O’zgartirish kiritildi 6. 07.12.2023

«COCA-COLA SOVG‘ALARI BILAN BIRGA YANGI YIL MO‘JIZASI»
PROMO-AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI 

 

 

1 UMUMIY QOIDALAR

1.1 Mazkur «COCA-COLA SOVG‘ALARI BILAN BIRGA YANGI YIL MO‘JIZASI» promo-aksiyasini (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) o‘tkazish Qoidalari (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “Qoidalar”) iste’molchilarning diqqatini qo‘shimcha tarzda jalb qilish, shuningdek «COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON, LTD» XK MCHJ (ro‘yxatdan o‘tkazilgan manzili: Toshkent shahri, Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasi, 40, ma’lumot uchun telefon raqami: (+998) 78-888-55-80, elektron pochta manzili: coca-cola@cci.com.uz) (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “Kompaniya”) tomonidan ishlab chiqarilgan ma’lum bir alkogolsiz shirin-gazlangan ichimliklarning sotuvini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan

1.2 Aksiya O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 54 bobiga muvofiq ommaviy tanlov hisoblanadi.

1.3 Kompaniya Aksiyani tashkillashtirish va o‘tkazish uchun shartnoma asosida uchinchi shaxs (yoki shaxslar)ni professional tashkilotchi (matnda bundan keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”) sifatida jalb qilish huquqiga ega.

1.4 Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Kompaniya mahsulotlarining Aksiyada ishtirok etuvchi iste’molchilarini moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) tartibi va shartlarini belgilab beradi.

1.5 Mazkur Qoidalarda moddiy rag‘batlantirish (mukofotlash) deganda mazkur Qoidalarda belgilab berilgan sovg‘alarni berish tushunilishi lozim.

1.6 Aksiya o‘yin, garov boylash va (yoki) lotoreya hisoblanmaydi, tavakkalchilik elementlaridan xoli, foyda yoki boshqacha daromad olishni maqsad qilmaydi hamda mazkur Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi.

1.7 Aksiyani o‘tkazish muddati:

(a) Aksiyaning boshlanish sanasi va vaqti: 2023 yil 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:01;

(b) Aksiyaning tugallanish sanasi va vaqti: 2024 yil 31 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:59;

1.8 Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchilar (Qoidalarda quyida ko‘rsatib o‘tilgan) mazkur Qoidalarda bayon qilingan barcha shartlarga rozilik bildiradilar.

1.9 Kodni ro‘yxatdan o‘tkaza turib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi, va u avtomatik ravishda mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilish majburiyatini o‘z bo‘yniga oladi.

1.10 Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

1.11 Aksiyani o‘tkazish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.

1.12 Aksiyani o‘tkazish muddati Kompaniya tashabbusi bilan uzaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin. Aksiyaning muddati uzaytirilgan yoki qisqartirilgan taqdirda ishtirokchilar qo‘shimcha ravishda Kompaniya tomonidan Kompaniyaning www.coca-cola.com/uz/uz/legal/ny-promo-2023 veb sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida, shuningdek kerak bo‘lgan hollarda Kompaniya ixtiyoriga ko‘ra O‘zbekistondagi boshqa ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan xabardor qilinadilar. 

1.13 Qoidalarning matni Kompaniya tomonidan Aksiya boshlanish sanasidan kechiktirilmagan holda Kompaniyaning www.coca-cola.com/uz/uz/legal/ny-promo-2023 veb sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida e’lon qilinganidan keyin tanishib chiqishlari mumkin. 

1.14 Qoidalar Aksiyaning boshlanish sanasidan boshlab kuchga kiradi.

1.15 Qoidalar Aksiyani o‘tkazish muddati davomida, biroq Aksiyaning belgilangan muddatining birinchi yarmidan kechiktirilmagan holda Kompaniya tomonidan o‘zgartirilishi (yoki ularga qo‘shimcha kiritilishi) mumkin. Qoidalarni o‘zgartirish (yoki qo‘shimcha qilish) mazkur Qoidalar qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi. O‘zgartirish (yoki qo‘shimchalar) Kompaniyaning www.coca-cola.com/uz/uz/legal/ny-promo-2023 veb sayti yoki https://t.me/chegirmarketbot Telegram botida e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 

