar aniqlangan taqdirda, Kompaniya yoki Tashkilotchi hech qanday tushuntirishsiz uning Aksiyadagi ishtirokini bloklashga haqli.
4.3.9 Kompaniya/Tashkilotchi Botda avval ro‘yxatdan o‘tgan Kod(lar)ni qabul qilmaydi, bir Koddan Aksiya doirasida faqat 1 (bir) marta foydalanish mumkin.
5. AKSIYA G‘OLIBLARIGA SOVRINLAR BERISH TARTIBI VA MUDDATI
5.1 Birinchi toifa sovrinini o‘ynash tartibi:
5.1.1 VIVO V30 smartfonlari (30 dona) har oy o‘tkaziladigan sovrinli o‘yin doirasida 3 oy davomida bir oyda bir marta 10 donadan quyidagi tartibda o‘ynaladi:
i. Sovrinli o‘yin 4.3-banddagi shartlarni bajargan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;
ii. V30 smartfonlari sovrinli o‘yini quyidagi parklarda bo‘lib o‘tadi va @cocacola_uzbekistan Instagram sahifasi orqali jonli efirda namoyish etiladi:
· birinchi sovrinli o‘yin:
— 2024-yil 14-iyul kuni (18:00–19:30) Afsona Park’da (Namangan) 15-iyun 00:00 dan 13-iyul 23:59 gacha muddat ichida kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan ishtirokchilar o‘rtasida;
— 2024-yil 14-iyul kuni (20:00–21:30) Tashkent City Park’da (Toshkent) 15-iyun 00:00 dan 13-iyul 23:59 gacha muddat ichida kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;
· ikkinchi sovrinli o‘yin — 2024-yil 17-avgust kuni Family Park’da (Samarqand) 14-iyul 00:00 dan 16-avgust 23:59 gacha muddat ichida kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;
· uchinchi sovrinli o‘yin — 2024-yil 15-sentyabr kuni Tashkent City’da (Toshkent) 17-avgust 00:00 dan 14-sentyabr 23:59 gacha muddat ichida kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.
iii. Har bir Kod sovrinli o‘yinda faqat bir marta ishtirok etadi.
iv. Sovrinli o‘yin va g‘oliblarni aniqlash Tashkilotchi/Kompaniya/Hamkor vakillaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida quyidagi havola bo‘yicha tasodifiy raqamlar generatoridan foydalangan holda amalga oshiriladi: https://randomus.ru/, ushbu generator ro‘yxatdan o‘tgan kodlar orasidan g‘olib kodlarni aniqlab beradi. Sovrinli o‘yin davomida https://randomus.ru saytini ishga tushirishning texnik jihatdan imkoni bo‘lmasa, Tashkilotchi boshqa tasodifiy sonlar generatoridan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
v. Jonli efir davomida Aksiya Tashkilotchisi bir Sovrinning 10 nafar asosiy va 3 (uch) nafar zaxiradagi g‘olibini aniqlaydi. Jonli efir vaqtida Tashkilotchi sovrinli o‘yin natijalarini G‘olibga yetkazish maqsadida efirda ularning telefon raqamlarini oshkor qilmasdan, asosiy G‘oliblarga (birinchi 10 nafarga tartib bilan) qo‘ng‘iroq qiladi. Bunda telefon qo‘ng‘irog‘iga efir orqali javob bergan shaxs yoki telefon raqam egasidan qat’iy nazar, ko‘rsatilgan telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan Aksiya Ishtirokchisi o‘yin G‘olibi hisoblanadi. Agar G‘olib jonli efir vaqtida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, Tashkilotchi vakillari 2 (ikki) ish kuni qichida (kuniga 2 marta) qo‘ng‘iroq qilishni davom ettiradilar.
vi. Agar Tashkilotchi sovrinli o‘yin o‘tkazilgandan keyin 2 (ikki) ish kuni ichida bir yoki bir qancha asosiy G‘olibga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasa, Tashkilotchi keyingi 2 (ikki) ish kuni ichida navbatdagi zaxira G‘oliblarga qo‘ng‘iroq qiladi. G‘oliblarga qo‘ng‘iroq qilish natijalariga ko‘ra tan olingan G‘oliblar sonidan qat‘iy nazar, sovrinli o‘yin yakunlangan hisoblanadi, shu jumladan g‘oliblar miqdori e’lon qilingan sovrinlar sonidan kam bo‘lgan hollarda ham.
vii. G‘olibning sovrinli o‘yin davrida e‘lon qilinish fakti Sovrinni olishning so‘zsiz kafolati bo‘lmaydi.
viii. Aksiya kompaniyasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Aksiya g‘olibi bilan ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali bog‘lanishning imkonsizligi Kompaniyani Sovrinni topshirmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qiladi.