1.16 Aksiya Ishtirokchisi Sovg‘ani olishdan bosh tortgan, Aksiya Ishtirokchisi tomonidan mazkur Qoidalarning talablari bajarilmagan yoki u tomonidan Sovg‘a Ishtirokchining aybi bilan belgilangan muddatda va belgilangan tartibda olinmay qolgan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi Sovg‘ani olish huquqidan mahrum bo‘ladi, va Aksiya G‘olibiga mo‘ljallangan Sovg‘a Kompaniyada qoladi. Sovg‘alar Aksiya G‘oliblari tomonidan takroriy talab qilinishi mumkin emas, ularga hech qanday pulli tovon to‘lanmaydi.

1.17 Iste’molchida Sovg‘ani olish bilan bog‘liq vujudga keladigan barcha soliq majburiyatlari Kompaniya tomonidan tegishli soliq qiymatini O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining tegishli soliq organlariga jismoniy shaxslar foydasiga o‘tkazib berish yo‘li bilan hal etiladi. 

 

2 AKSIYA ISHTIROKCHILARI

2.1 Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va 14 yoshga to‘lgan, ushbu Qoidalarda belgilangan Aksiya shartlarini (keyinchlik matnda – «Ishtirokchi» yoki «Ishtirokchilar») bajargan jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, quyida 2.2-bandda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno. Shu bilan birga, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Pul yutug‘i o‘yini g‘olibi deb tan olinishi mumkin.

2.2 Kompaniya xodimlari, shuningdek Kompaniyaning sho‘ba, tobe korxonalari va boshqa bog‘liq korxonalari hamda “The Coca‑Cola Company” kompaniyasi (shu jumladan, uning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi), reklama agentliklari xodimlari, distribyutorlar va Tashkilotchi xodimlariga Aksiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha ushbu cheklov ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (shu jumladan, ota-onalar, qoni bir va o‘gay aka-uka va opa-singillar, turmush o‘rtoqlar, bolalar, shu jumladan asrab olingan bolalar, bobo-buvilar, nabiralar, shuningdek, turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, qoni bir va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari) uchun ham amal qiladi. Agar Aksiyada ishtirok etayotgan shaxs ushbu cheklov unga tegishli ekanligini aniqlasa, bunday shaxs bu haqda Kompaniyani va Tashkilotchini darhol xabardor qilishi va (yoki) Aksiyadagi keyingi ishtirokini to‘xtatishi shart. Shaxsning ushbu cheklovga qaramasdan aksiyada ishtirok etish faktini yashirishi va uni davom ettirishi Qoidalarning buzilishi hisoblanadi va bunday shaxsni Aksiyada qatnashishdan keyingi diskvalifikatsiya qilishga olib keladi. Ushbu cheklovni buzgan ishtirokchi avtomatik ravishda Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi. Agar ushbu cheklovning buzilishi aniqlansa, Kompaniya mukofotni bunday shaxsga berishni rad etishga haqli va agar sovrin allaqachon berilgan bo‘lsa, Kompaniya bunday shaxsdan mukofotni qaytarib berishni talab qilishga haqli.

2.3 Aksiya ishtirokchisi mustaqil ravishda ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishishi va Kompaniyaning www.promo.coca-cola.uz saytida va https://t.me/chegirmarketbot Telegram bot manzilida joylashtirilgan ularning shartlariga rioya qilishi shart. Aksiya ishtirokchisi shaxsan o‘zining nomidan, ixtiyoriy va mustaqil harakat qiladi, shartlarni, o‘z harakatlarining oqibatlarini va ushbu Qoidalarda belgilangan tegishli qoidalarni aniq tushunadi.

2.4 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishligini va ularga roziligini tasdiqlaydi, shuningdek quyidagilar uchun ham o‘z roziligini tasdiqlaydi (va qo‘shimcha ravishda o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish va qayta ishlash uchun tegishli yozma rozilikni darhol Tashkilotchi yoki Kompaniyaning so‘rovi bo‘yicha taqdim etishga tayyor):

(a) Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan reklama intervyularida ishtirok etish, shu jumladan radio va televideniya, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari uchun (shu jumladan Internet, ijtimoiy tarmoqlar); va

(b) Kompaniya ko‘rsatmasi bo‘yicha Kompaniya, Aksiya operatori (yoki Tashkilotchisi) va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan Ishtirokchini foto va video suratga olish; va

(c) Ishtirokchi bilan birga olingan foto va video yozuvlardan (ishtirokchidan bunday foydalanish uchun qo‘shimcha rozilik olish zaruratisiz va bunday foydalanish uchun Ishtirokchiga hech qanday haq to‘lamasdan), shu jumladan ommaviy axborot vositalarida (radio, televidenie, Internet) Ishtirokchi bilan birga olingan ko‘rsatilgan foto va video yozuvlaridan foydalanish huquqini uchinchi shaxslarga berish huquqi bilan reklama maqsadlarida foydalanish.

2.5 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, shuningdek taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni vakolatli organlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq o‘tkazishga Kompaniya/Tashkilotchiga o‘z roziligini taqdim etadilar.

 

3 SOVRINLAR TOIFALARI

3.1 Aksiyani tashkil etish xarajatlari Kompaniya mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Ushbu aksiya doirasida quyidagi Sovrinlar o‘ynaladi:

3.2 Sovrinlar soni cheklangan. Birorta ham O‘yin sovrini hech qanday holatda uning qiymatining pul ekvivalentiga almashtirilishi mumkin emas.

3.3 Reklama materiallardagi Sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, rangi, o‘lchami va boshqa xususiyatlari faqat illyustratsiya uchun qo‘llaniladi.

3.4 Ikkinchi va to‘rtinchi toifadagi Sovrinlar bo‘yicha hamkor kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulot to‘plamlari va (yoki) xizmatlarning sifati va miqdori bo‘yicha har qanday mulohazalar aniqlanganda, ishonch telefoniga (+998) 78-888-55-80 raqami bo‘yicha murojaat qilish lozim.

3.5 Aksiya tashkilotchisi ikkinchi va to‘rtinchi Sovrin toifalaridagi hamkor kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan mahsulot to‘plamlari va (yoki) xizmatlarning sifati va miqdori uchun javobgar emas.

 

4 AKSIYA O‘TKAZISH VA UNDA QATNASHISH MEXANIKASI

4.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyida ko‘rsatilgan 4.3-bandga muvofiq Aksiya muddati davomida Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan, hajmi 1,5 yoki 2,0 litr bo‘lgan kumushrang qopqoqli plastik idishlardagi alkogolsiz shirin gazlangan ichimliklarning quyidagi turlarini o‘z ichiga oluvchi Aksiyali Mahsulotlarni (keyingi o‘rinlarda “Aksiyali Mahsulotlar” deb yuritiladi) xarid qilishi va ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi:

(a) «Coca‑Cola Classic»; yoki

(b) «Fanta Apelsin»;

4.2. Aksiyali mahsulotning har bir qopqog‘i ostida turli raqamlar va lotin harflarining kombinatsiyasidan iborat unikal kod (matnda keyingi o‘rinlarda “Kod” deb yuritiladi) ko‘rsatiladi. Unikal koddagi belgilarning umumiy soni 10 (o‘n) elementni tashkil qiladi.

4.3. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi lozim:

4.3.1. Aksiyali mahsulotda joylashtirilgan QR – kodni skanerlash yoki boshqa har qanday yo‘l bilan Aksiya Telegram Botiga (matnda keyingi o‘rinlarda – «Bot») https://t.me/chegirmarketbot kirish;

4.3.2. Botdagi "Start" tugmasini bosing, tegishli bot boshqaruv tilini tanlang, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash qoidalari va kelishuvi bilan tanishing, agar siz ularga rozi bo‘lsangiz, mobil telefon raqamingizni kiritib, Sovrinni qabul qilish joyini (g‘olib bo‘lgan taqdiringizda) tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishni davom eting;

4.3.3. "Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish" tugmasini bosing va veb-ilovaga o‘ting;

4.3.4. Kodni kiriting va "Yuborish" tugmasini bosing;

4.3.5. Bot Kodning to‘g‘riligini tasdiqlaganidan so‘ng, kiritilgan kod yordamida Sovrinlar o‘yinining natijasi veb-ilovada ko‘rsatiladi.

4.3.6. Botda noto‘g‘ri kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga urinishlarning kunlik chegarasi 10 urinishni tashkil etadi.