5.1.2 Y17S smartfonlari sovrinli oʻyini 4.3-bandga muvofiq Aksiyaning to‘liq muddati davomida avtomatik ravishda Botda tasodifiy raqamlar generatori (randomayzer) yordamida oʻtkaziladi. Tashkilotchi xodimlari 5 kun ichida g‘olib bilan bog‘lanib, sovrinni olish shartlari haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, gʻoliblar kerakli ma’lumotlarni olish uchun mustaqil ravishda Tashkilotchining aloqa markaziga murojaat qilishlari mumkin.
5.1.3 Aksiyaning har bir ishtirokchisi Aksiya davomida faqat bir dona Y17S modelidagi smartfon va bir dona V30 modelidagi smartfon yutib olishi mumkin. Bir smartfon modeli ikki yoki undan ortiq marta yutib olingan taqdirda, yutuq bekor qilinadi. Agar ishtirokchi oldingi o‘yinlarda Y17S/V30 modelidagi bir dona smartfon yoki ikki xil modeldagi smartfonlardan bittadan yutib olgan va ularni olgan bo‘lsa, uning yutug‘i Kompaniya/Hamkor tomonidan ushbu Toifadagi sovrinni takroran yutib olganligi sababli bekor qilinishi mumkin.
5.2 Ikkinchi va Uchinchi Toifadagi sovrinlarni o‘ynash tartibi:
5.2.1 Ikkinchi va Uchinchi Toifadagi sovrinlar oʻyini 4.3-bandga muvofiq Aksiya muddati davomida Botda avtomatik ravishda tasodifiy raqamlar generatori (randomayzer) yordamida oʻtkaziladi.
5.2.2 Ikkinchi va Uchinchi Toifadagi sovrinlar bo‘yicha bir Ishtirokchi uchun sovrinlar soni cheklanmagan, lekin ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshmasligi kerak. Shuningdek, ushbu Toifalar boyicha G‘olib Birinchi Toifadagi Sovrinlar o‘yinida ishtirok etishi mumkin.
5.3 Sovrinlarni olish tartibi:
5.3.1 Birinchi Toifadagi Sovrinlar Hamkorning ushbu Qoidalarning 2-ilovasida ko‘rsatilgan manzillarda joylashgan topshirish punktlarida beriladi.
5.3.2 Birinchi Toifadagi Sovrinni olish uchun G‘olib Hamkorga quyidagilarni taqdim etishi lozim:
(a) shaxsini tasdiqlovchi hujjat (va uning nusxasi);
(b) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
(c) Botda telefon raqamining roʻyxatdan oʻtganligini haqidagi tasdiq;
(d) agar G‘olib chet el fuqarosi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan rezidentligini tasdiqlovchi hujjat;
(e) shuningdek, Hamkor tomondan so‘raladigan boshqa hujjatlar.
5.3.3 Hamkor smartfonlarni G‘olib tomonidan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida ushbu Qoidalarning 5.3.2-bandiga muvofiq topshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.3.4 15.09.2024 sanasidan keyin Y17S modelidagi smartfonni yutib olgan Aksiya ishtirokchilari o‘z sovrinlarini SELLO buyurtmalarni topshirish punktlaridan olishlari mumkin bo‘ladi.
5.3.5 Ikkinchi va Uchinchi Toifadagi Sovrinlarni olish uchun G‘olib ushbu Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq Sovrinlarni topshirish punktlaridan biriga shaxsan borib, Botda generatsiya qilingan va unga yuborilgan QR-kodni taqdim etishi kerak. QR-kodni faqat Ishtirokchi Botda ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan hududda taqdim etish mumkin.