4.3.7. Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida kodlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyani amalga oshirish jarayonida ishtirok etgan Tashkilotchi va/yoki uchinchi shaxslar tomonidan bloklanadi.

4.3.8. Agar Aksiya Ishtirokchisi tomonidan shubhali harakatlar aniqlansa, Kompaniya hech qanday tushuntirishsiz uning Aksiyadagi ishtirokini bloklashga haqli.

4.3.9. Tashkilotchi Botda avval ro‘yxatdan o‘tgan kod(lar)ni qabul qilmaydi, chunki bitta koddan faqat aksiya doirasida 1 (bir) marta foydalanish mumkin. 

 

5 AKSIYA G‘OLIBLARIGA SOVRINLAR BERISH TARTIBI VA MUDDATI

5.1. Birinchi toifadagi sovrinlarni o‘ynash tartibi:

5.1.1. Har bir ro‘yxatdan o‘tgan Kod 100 000 000 o‘zbek so‘mi miqdoridagi pul mukofoti uchun haftalik o‘yinda ishtirok etadi. Aksiya davomida 50 ta pul mukofoti o‘ynaladi.

5.1.2. Bir Aksiya ishtirokchisi butun Aksiya muddati davomida faqat bir marta pul mukofotini yutib olishi mumkin.

5.1.3. Har hafta oxirida quyida ko‘rsatilgan sanalarda o‘yinlar o‘tkaziladi:

5.1.4. Bir o‘yin doirasida 4 tadan 5 tagacha G‘oliblar ushbu Qoidalarning 5.1.3-bandidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi. 1, 3, 4, 5 va 6-chi o‘yinlarda har birida 4 tadan Pul mukofotlari, 2, 7, 8, 9, 10 va 11-chi o‘yinlarda esa 5 tadan Pul mukofotlari o‘ynaladi.

5.1.5. Har bir Kod o‘yinda faqat bir marta qatnashadi.

5.1.6. O‘yin g‘oliblari har hafta aniqlanadi. O‘yin va g‘oliblarni aniqlash Tashkilotchi vakillaridan iborat komissiya a’zolari ishtirokida quyidagi havola bo‘yicha tasodifiy raqamlar generatoridan foydalangan holda amalga oshiriladi: https://randomus.ru bunda o‘tgan hafta o’yinidan so’ng, kelasi haftadagi o’yin o’ynalishigacha ro‘yxatdan o‘tgan kodlar orasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan kodlar aniqlanadi.
O‘yinlar Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi https://www.instagram.com/cocacola_uzbekistan/ akkaunti orqali onlayn translyatsiya qilinadi.
O‘yin davomida https://randomus.ru saytini ishga tushirishning texnik jihatdan imkoni bo‘lmasa, Tashkilotchi boshqa tasodifiy sonlar generatoridan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

5.1.7. Jonli efir paytida Aksiya Tashkilotchisi bir O‘yinning 4 yoki 5 ta asosiy G‘olibini (o‘ynaladigan Sovrinlar soni ushbu Qoidalarning 5.1.3-bandida belgilangan) va 3 (uch) zaxira g‘olibini aniqlaydi. Jonli efir vaqtida Tashkilotchi telefon raqamlarini efirda oshkor qilmasdan turib, o‘yin natijalari bo‘yicha pul mukofotlarini G‘olibga yetkazish maqsadida, asosiy G‘oliblarga qo‘ng‘iroq qiladi (birinchi 4 yoki 5 taga, ketma-ketlik bo‘yicha). Bunda, telefon qo‘ng‘irog‘iga efirda javob bergan shaxs yoki o‘sha raqam egasi, ya’ni, ko‘rsatilgan telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazgan Aksiya Ishtirokchisi o‘yin G‘olibi hisoblanadi. Agar G‘olib efir vaqtida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, Tashkilotchi vakillari 2 (ikki) ish kuni mobaynida (har kuni 2 marta soat 10:00 dan 19:00 gacha, bir xil vaqt oralig’ida) qo‘ng‘iroq qilishni davom etishadi. G’oliblarga qo’ng’iroq qilish jarayoni va go’liblar bilan amalga oshirilgan hamma qo’nqiroqlar video-audio tizimlariga yozib olinadi.

5.1.8. Agar Tashkilotchi o‘yin o‘tkazilgandan keyin 2 (ikki) ish kuni ichida bir yoki bir nechta asosiy G‘oliblarga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasa, Tashkilotchi ketma-ketlik bo‘yicha 1 (bir) ish kuni ichida zaxira G‘oliblariga qo‘ng‘iroq qiladi. Barcha asosiy va zaxira G‘oliblariga qo‘ng‘iroq qilish natijalariga ko‘ra, tan olingan G‘oliblar sonidan qat’i nazar, shu jumladan g‘oliblar soni e’lon qilingan Pul mukofotlari sonidan kam bo‘lgan hollarda ham, o‘yin yakunlangan hisoblanadi.

G‘olibning O‘yin davomida e’lon qilinishi pul mukofotini olishning shak-shubhasiz kafolati hisoblanmaydi.

5.1.9. Kompaniya Aksiyasiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan mobil raqam orqali Aksiya g‘olibi bilan bog‘lana olmaslik Kompaniyani Pul mukofotini bermaganlik uchun javobgarlikdan ozod qiladi.

5.1.10. O‘yin natijalariga ko‘ra komissiya a’zolari o‘yin bayonnomasini imzolaydilar.

5.1.11. Pul mukofoti G‘olibga o‘yin natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran 90 (to‘qson) bank kuni ichida, agar G‘olib 5.1.12-bandga muvofiq barcha so‘ralgan hujjatlarni taqdim etgan bo‘lsa, G‘olib tomonidan ko‘rsatilgan rekvizitlarga naqd pulsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

5.1.12. Birinchi toifali mukofotni olish uchun g‘olib Kompaniyaga (Kompaniya joylashgan joy bo‘yicha yoki Kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan manzilda) quyidagilarni taqdim etishi shart:

(a) Uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (va uning nusxasi);

(b) Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);

(c) Yutuqli promokodga ega bo‘lgan qopqoq;

(d) Pul mablag‘larini o‘tkazish uchun bank rekvizitlari (karta raqami, tranzit hisob raqami, Bank MFOsi) ko‘rsatilgan g‘olib tomonidan to‘ldirilgan va imzolangan ariza ;

(e) Botda telefon raqamining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlash;

(f) shuningdek, Kompaniya tomonidan so‘ralgan boshqa hujjatlar.

5.1.13. Birinchi toifali mukofotni berish vaqtida G‘olib yutuqli qopqoqni Kompaniya vakiliga topshirishi shart. Kompaniyaning yutuqli kodiga ega bo‘lgan qopqoqni, shuningdek 5.1.12-bandda ko‘zda tutilgan hujjatlar o’yin o’ynalgan sanadan so’ng 7 (yetti) ish kuni mobaynida topshirilmagan taqdirda, g‘olib birinchi toifali mukofotni olish huquqidan mahrum etiladi. Yutuqli kodga ega bo‘lgan qopqoqni taqdim etish ushbu toifadagi Sovrinni berishning majburiy va ajralmas shartidir.

5.1.14. Agar G’olib yutuqli kod ko’rsatilgan qopqoqni yoki 5.1.12-bandda ko’zda tutilgan hujjatlardan birini taqdim eta olmasa, g’olibga ularni izlab topish va Kompaniyaga taqdim etish uchun 24 soat vaqt beriladi.

5.1.15. MUHIM: Pul mukofoti faqat ushbu Qoidalarda belgilangan barcha shartlar bajarilgan taqdirda beriladi. Qoidalarda ko'rsatilgan shartlardan biri bajarilmagan taqdirda, Kompaniya pul mukofotini berishdan bosh tortish huquqiga ega.

5.2. Ikkinchi toifadagi sovrinlarni o‘ynash tartibi:

5.2.1. Sovrinlarning ikkinchi toifasi Aksiya hamkorlaridan kombo-menyuni (joriy menyudagi mahsulotlar to‘plami) olish uchun mo‘ljallangan elektron vaucherlarni o‘z ichiga oladi: Les Alies, Shef Burger, MixBurger, Street77, Bellissimo, MaxWay, KFC (Hamkorlar o‘z faoliyatlarini yuritmaydigan hududlar bundan mustasno). O‘yinda 150 000 ta vaucher ishtirok etadi.