5.3.6 Uchinchi Toifadagi Sovrinni olish G‘olib tomonidan brend futbolkasining o‘lchamini tanlash imkoniyatini koְ‘zda tutmaydi.
5.3.7 Ikknchi va Uchinchi Toifadagi Sovrinlar G‘oliblar tomonidan Botda QR-kod olganlaridan keyin 5 (besh) kalendar kun ichida olinishi mumkin.
5.3.8 Birinchi Toifa Sovrinlarini olish uchun murojaat qilish va hujjatlarning toʻliq paketini taqdim etishning oxirgi muddati — 2024-yil 30-noyabr.
6. “THE COCA-COLA COMPANY” (TCCC) SAVDO BELGILARI
6.1 Mazkur Qoidalarning hech bir bandi ishtirokchiga TCCC savdo belgilariga egalik qilish yoki undan foyda olish huquqining berilishi sifatida tushunilmasligi kerak. Ushbu Qoidalarning shartlari ham, Aksiyada ishtirok etish ham Ishtirokchiga (TCCC’ning yozma ruxsatisiz) TCCC nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan marketing yoki reklama maqsadlarida yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki nomini ko‘rsatib o‘tish huquqini bermaydi. Ishtirokchi TCCC savdo belgilarining haqiqiyligini yoki TCCC egalik huquqini tan oladi va hech qachon shubha ostiga qo‘ymaydi.
6.2 Ishtirokchi tomonidan TCCC savdo belgilariga bo‘lgan huquqlarga rioya qilish shartlari buzilgan taqdirda, Kompaniya bunday qoidabuzarlik natijasida Kompaniya va/yoki TCCC ko‘rgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega, Ishtirokchi esa Kompaniyaning birinchi talabi bo‘yicha barcha zararlarni qoplashni o‘z zimmasiga oladi.
6.3 Mazkur 6-bo‘lim Aksiya muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.
7. YAKUNIY QOIDALAR
7.1 Iste’molchilarni Aksiya shartlari to‘g‘risida xabardor qilish tegishli ma’lumotlarni Kompaniya veb-saytida, Botda va Aksiya mahsulotlarning yorliqlarida (ko‘chirmalarda) joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
7.2 Aksiya bo‘yicha barcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998 55 517-51-14.
7.3 Kompaniya sovrinlar g‘oliblarga topshirilgandan keyin ulardan foydalanish, shuningdek, g‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlardan foydalana olmasliklari uchun javobgar emas. Aksiya sovrinlarining sifati uchun ularning ishlab chiqaruvchisi javobgar.
7.4 Kompaniya Sovrinli o‘yin Ishtirokchilarining Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: qo‘llab-quvvatlash bo‘limi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlar, saytga kirish, Kompaniyaga yoki Tashkilotchi manziliga borish uchun sarflangan transport xarajatlari va sovrinlar va/yoki xarajatlarni olish maqsadida turar joy uchun sarflagan har qanday xarajatlari uchun javobgar emas. Kompaniyaga yoki Tashkilotchi punktiga borish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar uchun javobgar emas.
7.5 Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
· Ishtirokchilarning aybi bilan yoki Ishtirokchilar va/yoki Kompaniya irodasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning/hujjatlarning qabul/o‘z vaqtida qabul qilinmaganligi;
· ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan talablarning bajarilmaganligi/o‘z vaqtida bajarilmaganligi;
· aksiya G‘oliblari Sovrinlarni talab qilib olmagan yoki rad etgan taqdirda, ularni olmaganligi;
· aksiya G‘oliblarining Sovrinlarni Hamkorning shaxsiy mablag‘lari hisobidan olmaganligi, ularni olishdan bosh tortganligi yoki Hamkorning aybi bilan olmaganligi;
· uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara olmaganligi;
7.6 Kompaniya fors-major holatlari, jumladan va istisnosiz tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, blokadalar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilishi, shuningdek, yuzaga kelishi Kompaniyaning irodasi va nazoratiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa yengib bo‘lmas kuch holatlari sodir bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilar va boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar emas.