5.2.2. Vaucher g‘olibga QR-kod ko‘rinishida Hamkorlar faoliyat yuritadigan joylarga taqdim etish uchun beriladi. Vaucherdan faqat Botda ro‘yxatdan o‘tishda Ishtirokchi tomonidan ko‘rsatilgan hududda foydalanish mumkin. Kombo menyusi faqat QR kodini punkt xodimiga ko‘rsatish orqali tegishli Hamkor tarmog‘ining punktlaridan biriga shaxsan murojaat qilish orqali olinishi mumkin. Kombo menyusini yetkazib berishni rasmiylashtirish uchun vaucherdan foydalanish mumkin emas.

5.2.3. Kombo-menyuni olish uchun vaucherni taqdim etishning oxirgi muddati - 2024-yil 29-fevral.

5.2.4. Ushbu Sovrin toifasidagi bitta Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, lekin ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshmasligi kerak.

5.3. Uchinchi toifadagi sovrinni o‘ynash tartibi:

5.3.1. O‘yinda Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 10 000 (o‘n ming) yutuq to‘plamlari o‘rin olgan. Bitta yutuqli kod uchun G‘olib kompaniya mahsulotlarining 10 ta qadoqdan iborat 1 ta to‘plamni oladi. Mukofot qadoqlari assortimenti Kompaniya yoki hamkorning omboridagi Mahsulotlar mavjudligiga bog‘liq bo‘lib, Kompaniyaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagi turdagi Mahsulotlardan iborat bo‘lishi mumkin: Fanta, Sprite, Coca – Cola Shakarsiz, Fuse Tea, BonAqua. Har bir to‘plamda quyidagi hajmdagi 10 ta mahsulot to‘plami mavjud:

5.3.2. Veb-ilovada yutuq haqida bildirishnoma olgandan so‘ng, Ishtirokchi 48 soat ichida Botga geolokatsiyani yuborishi kerak. Manzil ma’lumotlari kiritilgan paytdan boshlab 48 soat ichida Tashkilotchi vakili G‘olib bilan bog‘lanib, Uchinchi toifadagi sovrinni G‘olibga yetkazib berish vaqti va joyini muhokama qiladi. Sovrin geolokatsiya olingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida G‘olib tomonidan yuborilgan manzilga yetkaziladi.

5.3.3. Agar Sovrinlarni olish muddatlariga amal qilinmasa, shuningdek, G‘olib bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmasa, tegishli Sovrinni berish rad etilishi va/yoki G‘olib tegishli Sovrinni olish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. 

5.3.4. Uchinchi toifadagi Sovrinni berish vaqtida G'olib tekshirish uchun yutuqli kod qopqoqni qopqoqni Kompaniya/hamkori vakiliga topshirishi shart. Agar kompaniyaning g'olib kodi bilan qopqoqni topshirish ta'minlanmasa, g'olib uchinchi toifadagi sovrinni olish huquqidan mahrum qilinadi. G'olib kod bilan qopqoqni taqdim etish ushbu toifadagi sovrinni berish uchun zarur va ajralmas shartdir. Qopqoqning haqiqiyligini tekshirgandan so'ng, kompaniya/hamkor vakili hisobot berish uchun qopqoqning fotosuratini oladi va uni g'olibga qaytaradi. Uchinchi toifadagi g'olib Birinchi toifadagi sovrinni qo'lga kiritish uchun g'olib kod bilan qopqoqni saqlashi kerak. 

5.3.5. Ushbu Sovrin toifasidagi bitta Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, lekin ushbu Qoidalarning 3.1-bandda ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshmasligi kerak.