7.7 Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan e’tiboran 60 (oltmish) kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
AKSIYADA ISHTIROK ETISH ORQALI BARCHA ISHTIROKCHILAR USHBU RASMIY QOIDALAR MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANLIKLARINI VA HECH QANDAY CHEKLOV VA ISTISNOLARSIZ RASMIY QOIDALARNING SHARTLARIGA SO‘ZSIZ ROZILIKLARINI AVTOMATIK RAVISHDA TASDIQLAYDILAR.
“CHEKSIZ YOZ COCA-COLA BILAN”
PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARIGA
1-ILOVA
Ikkinchi va Uchinchi Toifadagi Sovrinlarni topshirish punktlari:
Viloyat | Shahar | Yuridik manzil | Ish vaqti | |
1 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yashnobod tum., Farg‘ona yo‘li ko‘ch., 7-berk ko‘cha | 09:30 – 20:00 |
2 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘ch., 62–22-uy | 09:30 – 20:30 |
3 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Chilonzor tum. 24-daha, Bunyodkor ko‘ch., 2A-uy | 09:30 – 20:30 |
4 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Shayxontohur tum., Beruniy ko‘ch., 12-uy | 09:30 – 20:30 |
5 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yunusobod tum., Amir Temur va Chinobod ko‘ch., 8-uy, 1-xonadon | 09:30 – 20:30 |
6 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Sergeli tum., Sergeli dahasi 8A-uy, 1-xonadon | 09:30 – 20:30 |
7 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Shayxontohur tum., Navoiy ko‘ch., 69-B uy | 09:30 – 20:30 |
8 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yashnobod tum., Aviasozlar 3 mavzesi, 45-uy, 50-xonadon | 09:30 – 20:30 |
9 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Chilonzor tum., 12-daha, Lutfiy ko‘ch., 21-A uy | 09:30 – 20:30 |
10 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirobod tum., Turkiston ko‘ch., 12-uy | 09:30 – 20:30 |
11 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirobod tum., Yangi Qo‘yliq ko‘ch., 16B-uy | 09:30 – 20:30 |
12 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tum., Qorasu 1-dahasi, 29-uy, 17-xonadon | 09:30 – 20:30 |
13 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Qizil Sharq dahasi, So‘galli ota ko‘ch., 25-uy, 46-xonadon | 09:30 – 20:30 |
14 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Olmazor tum., Tansiqboyev ko‘ch | 09:30 – 20:30 |
15 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yunusobod tum., Yunus ota ko‘ch., savdo-maishiy majmuasi | 09:30 – 20:30 |
16 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Qorasaroy ko‘ch., 6-uy | |
17 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yuzrabod (Белоножка) ko‘ch., 1-uy | |
18 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yalang‘och dahasi, 67-uy, 26-xonadon | 09:30 – 20:30 |
19 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Parkent ko‘ch., 7-berk ko‘cha, 2-uy | 09:30 – 20:30 |
20 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirobod tum., Buyuk Turon ko‘ch., 73-uy | 09:30 – 20:30 |
21 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tum., Oqqo‘rg‘on ko‘ch | 09:30 – 20:30 |
22 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh. Chilonzor tum. 6-mavze, 20-uy, 14-xonadon | 09:30 – 20:30 |
23 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh. Uchtepa tum. 11-mavze, 43-uy 11-xonadon | 09:30 – 20:30 |
24 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yashnobod tum., Sandiqli ko‘ch. | 09:30 – 20:30 |
25 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yashnobod tum., Tuzel 2-dahasi, Vatandosh MFY | 09:30 – 20:30 |
26 | Toshkent | Toshkent | Toshkent, Sergeli tum., So‘g‘diyona mahallasi | 09:30 – 20:30 |
27 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Uchtepa tum. Chilonzor dahasi 26-mavze, 24-uy | 09:30 – 20:30 |
28 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Yunusobod tum., Yunusobod dahasi 11-mavze, 16-uy | 09:30 – 20:30 |
29 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Shota Rustaveli ko‘ch., 55-uy | 09:30 – 20:30 |
30 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Sergeli tum., Sergeli dahasi 7G-38, 3-uy | 09:30 – 20:30 |
31 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Muqimiy 1-tor ko‘chasi, 25-uy | 09:30 – 20:30 |
32 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Shayxontohur tum., Labzak dahasi, 32-uy | 09:30 – 20:30 |
33 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Zarqaynar ko‘ch., 2-uy | 09:30 – 20:30 |
34 | Toshkent | Toshkent | Toshkent sh., Olmazor t., Sebzor (M17/18) dahasi, 1-uy, | 09:30 – 20:30 |
35 | Toshkent viloyati | Toshkent vil., Chirchiq sh | Toshkent vil., Chirchiq sh., Navro‘z MFY 36-mahalla, Zakovat ko‘ch. “Ishonch” do‘koni ichida | 09:30 – 20:30 |
36 | Toshkent viloyati | Toshkent vil., Olmaliq sh. | Toshkent vil., Olmaliq sh., Amir Temur ko‘ch., 41-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
37 | Toshkent viloyati | Toshkent vil., Yangiyo‘l sh. | Toshkent vil., Yangiyo‘l sh., Samarqand ko‘ch., 215-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
38 | Toshkent viloyati | Toshkent vil., Qibray tumani | Toshkent vil., Qibray sh., Zebiniso ko‘ch., 18-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
39 | Sirdaryo viloyati | Guliston | Sirdaryo viloyati, Guliston sh., O‘zbekiston ko‘ch. “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
40 | Jizzax viloyati | Jizzax | Jizzax viloyati, Jizzax sh., Sayiljoyi MFY, Sh. Rashidov ko‘ch. “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
41 | Samarqand viloyati | Samarqand | Samarqand sh., Narpay ko‘ch., 85A-uy, yoqilg‘i quyish shoxobchasi ro‘pparasida | 09:00 – 19:00 |
42 | Samarqand viloyati | Samarqand | Samarqand sh., A.Temur ko‘ch., 152-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
43 | Farg‘ona viloyati | Qo‘qon | Farg‘ona vil., Qo‘qon sh., Turkiston ko‘ch., 2E-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
44 | Farg‘ona viloyati | Quva | Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Ahmad Yassaviy ko‘ch., 58-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
45 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona | Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 3A-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
46 | Farg‘ona viloyati | Bog‘dod | Farg‘ona viloyati, Bog‘dod shahri, Qo‘shchinor ko‘chasi, 22-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
47 | Farg‘ona viloyati | Quva | Farg‘ona viloyati, Quva shahri, Quvasoy ko‘chasi, 79-uy | 09:00 – 19:00 |
48 | Namangan viloyati | Namangan | Namangan viloyati, Namangan shahri, G‘alaba ko‘chasi, 1-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
49 | Namangan viloyati | Chust | Namangan viloyati, Chust tumani, Chustiy ko‘chasi, 95-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
50 | Namangan viloyati | Yangiqo‘rg‘on | Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, Beshbuloq MFY, Namangan ko‘chasi, 5-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
51 | Namangan viloyati | Namangan | Namangan viloyati, Davlatobod tumani 6-kichik nohiya, G‘alaba ko‘chasi, 58-uy | 09:00 – 19:00 |
52 | Andijon viloyati | Andijon | Andijon viloyati, Andijon shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 7B-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
53 | Andijon viloyati | Asaka | Andijon viloyati, Asaka shahri, Marg‘ilon ko‘chasi, 7-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
54 | Andijon viloyati | Marhamat tumani | Andijon viloyati, Marhamat tumani, Navro‘z MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 141-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
55 | Andijon viloyati | Jalaquduq | Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Ohunboboyev shahri, Navoiy ko‘chasi, 8-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
56 | Andijon viloyati | Andijon | Andijon viloyati, Andijon shahri, Mustaqillik shohko‘chasi, 85-uy | 09:00 – 19:00 |
57 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi | Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Xo‘ja Hiyol MFY, Qarlug‘bog‘ot ko‘chasi, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
58 | Buxoro viloyati | Buxoro | Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 10/1, NBU banki filiali yonida | 09:00 – 19:00 |
59 | Buxoro viloyati | Buxoro | Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Xavzi Nav ko‘chasi, 21-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
60 | Navoiy viloyati | Navoiy | Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 7-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
61 | Navoiy viloyati | Zarafshon | Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, Markaziy bozor ko‘chasi“Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
62 | Xorazm viloyati | Urganch | Xorazm viloyati, Urganch shahri, Fayozov ko‘chasi, 1A-uy, “Ishonch” do‘koni ichida | 09:00 – 19:00 |
63 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Sobir Kamalov ko‘chasi, 22/26 | 09:00 – 19:00 |
64 | Mazkur Ilovada nazarda tutilmagan hududlar | G‘olib sovrinni topshirish punkti mavjud bo‘lgan eng yaqin shaharga kelishi kerak |
SELLO marketpleysi topshirish punktlarining joylashuvi haqida batafsil ma’lumotni https://sello.uz rasmiy veb-saytidan olish mumkin.