5.4. To‘rtinchi toifadagi sovrinni o‘ynash tartibi:

5.4.1. Yangi foydalanuvchilar uchun Yandex Plyus obunasi uchun promokodlar 300 000 tani tashkil etadi. Promokod faollashtirilgan kundan boshlab 12 oy davomida Yandeks Plyus obunasidan bepul foydalanish imkonini beradi. Promokodni faollashtirish uchun siz bank kartasini ulashingiz kerak. Promo-kodlarni 2024-yil 31-dekabrgacha, shu jumladan https://plus.yandex.uz/gift saytida faollashtirish mumkin. Promokodni faollashtirish orqali Ishtirokchi Yandeks Plyus obunasi shartlariga rozilik bildiradi: https://plus.yandex.uz/gift. Promokodni faollashtirish orqali Ishtirokchi Yandeks Plyus obunasi shartlariga rozilik bildiradi: https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions/. Promokodni faollashtirganda, foydalanuvchi bepul kirish muddati tugagandan so‘ng, obuna avtomatik ravishda pullik asosda yangilanishi haqidagi Yandeks Plyus shartiga rozi bo‘ladi

5.4.2. Promokod qopqoq ostidagi kodni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng Botda yaratiladi..

5.4.3. Ushbu Sovrin toifasidagi bitta Ishtirokchi uchun yutuqlar soni cheklanmagan, lekin ushbu Qoidalarning 3.1-bandda ko‘rsatilgan Sovrinlarning umumiy sonidan oshmasligi kerak.

6 QOPQOQLARGA BO‘LGAN TALAB

6.1. Barcha so‘rovlar va taqdim etilgan Qopqoqlar Kompaniya tomonidan tekshiriladi. Kompaniya o‘zi asossiz deb hisoblagan har qanday arizani yoki Qopqoq haqiqiy Qopqoq emas yoki taqdim etilgan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblash uchun mantiqiy asoslar mavjud bo‘lsa rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Qopqoqning haqiqiyligiga oid har qanday nizo yuzaga kelgan taqdirda, Kompaniyaning qarori yakuniy hisoblanadi.

6.2. Ishtirokchi tomonidan Kompaniyaga taqdim etilgan Qopqoq haqiqiy yoki yo‘qligini aniqlash imkonini berish maqsadida, Kompaniya chop etish, shtamplash, bosib naqsh solish yoki boshqa xohlagan tarzda Qopqoqga bir yoki bir nechta yashirin belgi, va/yoki raqam, va/yoki harf (keyingi matnda – Belgi(lar)) huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.3. Nizo yuzaga kelgan taqdirda, Kompaniya ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan Qopqoq almashish bo‘yicha talablarni taqdim etish muddati tugaguniga qadar Belgi(lar) haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi kompaniyaning ushbu huquqiga e’tirozi yo‘qligini va e’tiroz bildirmasligini tasdiqlaydi.

6.4. Kompaniya, agar uning fikricha, Qopqoq biron-bir tarzda buzilgan yoki o‘zgartirilgan, qalbaki, shikastlangan, tirnalgan, eskirgan va/yoki iflos yoki bulg‘angan bo‘lsa yoki bosma, tipografik yoki boshqa xatolar bo‘lsa yoki noqonuniy ravishda sotib olingan va/yoki boshqa yo‘l bilan ushbu Aksiya shartlariga mos emas (“Yaroqsiz qopqoq(lar)”) deb hisoblasa, Qopqoqni haqiqiy emas deb hisoblash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Kompaniya yaroqsiz qopqoq(lar) bilan bog‘liq har qanday da’volarni rad etishga haqli.

6.5. Qopqoq(lar) ning haqiqiyligi va/yoki Belgi(lar) mavjud bo‘lgan holda qalpoqlarni almashtirish talabining haqiqiyligi bo‘yicha nizo yuzaga kelgan taqdirda, kompaniyaning mazkur qoidalarning 6.2-bandda nazarda tutilgan Belgilar tizimiga asoslangan qarori yakuniy hisoblanadi.

6.6. Kompaniya Qopqoq egasini aniqlashga majbur emas. Tashkilotchiga Qopqoqlarni taqdim etgan Ishtirokchi ularning haqiqiy egasi hisoblanadi

6.7. Kompaniya amal qilmaydigan va/yoki qabul qilinmagan Qopqoqlar bo‘yicha yozishmalarga kirishishi yoki tushuntirishlar berishga majbur emas.