“CHEKSIZ YOZ COCA-COLA BILAN”
PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARIGA
2-ILOVA
Birinchi Toifadagi Sovrinlarni topshirish punktlari:
| Viloyat | Shahar | Yuridik manzil |
1 | Toshkent | Toshkent | Toshken shahri, Shayxontohur tum., KHAY 57, “Merkato” SM |
2 | Toshkent viloyati | Chirchiq | Chirchiq shahri, 10-mukrotuman, Nigora Shohona Lazzat ko‘chasi, 27-uy |
3 | Toshkent viloyati | Olmaliq | +998 55 503–20 – 20 raqami orqali bog‘lanish kerak |
4 | Toshkent viloyati | Yangiyo‘l | +998 55 503–20 – 20 raqami orqali bog‘lanish kerak |
5 | Sirdaryo viloyati | Guliston | Guliston shahri, 1-mavze, Xondamir ko‘chasi, 1-uy |
6 | Jizzax viloyati | Jizzax | Jizzax shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, “Zebo” SM |
7 | Samarqand viloyati | Samarqand | Samarqand shahri, Mirzoulug‘bek ko‘chasi, 134-uy |
8 | Farg‘ona viloyati | Qo‘qon | Qo‘qon shahri, Istiqlol ko‘chasi, 28-uy |
9 | Farg‘ona viloyati | Bog‘dod | Bog‘dod shahri, O‘zbekiston MFY, Olmazor ko‘chasi, 11-uy |
10 | Farg‘ona viloyati | Quva | Farg‘ona shahri, Axmad Yassaviy ko‘chasi, 58-uy |
11 | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona | Farg‘ona shahri, Ma’rifat ko‘chasi, 43-uy |
12 | Namangan viloyati | Namangan | Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1A-uy |
13 | Namangan viloyati | Chust | Chust shahri, Chust tumani, Chustiy ko‘chasi |
14 | Namangan viloyati | Yangiqo‘rg‘on | Yangiqo‘rg‘on shahri, Yangiqo‘rg‘on tumani, Yangi Beshbuloq MFY, Namangan ko‘chasi, 5-uy |
15 | Andijon viloyati | Andijon | Andijon shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 7B-uy |
16 | Andijon viloyati | Asaka | Asaka shahri, Marg‘iloniy ko‘chasi, 7-uy |
17 | Andijon viloyati | Marhamat | Marhamat tumani, Navro‘z MFY, Mustaqillik ko‘chasi |
18 | Andijon viloyati | Jalaquduq | Jalaquduq tumani, Bozorboshi MFY, Navoiy ko‘chasi |
19 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi | Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 47-uy, “Bahor” SM |
20 | Buxoro viloyati | Buxoro | Buxoro shahri, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 20/1 |
21 | Navoiy viloyati | Navoiy | Navoiy shahri, G‘alaba shohko‘chasi, 17-uy |
22 | Navoiy viloyati | Zarafshon | +998 55 503–20 – 20 raqami orqali bog‘lanish kerak |
23 | Xorazm viloyati | Urganch | Urganch shahri, Yog‘du ko‘chasi, 9-uy, 16-xonadon |
24 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | Nukus | Nukus shahri, O‘zbekiston shohko‘chasi, 74/2 |
| Mazkur Ilovada nazarda tutilmagan hududlar |
| Sovrinlar Hamkorning Vakillari tomonidan yetkazilib beriladi. Buning uchun quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanish kerak bo‘ladi: +998 55 503–20 –20 |