6.8. Kompaniya, «The Coca‑Cola Company» (keyingi o‘rinlarda TCCC deb yuritiladi), uning sho‘ba tashkilotlari va boshqa affillangan shaxslari, ularning hududiy vakillari, Tashkilotchi, distribyutorlar, mijozlar, Aksiyada ishtirok etuvchi chakana savdo nuqtalari, reklama agentliklari va Aksiya bilan bog‘liq boshqa shaxslar, birgalikda ham, alohida-alohida ham nashriyot xatosi va/yoki boshqa xatolik, va/yoki Qopqoq va/yoki uning muhrining ishlab chiqarish nuqsoni va/yoki Qopqoqning boshqa shikastlanishi yoki Belgi(lar)ning o‘qilmasligi holatlari, har qanday sabab yoki sabablar, shu jumladan qopqoqdagi ishlab chiqarish nuqsonlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

7 «THE COCA-COLA COMPANY» (TCCC) SAVDO BELGILARI

7.1. Ushbu Qoidalardagi hech narsa ishtirokchiga TCCC savdo belgilariga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini beruvchi sifatida talqin etilmaydi. Ushbu Qoidalarning shartlari ham, Aksiyada ishtirok etish ham Ishtirokchiga (TCCCning oldindan yozma ruxsatisiz) TCCC nomi, logotipi, savdo belgilari yoki mualliflik huquqlaridan marketing yoki reklama maqsadlarida yoki aksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki eslatib o‘tish huquqini bermaydi. Ishtirokchi TCCC savdo belgilarining haqiqiyligini yoki TCCC egalik huquqini tan oladi va hech qachon shubhalanmaydi.

7.2. Ishtirokchi tomonidan TCCC tovar belgilariga bo‘lgan huquqlarga rioya qilish shartlari buzilgan taqdirda, Yuqoridagi qoidabuzarlik munosabati bilan kompaniya va/yoki TCCC Kompaniya talab qilish huquqiga ega va Ishtirokchi Kompaniyaning birinchi talabiga binoan kompaniya tomonidan yetkazilgan barcha zararlarni qoplashni o‘z zimmasiga oladi.

7.3. Ushbu 7-bo‘lim aksiya muddati tugaganidan keyin ham amal qiladi.

8 YAKUNIY QOIDALAR

8.1. Iste’molchilarni Aksiya shartlari to‘g‘risida xabardor qilish tegishli ma’lumotlarni Kompaniya veb-saytida, Botda va Aksiya mahsulotlarning yorliqlarida (ko‘chirmalarda) joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

8.2. Aksiya boʻyicha barcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqami orqali aniqlashtirish mumkin: (+998) 78-888-55-80.

8.3. Kompaniya g‘oliblarga berilgan sovrinlardan keyingi foydalanish, shuningdek, g‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlardan foydalana olmaganliklari uchun javobgar emas. Ishlab chiqaruvchi reklama mukofotlarining sifati uchun javobgardir.

8.4. O‘yin Ishtirokchilarining Aksiyada ishtirok etishlari bilan bog‘liq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: qo‘llab-quvvatlash uchun telefon raqamlariga qo‘ng‘iroqlar, saytga tashriflar, sayohat xarajatlari va sovrinlar va/yoki xarajatlarni olish uchun turar joy uchun va/yoki ushbu Ishtirokchilarning o‘yinida ishtirok etish munosabati bilan Kompaniyaga yoki Tashkilotchiga tashrif buyurish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar uchun Kompaniya javobgar emas.

8.5. Kompaniya fors-major holatlari, jumladan, istisnosiz tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqini, har qanday xarakterdagi harbiy harakatlar, blokadalar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, shuningdek, yuzaga kelishi kompaniyaning irodasiga va nazoratiga bog‘liq bo‘lmagan (yoki bog‘liq bo‘lgan) boshqa fors-major holatlari sodir bo‘lgan taqdirda Ishtirokchilar va boshqa uchinchi shaxslar oldida javobgar emas. 

8.6. Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish natijasida yoki u bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan har qanday nizolar, agar ular bo‘yicha oqilona muddatlarda o‘zaro kelishuvga erishilmasa, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining vakolatli sudiga yuboriladi.

AKSIYADA ISHTIROK ETISH ORQALI BARCHA ISHTIROKCHILAR USHBU RASMIY QOIDALAR MATNINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQQANLIKLARINI VA HECH QANDAY CHEKLOV VA ISTISNOLARSIZ RASMIY QOIDALARNING SHARTLARIGA SO‘ZSIZ ROZILIKLARINI AVTOMATIK RAVISHDA TASDIQLAYDILAR.